Talabalarning Germaniya Federativ Respublikasida amaliyot o’tash va tatil davridagi mavsumiy ishlashni yo’lga


Download 378.6 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.11.2023
Hajmi378.6 Kb.
#1793928
Bog'liq
aqxvati 2



Talabalarning Germaniya Federativ Respublikasida amaliyot o’tash va tatil davridagi mavsumiy ishlashni yo’lga 
qo’yish bo’yicha 
„ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI“
nomidan institut rektori Komilov Komiljon Sobirovich va 
„JAS VERMITTLUNG“ CONSULTING FIRMASI 
nomidan Jasurbek Nematjonov 
o’rtasidagi ikki tomonlama 
MEMORANDUM 


2
„JAS Vermittlung” firmasi, bir tomondan, keyingi o’rinda Firma deb yuritiladi va Andijon qishloq xo’jaligi va 
agrotexnologiyalari instituti , keyingi o‘rinlarda Institut deb yuritiladi, ikkinchi tomondan, keyingi o’rinlarda bir-
galikda Tomonlar deb yurituvchilar mazkur memerandumni quyidagilar to’g’risida tuzdilar.
1. Memerandum predmeti 
Har ikki tomon talabaning ta'lim olishi davomidagi o’quv-amaliy tajribalari talabaning keljakdagi kasbiy 
faoliyatida muhim ahamiyat kasb etishiga ishonchi komil. Bu ayniqsa o‘quv-amaliyot qishloq xo’jaligi rivojlan-
gan Germaniya Federativ Respublikasi fermer xo’jaliklarida bo’lishi maqsadga muofiqligiga kelishildi. Unga 
ko’ra asosiy ikki yo’nalish tanlab olindi: 
1. Uchunchi kurs talabalarini oliy ta’lim bilan bog’langan uch oylik o’quv-amaliyotini Germa-
niyada amalga oshirishni tashkil qilish 
2. Birinchi, ikkinchi va uchinchi kurs talabalarini yozgi ta’til davrida uch oylik ixtiyoriy o’quv-ama-
liyotini tashkil qilish (Work and Travel) 
2. Hamkorlik va majburiyatlar 
2.1. Firma majburiyatlari 
2.1.1. Institutga va talabalarga dastur bo’yicha konsultatsiya berish 
2.1.2. Talabalarga o’quv-amaliyot uchun mos keladigan faqat qishloq xo’jaligidagi ish o’rinlarini taqdim 
etish 
2.1.3. Talabalarga dasturda qatnashish uchun hujjatlarni tayyorlashda ko‘maklashish; 
2.1.4. Dastur uchun ishonchli tarzda ro’yxatdan o’tkazish; 
2.1.5. Mavsumiy va amaliyot uchun ish takliflarini taqdim etish; 
2.1.6. Dasturda qatnashish uchun shartnomaning asl nusxasini taqdim etish; 
2.1.7. Ish joyi bo’yicha batafsil ma’lumot berish; 
2.1.8. Viza uchun hujjatlarni tayyorlashda ko’maklashish; 
2.1.9. Aeraportda kutib olish va ish manziliga yetib olguncha körsatma berish; 
2.1.10. Hafsiz va ishonchliy turar joy bo’lishini kafolatlash (ish beruvchi tomonidan); 
2.1.11. Ish xaqlarini (qonunda ko’rsatilgan eng ka mish haqidan kam bo’lmagan (12 Yevro/soat, 
01.10.2023 holatiga ko’ra) vaqtida olishini taminlash; 
2.1.12. Haftasiga 40 soat ish bilan band bölishini nazorat qilish;
2.1.13. Germaniyda yashash bo’yicha foydali ma’lumot va maslahatlar berish; 
2.1.14. 3 oylik ish davomida amaldagi qonunchilik yuzasidan tushintirish ishlari olib boorish va 
amaldagi qonun bilan ta’qiqlanmagan ehtiyojli ma’lumotlarga zarurat paydo bo’lganda tegishli 
maslahatlar berish 
2.2. Institut Majburiyatlari 
2.2.1. Firma Shartnomaning 2.1 bandida ko‘rsatilgan xizmatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
barcha hujjatlarni talabalarga o‘z vaqtida taqdim etish; 
2.2.2. Firmaning talabiga binoan institut o‘zi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning, shuningdek, uning 
ma’lumotlari va og‘zaki bayonotlarining to‘g’riligiga kafolat berish; 
2.2.3. Firmaga barcha jarayonlar va holatlar to‘g‘risida xabar berish. Bu holat, shuningdek, ish jarayon-
ida kelib chiqqan, institutga hamkorlik boshida ma’lum bo‘lmagan holatlarga nisbatan ham qo‘lla-
niladi; 
2.2.4. Firma tomonidan xizmat ko‘rsatishda taqdim qilingan ma’lumotlarni Firmaning ruxsatisiz uchinchi 
shaxslarga topshirmaslik. 
2.2.5. Shuningdek, Institut quyidagi shartlar uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi:
2.2.5.1. 
Talabaga mas’ul guruh rahbarlari (Projektleiter, Teamleiter) bilan aloqada bo’lish; 
2.2.5.2. 
Ish beruvchi va Firma rahbari bilan muloqotlarda savollarga vaqtida to’g’ri javob berish; 
2.2.5.3. 
Talabalarga Ish va turar joyida tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga va milliy qadri-
yatlarimizga rioya qilish bo’yicha tavfsiya berish; 


3
3. Memerandum amal qilish muddati 
Ushbu memerandum ikki tomon imzolagan kundan boshlab amal qiladi va tomonlarning biri o’z istagi bilan 
memerandumni bekor qilmaguncha amal qilishda davom etadi.
4. Maxfiylik 
Ikka tomonlama taqdim etilgan malumotlarni tomonlar ruhsatisiz uchinchi shaxsga taqdim etish taqiqla-
nadi. 
5. Javobgarlik 
Ushbu memerandum hech qanday javobgarlikni nazarda tutmaydi, Bu memerandum talabalarning chet 
elda tajriba (o’quv-maliyot) uchun kelishuv uchun imzolangan hujjat. 
6. O’zgartirish va qo‘shimchalar 
6.1. Ushbu shartnomaga o‘zgartish va qo‘shimchalar ular kuchga kirishi uchun yozma ravishda amalga 
oshirilishi lozim. Bu ushbu bandni o‘zgartirish yoki ma'lum shartlarni bekor qilish uchun ham amal qiladi. 
6.2. Og‘zaki qo‘shimcha kelishuvlar inobatga olinmaydi. 
6.3. Agar ushbu shartnomaning ayrim qoidalari bekor qilingan yoki bekor qilinayotgan bo‘lsa, bu qolgan 
qoidalarning amal qilishiga ta'sir qilmaydi. Bunday holda, shartnoma tuzuvchi tomonlar bekor qilingan 
qoidani yo‘l qo‘yilgan tartibda, boshqa qoidalar bilan almashtiradilar. 
JAS Vermittlung 
Geroldsauer Str 16 
76534 Baden Baden, Germaniya 
Andijon Qishloq Xo’jaligi va 
agrotexnologiyalar instituti 
Oliygoh Ko’chasi 1,
170600 Kuyganyor, Andijon viloyati, 
O’zbekiston 
__________________________________ 
(joy,sana, imzo, muhr) 
_______________________________________ 
(joy,sana, imzo, muhr) 

Download 378.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling