Talabasi abdusattorova nargizaning malakaviy amaliyot davri


Download 17.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi17.5 Kb.
#233163
Bog'liq
hisobot


FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI,CHET TILLAR FAKULTETI

XORIJIY TIL VA ADABIYOTI YO'NALISHI IIl BOSQICH 18-92 GURUH

TALABASI ABDUSATTOROVA NARGIZANING MALAKAVIY AMALIYOT DAVRI

HISOBOTI


Men Abdusattorova Nargiza 25.01 2021dan 22.02.2021gacha bólgan vaqt oralig'ida Namangan viloyati Pop tumani 8-umumiy órta ta'lim makatbida bir oylik malakaviy amaliyotda bóldim.

Amaliyotim davrida ingliz tili óqituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib qoidalari bilan tanishdim va órgandim.Óqituvchilarning dars ótish jarayonlarini muntazam ravishda kuzatdim Va dars uchun kerakli bólgan turli óqitish metodları,yangı pedagogik texnologiyalar bilan ish olib borishni órgandim.Shu bilan birga ,noan'anaviy óqitish metodlarini dars jarayonida qóllashni va eng muhimi,haqiqiy pedagog sifatida óquvchi bilan tóg'ri va samarali aloqa órnatishni kuzatdim.Ingliz tili óqituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni va mustaqil ravishda konspektlar yozishni,darsni tog'ri tashkillash,mavzuga mos bólgan materiallar va kórgazmali qurollar,tarqatma materiallardan tog'ri foydalanishni va eng muhimi óquvchini óz qiziqishlarini hisobga olgan holda darsga qandey qilib qiziqtirishni órgandim.Bunga qóshimcha yana dars vaqtini tóg'ri taqsim qilishni va mustaqil ravishda dars ótishni órgandim va amalda sınab kórdim.Bunda menga ustozlardan ózlashtirgan bilimlarim va malakalarim qól keldi.

Amaliyotim davomida bir qancha ochiq darslarni ham kuzatdim va ochiq darslarni qanday tashkillash,vaqtni tóg'ri taqsim qilish,ochiq dars ótish davomida nimalarga etibor qaratish lozimligini hamda qandey tarqatma materiallardan foydalanish kerakligini ustozlardan órgandim.

Shu bilan birga maktabdagi har hafta bóladigan jamoat ishlarida qatnashdim,ma'naviyat soatlarini muntazam kuzatib bordim .Maktab óquvchilari tomonidan ótkaziladigan har bir tadbirda faol ishtirok etdim.Dars ótish davomida ustozlardan dars ishlanmalari va dars rejalaridan qanday qilib foydalanish kerakligini ózlashtirdim.Ishonamanki,ushbu amaliyotim davrida ustozlardan ózlashtirgan bilimlarim va malakalarim,hamda keyingi bosqichlarda ózlashtiradigan kónikmalarim menga óz kasbim bóyicha kelajakada yetuk mutaxasis muhim poydevor bólib xizmati qiladi.

Amaliyotchi talaba: Abdusattorova Nargiza

Amaliyot rahbari:



Namangan viloyatidagi 8-umumiy órta ta'lim maktabi direktori:Asqarova Farog'at

"TASDIQLAYMAN"
Download 17.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling