Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari
O‘qituvchi irodasining umumiy tavsifi
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari
O‘qituvchi irodasining umumiy tavsifi
Iroda – psixik hayotning bir tomoni bo‘lib, u kishi harakatining ongli maqsad sari yo‘nalishida ifodalanadi. Bevosita ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni bartaraf etish bilan bog‘langan harakatga shaxsning irodaviy harakati deb ataladi. Irodaning fiziologik asosi vaqtli bog‘lanishlarning murakkab tizimi hisoblanib, u tashqi dunyo ta’sirida bosh miya yarim sharlarining po‘stlog‘ida tarkib topadi “hamda xatti-harakatning dastlabki turli xil sabablari tashqi hissiy qo‘zg‘alishning asosida yotadi” [11: 102]. Irodaning fiziologik mexanizmida bosh miya to‘qimalarining o‘zaro bir-biri bilan bog‘lanishlari katta rol o‘ynaydi. Bu haqda I.P.Pavlov shunday yozadi: “...Miya po‘stining kinestetik hujayralari organizmga tashqi muhitda va shuning bilan birga ichki jarayonlardan bo‘ladigan taassurotlarni qabul qiladigan miya po‘stining boshqa hamma hujayralari bilan aloqaga kirishi mumkin va haqiqatan ham aloqaga kiradi” [12:146]. Ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengish uchun kishi irodaviy kuch sarf qilmog‘i lozim. “Irodaviy kuchni fiziologik jihatdan bosh miya yarim sharlarining nerv to‘qimalaridagi qo‘zg‘alish hamda tormozlanish jarayonlari o‘rtasidagi kurash deb tasavvur qilish mumkin” [13:89]. Inson o‘z irodasi bilan yengishi lozim bo‘lgan ichki va tashqi qarama- qarshiliklar nimalardan iborat? Birinchisi kishi o‘z oldiga qo‘yilgan vazifani bajarishdagi shaxsiy istak (shu vaqtdagi dangasalik, uquvsizlik bilan qilingan ish, boshqa biron ishni bajarishga moyillik, charchash), tashqi qarama-qarshilik esa obyektiv ish vaqtidagi qiyinchiliklar hisoblanadi (ishdagi turli xil to‘sqinliklar). Kishi katta miya yarim sharlarining «umumiy faoliyatiga» asoslanib turib iroda kuchi bilan turli qarama-qarshiliklarni bartaraf etadi, shuningdek, u yerda insonning dastlabki hayot va mehnat tajribalarida tarkib topgan ko‘pgina nerv bog‘lanishlari
52 mavjuddir (uyqing keladi-yu, biroq ishga o‘z vaqtida borish haqidagi fikr senga tinchlik bermay, o‘rindan turishga majbur qiladi). Nima sababdan ayrim kishilar qiyinchilikni oson va tezda bartaraf etadilaru, boshqalari esa aksincha juda sekin va qiyinchilik bilan bartaraf etadilar. Fiziologik nuqtai nazardan bu hodisa ayrim kishilarda tashqi ta’sir natijasida miya po‘stlog‘ida mustahkam bog‘lanish tizimi tarkib topgan bo‘lsa (Pavlovning «dinamik stereotip»lariga ko‘ra), boshqalarida esa bu holat kamroq rivojlangan deb tushuntiriladi. Irodaviy xatti-harakatda yana bir ikkinchi signal sistemasi mavjudki, u insonning nutq orqali aloqa qilish vositasi bilan bog‘liq bo‘lgan miya yarim sharlaridagi nerv bog‘lanishlaridir. Bizga ilk ta’sir etuvchi tashqi dunyoning bu barcha «qo‘shimcha» in’ikosi insonga o‘z-o‘zini boshqarishda (fikrlashda, nutqda, his-hayajonda), shuningdek, boshqalarga, ma’lum maqsadlar bilan voqyelikka ta’sir etishda katta yordam qiladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling