Talabasi: Jamolov Dostonning


Download 29.78 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi29.78 Kb.
#153323
Bog'liq
Fizika mustaqil ish 1


Navoiy davlat konchilik instituti

Energo-mexanika fakulteti

2-kurs “7c-TJA-19” guruh

Talabasi: Jamolov Dostonning

Fizika fanidan

Bajardi. Jamolov D.

Qabul qildi. Xusanov Z.

Navoi-2020y

Mavzu: Magnit maydon. Bio-Savar-Laplas qonuni va uning tatbiqlari.

Reja:


1: Magnit maydon.

2: Bio-Savar-Laplas qonuni va uning tatbiqlari.

Magnit maydon — harakatlanayotgan elektr zaryadlarga va magnit momenpish jismlarga taʼsir qiladigan kuch maydoni. M. Faradey birinchi marta 1845 yilda fanga kiritgan. U elektr oʻzaro taʼsirlar ham, magnit oʻzaro taʼsirlar ham yagona moddiy maydon yordamida amalga oshadi, deb hisoblagan. Elektromagnit maydonning klassik nazariyasini J. Maksvell yaratgan (1873). Oʻzgaruvchi Magnit maydon oʻzgaruvchi elektr maydon bilan uzviy bogʻlangan. Magnit maydon harakatdagi elektrlangan jismlar, elektr tokli oʻtkazgichlar va magnitlangan jismlar atrofida hosil boʻladi (rayemga q.). Elektr toki hosil qiladigan Magnit maydon Bio— Savar — Laplas qonuniga, Magnit maydon ning elektr tokiga taʼsiri esa Amper qonunita asosan aniqlanadi.

Magnit maydon mikrodunyo hodisalarida, kosmik obʼyektlarda ham kuzatiladi. Mikrodunyo hodisalaridagi Magnit maydon, asosan, barcha zarralarning magnit momentga ega boʻlishligiga, harakatlanuvchi elektr zaryadiga Magnit maydon koʻrsatadigan taʼsirga bogʻliq. Bular esa moddalardagi paramagnetizm, diamagnetizm, ferromagnetizm, antiferromagnetizm, magnit rezonans, magnitooptika hodisalari, Faradey effekti kabi hodisalarni yuzaga keltiradi.

Harakatlanuvchi elektr zaryadi Magnit maydon da tekis aylanma (vint chizigʻi boʻyicha) harakat qiladi. Magnit maydonning ayrim joylarida elektr zaryadlarning harakat yoʻnalishi qarama-qarshisiga oʻzgarishi mumkin. Magnit maydonning bunday joylari magnit koʻzgular deyiladi. Magnit maydon taʼsirida atom ichidagi elektronlar qoʻshimcha harakat qiladi. Atomning nurlanishi Magnit maydon taʼsirida oʻzgaradi (qarang Zeyeman effekti). Jismda tarqaluvchi yorugʻlikning qutblanish tekisligi Magnit maydon taʼsirida maʼlum burchakka buriladi (Faradey effekti). Yer, Quyosh singari koʻpgina moddiy sistemalar Magnit maydon ga ega. Quyosh dogʻlari kuchli Magnit maydon bilan bogʻlangan. Quyoshdagi oʻzgarishlar natijasida Yer Magnit maydonning kuchli gʻalayonlanishi — magnit boʻronlari hosil buladi. Kosmosni oʻzlashtirish, yadrolarni sintez qilish, plazma fizikasi va boshqa sohalardagi fan va texnika masalalari Magnit maydon ni oʻrganish bilan bogʻliq. Magnit maydon, asosan, kucheiz (500 Gs), oʻrtacha (500 Gs dan 40 kGs gacha), kuchli (40 kGs dan 1 MGs gacha) va oʻta kuchli (1 MGs dan yuqori) xillarga boʻlinadi. Kuchsiz va oʻrtacha Magnit maydondan elektronika, elektrotexnika radiotexnikada, shuningdek, 500 Gs dan 40 kGs gacha boʻlgan Magnit maydondan zaryadli zarralar tezlatkichlari, Vilson kamerasi, pufakli kamera, mass-spektrometr kabi kurilmalarda foydalaniladi. Kuchli va oʻta kuchli Magnit maydon, asosan, qattiqjismlar fizikasida, ferromagnetizm va antiferromagnetizm xossalarini oʻrganishda, magnitogidrodinamik generator va boshqalarda ishlatiladi. Kucheiz va oʻrtacha Magnit maydon doimiy magnitlar, elektr magnitlar, oʻta oʻtkazuvchi magnitlar, solenoidlar (elektr toki utkazgichi) yordamida, kuchli Magnit maydon yoʻnaltirilgan portlatish usulida olinadi (oxirgi usulda mis quvur ichida oldindan kuchli impulyeli Magnit maydon hosil qilinadi va u kuchli portlashning radial bosimiga duch"r qilinadi).

ILMIY-OMMABOP BO'LIM BIO - SAVAR - LAPLAS QONUNINING KASHFIYOTCHILARI HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ? A.M. Xudayberganov, O'zbekiston MU dotsenti, N.K.Xo'jayev, TDPU magistri, A.A. Maxmudov, Toshkent TYMI o'qituvchisi Ushbu maqolada Bio Savar Laplas qonuni va bu qonun kashfiyotchilarining hayoti va ijodiy faoliyati haqida fikr yuritiladi. Tayanch so'zlar: magnit maydon, magnit maydon kuchlanganligi, magnit maydon induksiyasi, Jan-Batist Bio, Feliks Savar, Per Simon Laplas. This article is a summary of the basic law of magnetism, and the life and scientific work of inventors of this law. Keywords: magnetic field, magnetic field strength, magnetic induction, Gian-Baptiste Biot, Felix Savard, Pierre Simon Laplace. В данной статье приводится краткое изложение основного закона магнетизма, а также изложена жизнь и научная деятельность изобретателей этого закона. Ключевые слова: магнитное поле, напряженность магнитного поля, индукция магнитного поля, Джан-Батист Био, Феликс Савар, Пьер Симон Лаплас yilda daniyalik fzik X.Ersted elektr tokining uning yaqiniga kiritilgan magnit strelkasiga ta'sirini o'rganish jarayonida xuddi elektr zaryadi atrofida mavjud bo'lgani kabi elektr toki atrofida ham o'ziga xos ana shunday maydon mavjudligini aniqladi. U elektr tokining magnit Jan-Batist Bio ( ). BIO - SAVAR - LAPLAS QONUNINING KASHFIYOTCHILARI strelkasiga ta'sirini o'rgangani uchun ham bu maydonni magnit maydon deb atadi. Magnit maydoni faqat elektr toki atrofida mavjud bo'ladi va elektr zaryadlarining tartibli harakati natijasida vujudga keladi hamda harakatdagi elektr zaryadiga yoki doimiy magnitga ta'sir ko'rsatadi, degan xulosaga keldi. Ersted tomonidan kashf qilingan bu kashfiyot Bio-Savar-Laplas qonunining yaratilishiga asos bo'ldi. Ushbu qonun 1820-yilda Jan-Batist Bio, Feliks Savar tomonidan ishlab I 1 HFMK FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA 2014/3



2 ILMIY-OMMABOP BO'LIM 10 chiqilgan. Per Simon Laplas esa uni umumiy shaklga keltirgan. Bu qonun quyidagicha ta'riflanadi: Dl uzunlikdagi tokli o'tkazgich elementi undan r masofada yotgan nuqtada shunday magnit maydoni hosil qiladiki, bu maydonning kuchlanganligi D H va induksiyasi DB D l uzunlikka, o'tkazgichdan o'tayotgan I tok kuchiga va o'tkazgichdagi tok kuchining yo'nalishi bilan o'tkazgich elementidan ko'rilayotgan nuqtaga o'tkazilgan radius-vektor orasidagi burchak sinusiga to'g'ri proporsional, r masofaning kvadratiga esa teskari proporsional bo'ladi. Bio-Savar-Laplas qonuni 1 I sm a i sm a formulasi H = 2, B = 2 ko'rinishda yoziladi. Bu qonun 4U r 4U r asosida turli shakldagi tokli o'tkazgichlardan biror masofada yotgan nuqtadagi magnit maydon kuchlanganligi va induksiyasini hisoblab topish imkoniyati tug'iladi. Ana shunday hisoblashlar asosida to'g'ri shakldagi tokli o'tkazgich, ya'ni to'g'ri tokdan biror masofada yotgan nuqtadagi magnit maydon kuchlanganligi va induksiyasi quyidagi ko'rinishda aniqlangan: H=, B=. 0 2ПГ 2ПГ Xuddi shunga o'xshash R radiusli aylanma tokning markazidagi magnit maydon kuchlanganligi va induksiyasi quyidagicha topiladi: H =, B = aox. 0 2R 2R Birlik uzunligida n ta o'rami bo'lgan solenoidning o'qidagi maydon kuchlanganligi va induksiyasi quyidagi ifodalardan topiladi: H = nl, B = a 0 ani. Bio-Savar-Laplas qonuni elektromagnetizm bo'limining asosiy qonunlaridan biri hisoblanadi va katta ahamiyatga ega. Shuning uchun uning kashfiyotchilari bilan tanishish zaruriyati tug'iladi. Shu sababli bu qonun kashfiyotchilarining hayoti va ijodiy faoliyatiga biroz to'xtalib o'tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jan-Batist Bio 1774-yilning 21-aprelida Parijda tug'ilgan. U Fransiyaning taniqli olimi, mutaffakiri. Fizik bo'lish bilan bir qatorda u geodezist va astronom ham bo'lgan. Qolaversa, Parij fanlar akademiyasi a'zosi ham edi. Jan-Batist Bio buyuk Lyudovik litseyini tugalladi va 19 yoshida harbiy xizmatga chaqirildi. Shimoliy armiya tarkibida zobit bo'lib xizmat qildi yilning sentyabr oyida Konvent tomonidan politexnik maktab ochilishi to'g'risidagi qonun qabul qilindi va Jan-Batist Bio ana shu maktabga o'qishga kirdi. Mazkur o'quv muassasasini boshqarish geometriya bo'yicha taniqli mutaxassis Monjga topshirilgan edi. Jan-Batist Bio ushbu 2014/3 FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA CMJ>

3 A.M. Xudayberganov, N.K.Xo'jayev, haqida nimalarni bilamiz? A.A. Maxmudov. Bio - Savar - Laplas qonunining kashfiyotchilari 11 maktabni muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan so'ng u Bove shahridagi markaziy maktab professori lavozimiga tayinlandi yilda De Fransdagi kollejning matematik fizika kafedrasi mudiri bo'ldi va uning matematika bo'limi muxbir a'zoligiga saylandi. Bu yerda u 13 jildli ilmiy risola va 2 ta ilmiy maqola chop etdi. Uch yildan so'ng, ya'ni 1803-yili Jan-Batist Bio mazkur ilmiy dargohning haqiqiy muxbir a'zosi etib saylandi. Jan-Batist Bio 1804-yilning avgust oyida taniqli olim Gey-Lyussak bilan birga havo sharida sayohat qildi va unda ular 3400 metr balandlikka ko'tarilishdi. Keyingi yilda u Dekandol va Bonplan bilan birgalikda Yura va Alp tog'lariga sayohat qildi yilda esa u qirollik geografik jamiyatiga a'zo ham bo'ldi. U o'sha davrdagi yosh olim Argo bilan Ispaniyaga tashrifbuyurdi. Tashrifdan maqsad Fransiya va Balears orollaridan o'tuvchi geografik kenglik uzunligini aniqlash edi. Bu ish juda mushkul kechdi. Ular to'g'risida Argo o'zining qiziqarli kitobi «Histoire de jeunesse»da hikoya qiladi. Argo qismatiga katta qiyinchiliklar tushdi, Bio esa 1807-yilda Fransiyaga qaytib keldi yillar mobaynida u Bordo va Dyunkerkdagi sekundli mayatnikning uzunligini aniqladi yili esa Shotlandiyaga sayohat uyushtirdi va Shetland orollarida bo'ldi. U yillarda Italiya, Sitsiliya, Formentu va Barselonaga geodezik o'lchashlar maqsadida bordi. Jan-Batist Bio fizika sohasida ko'p ishlar qildi. Ayniqsa, Bio optika sohasida ancha sermahsul ishladi. U turmalin kristalli yorug'lik nurining ikki qismga ajrata olish qobiliyatini kashf qildi. Qutblanish tekisligining burilish qonunlarini aniqladi. Bu kashfiyotlar keyinchalik qandli moddalarni kashf etilishida qo'llanildi. Qutblanish tekisligining burilish hodisasi tibbiyot sohasida qandli diabet kasalligini aniqlashga ham tatbiq etildi. Jan-Batist Bio o'z hamkasabasi Feliks Savar bilan tokli o'tkazgichning magnit strelkasiga ta'sirini o'rganib, hozirda fizikaning elektromagnetizm bo'limida mashhur bo'lgan Bio-Savar-Laplas qonunining ochilishiga zamin yaratdi. Bioning fizika sohasida qilgan barcha ilmiy izlanishlari o'ta chuqur o'ylanganligi, aniqligi va estetik jihatlari bilan odamni o'ziga rom etdi. Jan-Batist Bio 1862-yilda vafot qildi. Feliks Savar ( ) ham xuddi Jan-Batist Bio kabi yetarlicha taniqli fransuz fizik olimi hisoblanadi. U 1791-yil 30-iyunda Fransiyaning Sharlevil-Mezer shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti bo'yicha vrach. Avvaliga, ya'ni yilgacha harbiy xirurg bo'lib ishladi. Feliks Savar 1816-yilda Strasburg shahrida shifokor bo'lib o'z faoliyatini davom ettirdi. Keyinchalik Parijdagi bir xususiy o'quv muassasasi, ya'ni xususiy maktabda professor bo'lib xizmat qildi va nihoyat, Jan-Batist Bio ishlagan de Frans kollejida fizika kabineti mudiri bo'ldi. Aynan o'sha yerda u Jan-Batist Bio bilan tanishdi. Shundan so'ng u bilan birga ilmiy hamkorlik qila boshladi. Akustika, elektromagnetizm va optika sohasida ilmiy faoliyat olib bordi. Uning dastlabki ilmiy ishi trubalardagi turg'un to'lqinlarning tugunlari va do'ngliklarini o'rganishga

4 ILMIY-OMMABOP BO'LIM 12 bag'ishlangan edi. Hozirda bu tajribalar ko'pchilik fizika adabiyotlarida keltirilgan. Bular qatoriga tovush chiqarayotgan jismning tebranishlar sonini aniqlash uchun ishlatiladigan Savar tishli g'ildiragi kiradi. Bundan tashqari Feliks Savar musiqali cholg'u asboblarining tovushini yaxshilash uchun alohida izlanish olib bordi. U musiqa asboblarining fzik asoslarini ishlab chiqdi. Nazariy va amaliy tadqiqotlar usuli yordamidau skripkaga o'ziga xos shakl berdi va buning natijasida skripka ajoyib tovush chiqara boshladi. Bundan tashqari u turli muhitlarda ro'y beradigan to'lqin jarayonlarini va rezonans hodisalarini o'rgandi. U eshitish toni chegaralarini aniqlashga oid bir qator tajribalar ham o'tkazdi. Bu tajribalar natijasida Savar sekundiga ta tebranish sodir bo'ladigan tovushni barcha insonlar eshitishi mumkin degan xulosaga keldi. Agar ana shu tebranishlar soni ta bo'lsa, uni ko'pchilik insonlar eshita olmasligini ham u aniqladi. Tebranishlar soni ta bo'lsa, bunday tovushni hech kim eshita olmasligini ham u ko'rsatib berdi. Shunday qilib, Feliks Savar eshitish tonining yuqori chegarasi sekundiga ta tebranish, quyi chegarasi esa ta tebranish ekanligini aniqladi. Akustikadagi chastotalar oralig'i uning nomi bilan «Savar» deb ataldi. Optikada esa u yorug'lik qutblanishini o'rganuvchi asbob polyariskopni ishlab chiqdi. Savar Bio bilan birgalikda elektr tokini magnit maydon bilan o'zaro ta'sirini ham tekshirdi. Ushbu samarali hamkorlik natijasida bizga hozir ma'lum bo'lgan Bio Savar Laplas qonuni kashf qilindi yili Savar Fransiya fanlar akademiyasining muxbir a'zosi bo'ldi. U fanda uncha katta iz qoldirmagan bo'lsa-da, uning sermahsul ilmiy izlanishlari hozirda ham muhim ahamiyat kasb etadi. U 1841-yil 16-martda Fransiyada vafot etdi. Per Simon, markiz de Laplas taniqli fransuz matematigi, mexanigi, fizigi va astronomi, osmon mexanikasi va differensial tenglamalar sohasidagi juda ko'p ilmiy ishlarning muallifi hamda ehtimollik nazariyasining asoschilaridan biri hisoblanadi. Laplasning matematika, amaliy matematika va ayniqsa, astronomiya sohasidagi xizmatlari buyukdir. U shu fanlarning barcha bo'limlarini takomillashtirgan olim hisoblanadi. Bundan tashqari Laplas Fransiya geografik jamiyatining a'zosi hamdir. Laplas Fransiyaning Bomon-an-Oj shaharchasida dehqon oilasida yilning 23-martida tavallud topdi. U benediktlar maktabida o'qidi va uni tamomlagach, haqiqiy ateist bo'lib chiqdi. Uning anchagina boy bo'lgan qo'shnilari Laplasni Kan shahridagi universitetga kirishga yordam berishdi va u ana shu universitetga o'qishga kirdi. Universitetni tamomlagan Laplas fizika va matematika fanlarining muammolari bilan jiddiy shug'ullana boshladi va ma'lum vaqt o'tgach, u zamonasining buyuk va ko'zga ko'ringan olimlaridan biriga aylandi. U ham Bio va Savar kabi Parij politexnika maktabining yorqin namoyondalaridan biri bo'ldi. Per Simon Laplas 1766-yili Turinga «Sur le calcul integral aux differences infiniment petites et aux differences finies» nomli memuarini yuboradi hamda ushbu 2014/3 FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA ^лк 1 Чдг 1

5 A.M. Xudayberganov, N.K.Xo'jayev, haqida nimalarni bilamiz? A.A. Maxmudov. Bio - Savar - Laplas qonunining kashfiyotchilari 13 memuar u yerda chop etiladi. Bu asar ko'pchilik olimlarning diqqatini o'ziga tortdi. Shundan so'ng ular Per Simon Laplasni Parijga taklif qilishdi. Parijda Laplas Dalamberga mexanikaning umumiy tamoyillariga bag'ishlangan memuarini jo'natdi. Uni o'qib chiqqan Dalamber Laplasning qobiliyatini yuqori baholagan holda o'smirni harbiy akademiyaga matematika o'qituvchisi bo'lib ishga kirishiga yordam berdi. Turmush masalalarini hal qilgan Laplas osmon mexanikasining asosi bo'lgan quyosh sistemasining turg'unligini o'rganishga kirishdi. U bilan bir vaqtda Laplas determinantlar va ehtimolliklar nazariyasi hamda matematik fizika bo'yicha bir qancha ilmiy ishlarni chop etdi yilda matematik analizni qo'llagan Laplas planetalar orbitalarining turg'un ekanligini hamda ulardan quyoshgacha bo'lgan o'rtacha masofa planetalarni o'zaro ta'sir qilishiga qaramasdan o'zgarmasligini isbot qilib berdi. Hattoki ana shunday bo'lishiga Nyuton va Eyler ham ishonmaganlar. Mana shu ishi uchun 24 yoshlik Laplasni Parij fanlar akademiyasining a'zosi qilib saylashdi yilda esa Laplas bu akademiyaning haqiqiy a'zosi qilib saylandi. Xuddi shu yili universitetga kirish imtihonlaridan birida Laplas 17 yoshlik abituriyent Bonapart Napoleon bilimini yuqori baholadi. Shundan so'ng ular o'rtasida o'zaro iliq munosabat paydo bo'ldi. Laplas metrik sistemani kiritish bo'yicha komissiya rahbari bo'ldi. U kengliklar byurosi(o'sha vaqtda fransiya astronomiya instituti ana shunday deb atalardi)ni boshqardi hamda Normal maktabida ma'ruzalar o'qidi yilda Lagranj bilan birgalikda ana shu maktabda u ehtimolliklar nazariyasi bo'yicha ham ma'ruzalar o'qidi yilda «Olam sistemalarining bayoni» nomli ilmiy-ommabop ocherkini nashr qildi yilda klassik «Osmon mexanikasi» monografiyasining birinchi ikki jildi nashr qilindi. Unda planetalarning harakati, ularning aylanish shakllari va ko'tarilish kuchlari to'liq bayon etildi. U bu monografiya ustida 26 yil ishladi. Uning uchinchi jildi 1802-yilda, to'rtinchi jildi 1805-yilda, beshinchi jildi esa yillarda chop etildi. «Osmon mexanikasi»da Laplas shu sohadagi o'zining va Nyutondan o'zigacha bo'lgan olimlarning ilmiy tadqiqotlari natijalarini keltirib o'tdi. Chuqur analiz va boy mazmunga ega bo'lgan ushbu monografiya XIX asr astronomlarining haqiqiy kitobiga aylandi. Shuning uchun ham Laplasni osmon mexanikasining otasi deb yuritishadi. Ana shu kitobning so'z boshida Laplas Kantning quyosh sistemasi koinotdagi gaz tumanliklaridan hosil bo'lishi haqidagi mashhur gipotezasini bayon etadi. Napoleon Laplasga imperiya grafi titulini berdi va uni juda ko'p orden hamda lavozimlar bilan siyladi. Jumladan, unga ichki ishlar vaziri lavozimini ham berdi. Lekin Laplas unga berilgan imperiya grafi titulini markiz va per palatasi a'zosi tituliga almashtirdi yilda Laplas «Analitik ehtimolliklar nazariyasi» nomli asarini chop etdi. Nazariy mexanikaga virtual ish va ko'chish tushunchalarini kiritdi. Bundan tashqari Laplas fizikaga reaksiya kuchlarini olib kirdi. Matematik fizikada ishlatiladigan

6 14 ILMIY-OMMABOP BO'LIM vektor analiz bo'yicha ham u ancha jiddiy natijalarni oldi. Laplas u yerga Laplas operatori va tenglamasini kiritdi yilda «Ehtimolliklar nazariyasida falsafik tajriba» nomli ilmiy-ommabop asarini chop etdi. U 1908-yilda rus tiliga taqima qilindi va yili qayta nashr etildi. Laplas amaliy masalalarni yechishda hozirda ham keng qo'llaniladigan matematik fizika metodlarini ishlab chiqdi. Maxsus funksiyalar nazariyasida juda kerakli natijalarni oldi. U bunga Laplas almashtirishlarini kiritdi. Chiziqli algebra sohasida esa determinantlarning minorlar bo'yicha yoyilmasini keltirdi. U ehtimolliklar nazariyasining matematik fundamentini kengaytirdi va sistemaga soldi. Matematikaga hosilaviy funksiyalar tushunchasini kiritdi. Muavr-Laplas teoremalarini isbotlab berdi. U tajriba va kuzatish natijalarini matematik jihatdan ishlab chiqish usuliga ham katta hissa qo'shdi. Shuningdek, Laplas xatoliklar nazariyasini rivojlantirdi va unga kichik kvadratlar metodini qo'lladi. Laplas quyosh sistemasining turg'unligini isbotlab berdi. U quyosh sistemasi barcha jismlarining hosil bo'lishini isbotlovchi matematik jihatdan to'liq asoslangan kosmogonik gipotezani taklif qildi vabu gipoteza Laplas gipotezasi deb yuritila boshlandi. U shuningdek koinotda kuzatiladigan ba'zi tumanliklar xuddi Somon yo'li galaktikasi kabi galaktikalar ekanligini ham aytib o'tdi. Ma'lumki, 1695yilda Galiley Yupiter planetasini tezlanuvchan harakat qilib quyoshdan uzoqlashayotganligini, Saturn planetasini esa sekinlanuvchan harakat qilib quyoshga yaqinlashayotganligini aytib o'tgan edi. Yupiterning bunday harakatida uning quyoshga qulab tushishi mumkinligini ba'zi olimlar aytib o'tishgan. Laplas bunday hodisa ro'y bermasligini, Yupiter va Saturn planetalarining bunday harakati faqat ularning boshqa planetalar bilan o'zaro ta'siri natijasi, bu esa ushbu planetalarning o'z orbitalaridagi davriy tebranishlardan boshqa narsa emasligi va ular o'zlarining boshlang'ich holatlariga har 929 yilda qaytishini ko'rsatib berdi. Shuningdek, Laplas Oyning biror tezlanish bilan harakat qilishi ham Oyning boshqa yirik planetalar ta'sirida bo'lishi natijasida yuzaga keladigan Oy orbitasi ekstsentrisitetining davriy o'zgarishi natijasi ekanligini isbotlab berdi. Ana shu omillar ta'sirini hisobga olgan holda Oyning harakati bo'yicha qilingan hisoblashlar kuzatishlar natijasi bilan mos tushishini ham Laplas isbotladi. Oyning harakatidagi notekisliklar yordamida Laplas Yerning siqilishini aniqladi. Laplas tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar yordamida Oyning aniq jadvallari tuzildi va ular asosida dengizlardagi geografik uzoqlikni aniqlash muammolari hal etildi. Laplas birinchi bo'lib Yupiter planetasining galiley yo'ldoshlari harakatining aniq nazariyasini ishlab chiqdi. Laplas ularning orbitalarini xarakterlovchi parametrlari o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjudligini ikki qonun orqali ko'rsatib berdi. Shu qonunlarga Laplas qonunlari deyiladi. Saturn halqasining muvozanat shartini hisoblagan Laplas bu shart Saturnni o'z o'qi atrofida tez harakatlanganida

7 A.M. Xudayberganov, N.K.Xo'jayev, haqida nimalarni bilamiz? A.A. Maxmudov. Bio - Savar - Laplas qonunining kashfiyotchilari 15 hosil bo'lishini aytib o'tdi. U.Gershelning kuzatishlari bu fikrning to'g'ri ekanligini isbotladi. Brestdagi okean sathining o'zgarishini 20 yillik kuzatishlari natijasida Laplas ko'tariluvchi kuchlar nazariyasini ishlab chiqdi. Laplas fizika sohasida barometrik formulani keltirib chiqardi va uni asoslab berdi yillarda A.Lavuaze bilan birgalikda issiqlik nazariyasi muammolari bilan shug'ullanishdi va muz kalorimetrni kashf etishdi. Laplas kapillyarlik nazariyasi bo'yicha bir qator ishlarni chop etdi va kapillyar bosim uchun Laplas formulasini ishlab chiqdi yili Laplas akustika muammolari bilan shug'ullandi va tovushni havodagi tarqalish tezligi formulasini keltirib chiqardi. Laplas gidrodinamika sohasida ham bir qator tadqiqotlarni o'tkazdi. Gravitatsion ta'sirlashuvni tarqalish tezligini aniqlashning birinchi usulini u taklif qildi. Laplas qora tuynukning mavjudligini aytib o'tdi. Aynan Per Simon Laplas Jan-Batist Bio va Feliks Savarlar olgan tajriba natijalarini o'rganar ekan, ularni ma'lum matematik shaklga keltirdi. U har qanday tokli o'tkazgich o'z atrofida magnit maydonini hosil qilishini va ushbu magnit maydon kuchlanganligi va induksiyasi aniq bir qonuniyatga bo'ysunishini matematik jihatdan asoslab berdi. Zamondoshlari Laplasni yosh olimlarga nisbatan juda yaxshi munosabatda bo'lganligini va u har doim ularga qo'lidan kelganicha yordam berganligini ta'kidlashadi. Laplas oltita fanlar akademiyasi va qirollik jamiyatining, jumladan, yilda Peterburg akademiyasining a'zosi bo'lgan. Uning nomi Eyfel minorasining birinchi qavatida joylashgan Fransiyaning buyuk olimlari ro'yxatiga kiritildi. U Fransiya buyuk sharqining faxriy buyuk arbobiga aylandi. Laplas nomi bilan Oydagi krater, 4628 nomerli asteroid, matematika hamda fizikadagi ko'pchilik tushuncha, ifoda va teoremalar atalgan. Laplas 1827-yil 5-martda 78 yoshida Parijda vafot etdi. Jan-Batist Bio, Feliks Savar va Per Simon Laplasning hayoti va ijodiy faoliyati ularni fizika, astronomiya va matematika fanlarining rivojlanishiga naqadar ko'p hissa qo'shganligidan dalolat beradi. Shu nuqtai nazardan ularning hayoti va ijodiy faoliyati yoshlarga katta o'rnak bo'lib, uni o'rganish katta ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar:

1. Bio. 2. Orifjonov S. Elektromagnetizm. Noshir. Toshkent Faniev A.G. va boshqalar. Fizika. I qism. O'qituvchi. Toshkent qonuni. 5. Лаплас П.С. Излoжeниe CHCTeM^i мира. - Л.: Наука FIZIKA, MATEMATIKA va INFORMATIKA 2014/3




Download 29.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling