Talabalarni ijtimoiy qo’llab quvatlashda stipendiya taqsimlash tizimini takomillashtirish


Download 40 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi40 Kb.
#240382
Bog'liq
Талим тизимини такомиллаштириш мақола


TALABALARNI IJTIMOIY QO’LLAB QUVATLASHDA STIPENDIYA TAQSIMLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH.
Hozirgi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor berilgan bo’lib, unga ko’plab mablag’ ajratilmoqda va bu borada bir talay loyihalar ham amalga oshirilmoqda. Bunga misol qilib Rossiyaning “Moskva po’lat va qotishmalar” milliy tadqiqot texnologiya universiteti, Bauman nomidagi Moskva davlat universiteti, Moskva arxitektura universiteti, Rossiya texnologiya universiteti filiali, Toshkentda ochilishi kutilayotgan Janubiy Koreaning Sejong, Puchon universiteti filiali va shu kabi bir nechta nufuzli OTMlari bilan birgalikda tashkil etilayotgan institutlar va ularning filiallarini ayta olamiz. Bundan tashqari abiturentlarga qo’shimcha kontrakt to’lab o’qish imkoniyatining berilishining o’zi juda katta yutuqdir. Qabul komissiyasining faoliyati tartibga solinmoqda, yani hujjat topshirish jarayonidagi ortiqcha ovoragarchiliklar kamaytirilmoqda. Endi abiturentlar qaysi oliygohga hujjat topshirmoqchi bo’lishidan qat’i nazar o’zlari yashab turgan hududdagi Davlat xizmatlar markazlari orqali to’lovli tarzda hohlagan uchta bakalavriyat yo’nalishlariga ro’yhatdan o’tish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bu esa yo’l uchun ortiqcha vaqt va pul sarflanishining oldini oladi. Davlat imtihonlarining xalq kuzatuvi ostida o’tkazilishi ham shaffoflikni ta’minlaydi. Shu bilan birga abiturentlarga amal qilish muddati uch yil bo’lgan sertifikat beriladi. Sertifikatdan ular uch yil davomida oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun foydalanishi mumkin. Albatta bularning barchasi ta’lim sifatini yaxshilash, malakali mutahasislarni yetishtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bo’lib, ijtimoiy rivojlanishining omillari bo’lib hizmat qiladi.

Yuqorida OTMlaridagi yuz berayotgan o’zgarishlar haqida so’z yuritdik. Endi OTMlarida talabalarga beriladigan stipendiyalar haqida to’xtalamiz. Aniqrog’i stipendiyalarning taqsimlanish tartibi haqida.

Buning uchun, joriy stipendiya tizimi bo’yicha bir talabaning reyting baholarini misol qilib olamiz: Deylik, u talabaga bitta simestr davomida 10 ta fan o’tildi. Shundan talaba 3ta fanni “5” bahoga, 6 tasini “4” bahoga va 1 tasini “3” bahoga topshirdi. (Talaba tili bilan aytganda,”3”bahoga yopdi).Va tabiiyki ‘’3’’ ning stipendiyasini oladi (yani – 341 960 so’m).

Albatta bunday yaxlit hisoblash yaxshi usul bo’lib, ko’p sonli talabalar stipendiyasi miqdorini aniqlashda va hisobot tayorlashda juda ham qulaydir. Ayniqsa hozirgidek “WORD”, “Exel” kabi tezkor electron hisoblash dasturlari bo’lmagan vaqtlarda juda ham qo’l kelgan.

Hozir biz taklif qilayotgan yangi tizim loyihasida hisoblashning bir muncha murakkablashishi mumkin, ammo natija samaraliroq bo’lishi kutilmoqda.

Taklifimiz bo’yicha yuqorida aytib o’tilgan talabaning reyting baholarini hisoblaymiz. Buning uchun har bitta baholash mezoniga alohida miqdor belgilab olamiz.

Farazan qiymat belgilaymiz:

“5” uchun 50 000 so’m

“4” uchun 40 000 so’m

“3” uchun 30 000 so’m

(Bu qiymatlarni o’tiladigan fanlarninng soniga qarab o’zgartirish mumkin.)

Endi hisoblaymiz:

3ta fandan “5” baho;

6ta fandan “4” baho;

1ta fandan “3”baho olsa, quyidagicha natija kelib chiqadi:

150 000 + 240 000 + 30 000 = 420 000so’m. Bunda talaba fanlarni qanchalik o’zlashtirganligini yaqqol ko’rishimiz mumkin. Bu taklifimizni boshqa stipendiya taqsimlash tizimlarida ham qo’llash mumkin. Masalan kredit tizimida:



Kredit tizimining ko’plab ijobiy tomonlari mavjud. Masalan: talabalar o’tiladigan fanlarning bir qismini va fan o’qituvchilarini o’zlari tanlash huquqiga ega. O’qish kunlari ham besh kunlik bo’lib, bu talabalarga mustaqil ta’limiga ko’proq vaqt ajratishlari uchundir. Birinchi simestrdan keyin bir oylik dam olish kunlari beriladi. Bu biron-bir fanni yaxshi o’zlashtira olmay imtihondan yiqilgan talabaga o’zlashtira olmagan fani uchun qo’shimcha kredit miqdorini to’lab, puxta tayyorgarlik ko’rib olishi, qayta imtihon topshirishi uchun yana bir imkoniyat beriladi. Bu iqtisodiy usulni qo’llash oqibatida talabalar semester davomida barcha fanlardan ijobiy natijalarga erishishga va o’zining bilimini doimo oshirib borishga harakat qiladi. Lekin talaba o’nta fandan bittasini o’zlashtira olmay qolsa, yaxshi o’zlashtirilgan fanlari ham bitta fan tufayli rag’batlantirishsiz qolib ketadi va talaba bir oylik stipendiya olishdan mahrum bo’ladi. Shunisi achinarliki, qilingan ijobiy harakatlarining e’tiborsiz qoldirilishi oqibatida ko’pchilik talabalarning o’qishga bo’lgan qiziqishi so’nishi, talabani rag’batlantirishdan ko’zlangan asosiy maqsaddan chetlanilishi mumkin. Bu loyiha taklifimiz ‘’4’’ , ’’5’’ yoki ‘’3’’ baho olayotgan hamma talabalarimiz aynan shu bahoga loyiq emasligi, qaysdir fanlarga iqtidori borligi yoki yo’qligi, bilimining ozligi yoki ko’pligidan kelib chiqib ishlandi. Maqsadimiz talaba uchun asosiy orzu ‘’4’’ yoki “5” stipendiyasi emas, balki o’zining tanlagan mutahasisligini egallash bo’lishligi, baholashning shaffof bo’lishligi, talabalarning yaxshi baho olish ilinjida korrupsiyaga qo’l urmasligi, o’zining haqiqiy bilimining natijasidan bahramand bo’lishligidir.

Yuqorida taklif qilingan ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan usulimiz quyidagi ijobiy natijalarni berishi mumkin:



  • Korupsiyaning yo’qolishiga qisman tasir etadi;

  • O’zlashtirish ko’rsatkichlariga anqlik kiritiladi;

  • Umumiylikdan hususiylikka o’tiladi;

  • Talaba o’zi qiziqqan va o’zi uchun eng kerakli bo’lgan mutahasislik

fanlariga ko’proq vaqt ajratib, chuqurroq bilim olishga harakat qiladi;

  • baholashning shaffof bo’lishi ta’minlanadi.

Muallif : Ibroximov N.
Download 40 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling