Talabalarning mediamadaniyatini rivojlantirish dolzarb pedagogik muammo sifatida
Download 56.64 Kb. Pdf ko'rish
|
62bfd1e6a2a1a896209237
MUHOKAMA VA NATIJALAR Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning tez taraqqiy etishi natijasida “media” atamasi paydo bo„ldi. “Media” atamasi lotin tilidan (media, medium so‘zidan) olinib, qo„llanma, vositachi ma‟nolarini anglatadi[1, 60]. Media – bu jamiyatda to„g„ri va aylanma kommunikativ aloqa tizimi bo„lib, insonlar bilan vaqtincha o„zaro aloqadorlikni yuzaga keltiruvchi va ularni qiziqtiruvchi, chalg„ituvchi makondir. “Media” atamasi – XX asrda dastlab ommaviy madaniyatni shakllantiruvchi vositalarga nisbatan qo„llangan [4, 223]. Yevropa Ittifoqi hujjatlarida ta‟riflanishicha, mediata‟lim – (media education) olingan axborot asosida o„z fikrini bildirishga qodir bo„lgan mas‟uliyatli fuqarolarni tarbiyalash maqsadida mediaga tanqidiy va o„ylab munosabatda bo„lish sifatida tushunish kerak bo„lgan mediakompetentlikni rivojlantirishga qaratilgan ta‟lim. Bu fuqarolarga zarur axborotlardan foydalanish, uni tahlil qilish, ular bilan bog„liq iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy manfaatlarni identifikatsiya qilish. Mediamadaniyat – turli media asarlarni tahlil qilish, baholash, yaratish uchun zarur bo„ladigan bilim, ko„nikma va malakalar yig„indisi[2, 15]. Mediamadaniyat - shaxs madaniyati uchun zarur qism bo„lib, ommaviy media turlari, ular orqali tarqatilayotgan axborotlar bilan tanishish, ularni tanlash, saralash, tahlil qilish va baholash asosida tegishli sohalar bo„yicha nazariy bilim, amaliy ko„nikma, malakalarni o„zlashtirish, puxta egallash, ushbu bilimlarni kasbiy, kundalik, madaniy, ma‟naviy va ma‟rifiy (amaliy) faoliyatda mahorat bilan qo„llay olish qobiliyatlarining yig„indisi. Mohiyatiga ko„ra shaxs tomonidan mediamadaniyatning o„zlashtirilishi stixiyali jarayon bo„lmay, bir necha bosqichda evolyusion rivojlanishga asoslanadi. Shaxsda mediamadaniyatni shakllanish jarayonining umumiy mohiyati: mediasavodxonlik, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling