Kuzgi semestr natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi uchtagacha boʻlgan talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi uchtagacha boʻlgan talabaga, bitiruvchi kursdan boshqa kurs talabasiga yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirishga qoʻshimcha bir oy muddat beriladi. Akademik qarzdorligi toʻrtta va undan yuqori boʻlgan talabaga esa, qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va rektorning buyrugʻi bilan kursda qoldiriladi. Kursda qoldirilgan talaba semestr boshidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini davom ettirishi va mazkur semestr boʻyicha oʻquv rejada belgilangan, ammo oʻzlashtirilmagan barcha fanlarni qayta oʻzlashtirishi hamda baholanishi talab etiladi. Baholash natijalarini qaydnomaga kiritish. Talaba yakuniy nazorat ishini topshirgan kuni baholar qaydnomaga qoʻyiladi. Yozma nazorat ishlaridan, oraliq baholaridan “3”, “4” yoki “5” baho olgan taqdirda, yaʼni ijobiy baholanganda uni qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar talaba oraliq yoki yakuniy nazorat ishlarini topshirmagan boʻlsa, u holda qaydnomaga “0” (nol) deb yoziladi. Baholash qaydnomasidagi “2” (qoniqarsiz) baho talabaning baholash daftariga qayd etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |