Talabalarda kvalimetrik kompetentlikni rivojlantirish mazmuni
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities
Download 36.53 Kb. Pdf ko'rish
|
21 (12)
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities
Hosted from Livorno, Italy https: econferencezone.org March 17 th -18 th 2022 92 o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash maqsadida suhbat o‘tkaziladi va natijalar tahlil etiladi. YUqorida qayd etilgan barcha jarayonlardan olingan natijalar matematik-statistik metod vositasida tahlil qilinadi va malumotlar umumlashtirilib, oliy ta’lim muassasasida tashkil etiladigan pedagogik jarayonning samaradorligi hakida umumiy xulosa tayyorlanadi. Pedagogik kvalimetrik jarayonni induktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etilishiga talabalarnnpg kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, kasbiy layoqatini baholash va o‘z-o‘zini baholash jarayoni kiradi. Bu jarayonda professor-o‘qituvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida ularning pedagogik faoliyati tahlil etiladi. Tanlovdan tanlovgacha bo‘lgan davrda amalga oshirilgan o‘kuv ma’naviy-ma’rifiy ishlari ilmiy, ilmiy-metodik sohada olib borilgan izlanishlari, chop etilgan ilmiy ishlari mas’ul bo‘lgan o‘quv kursi bo‘yicha tayyorlangan o‘quv-metodik majmuaning maqsadga muvofiqligi ekspertizadan o‘tkaziladi. Mazkur o‘qituvchining pedagogik faoliyatining samaradorligini aniqlash maqsadida namunaviy mashg‘ulotlar mutaxassislar va ekspertlar tomonidan tahlil etiladi va samaradorligi haqida xulosa chiqariladi. Muayyan o‘quv kursi bo‘yicha talabalarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalari va kompetensiyalarini nazorat qilish va baholashda kvalimetriyaning asosiy metodlaridan biri test topshiriqlaridan foydalanish ham kvalimetrik jarayonni induktiv mantiqiy yo‘nalishda tashkil etilishiga misol bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik kvalimetriya metodlaridan foydalanish ta’lim samaradorligini aniqlash, mavjud kamchiliklarga barham berishga zamin tayyorlaydi. Download 36.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling