Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari


O‘qituvchi irodasining umumiy tavsifi


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/54
Sana29.12.2021
Hajmi0.71 Mb.
#183640
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari

O‘qituvchi irodasining umumiy tavsifi 

Iroda  – psixik hayotning  bir tomoni bo‘lib,  u  kishi  harakatining ongli  maqsad 

sari  yo‘nalishida  ifodalanadi.  Bevosita  ichki  va  tashqi  qarama-qarshiliklarni  bartaraf 

etish bilan bog‘langan harakatga shaxsning irodaviy harakati deb ataladi. 

Irodaning fiziologik asosi vaqtli bog‘lanishlarning murakkab tizimi hisoblanib, 

u  tashqi  dunyo  ta’sirida  bosh  miya  yarim  sharlarining  po‘stlog‘ida  tarkib  topadi 

“hamda  xatti-harakatning  dastlabki  turli  xil  sabablari  tashqi  hissiy  qo‘zg‘alishning 

asosida yotadi” [11: 102]. 

Irodaning  fiziologik  mexanizmida  bosh  miya  to‘qimalarining  o‘zaro  bir-biri 

bilan bog‘lanishlari katta rol o‘ynaydi. Bu haqda I.P.Pavlov shunday yozadi: 

“...Miya  po‘stining  kinestetik  hujayralari  organizmga  tashqi  muhitda  va 

shuning bilan birga ichki jarayonlardan bo‘ladigan taassurotlarni qabul qiladigan miya 

po‘stining boshqa hamma hujayralari bilan aloqaga kirishi mumkin va haqiqatan ham 

aloqaga kiradi” [12:146]. 

Ko‘zlangan  maqsadga  erishish  yo‘lidagi  qiyinchiliklarni  yengish  uchun  kishi 

irodaviy  kuch  sarf  qilmog‘i  lozim.  “Irodaviy  kuchni  fiziologik  jihatdan  bosh  miya 

yarim  sharlarining  nerv  to‘qimalaridagi  qo‘zg‘alish  hamda  tormozlanish  jarayonlari 

o‘rtasidagi kurash deb tasavvur qilish mumkin” [13:89]. 

Inson  o‘z  irodasi  bilan  yengishi  lozim  bo‘lgan  ichki  va  tashqi  qarama-

qarshiliklar nimalardan iborat? 

Birinchisi  kishi  o‘z  oldiga  qo‘yilgan  vazifani  bajarishdagi  shaxsiy  istak  (shu 

vaqtdagi  dangasalik,  uquvsizlik  bilan  qilingan  ish,  boshqa  biron  ishni  bajarishga 

moyillik, charchash), tashqi qarama-qarshilik esa obyektiv ish vaqtidagi qiyinchiliklar 

hisoblanadi (ishdagi turli xil to‘sqinliklar). 

Kishi katta miya yarim sharlarining «umumiy faoliyatiga» asoslanib turib iroda 

kuchi  bilan  turli  qarama-qarshiliklarni  bartaraf  etadi,  shuningdek,  u  yerda  insonning 

dastlabki  hayot  va  mehnat  tajribalarida  tarkib  topgan  ko‘pgina  nerv  bog‘lanishlari 



52 

mavjuddir  (uyqing  keladi-yu,  biroq  ishga  o‘z  vaqtida  borish  haqidagi  fikr  senga 

tinchlik bermay, o‘rindan turishga majbur qiladi). 

Nima  sababdan  ayrim  kishilar  qiyinchilikni  oson  va  tezda  bartaraf  etadilaru, 

boshqalari  esa  aksincha  juda  sekin  va  qiyinchilik  bilan  bartaraf  etadilar.  Fiziologik 

nuqtai nazardan bu  hodisa ayrim  kishilarda tashqi ta’sir natijasida  miya po‘stlog‘ida 

mustahkam  bog‘lanish  tizimi  tarkib  topgan  bo‘lsa  (Pavlovning  «dinamik 

stereotip»lariga  ko‘ra),  boshqalarida  esa  bu  holat  kamroq  rivojlangan  deb 

tushuntiriladi. Irodaviy xatti-harakatda yana bir ikkinchi signal sistemasi mavjudki, u 

insonning  nutq  orqali  aloqa  qilish  vositasi  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  miya  yarim 

sharlaridagi nerv bog‘lanishlaridir. 

Bizga  ilk  ta’sir  etuvchi  tashqi  dunyoning  bu  barcha  «qo‘shimcha»  in’ikosi 

insonga  o‘z-o‘zini  boshqarishda  (fikrlashda,  nutqda,  his-hayajonda),  shuningdek, 

boshqalarga, ma’lum maqsadlar bilan voqyelikka ta’sir etishda katta yordam qiladi.  




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling