Talabasi mamajonov bekzodjon dilmurodovichning iqtisodiyot nazariyasi fanidan ishlab chiqarish xarajatlari va ularni kamaytirish yo


Download 306.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana17.09.2023
Hajmi306.33 Kb.
#1680063
  1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi Mamajonov Bekzodjon S-22.42



FARG’ONA DAVLAT UNVERSITETI SIRTQI BO’LIM S-22.42 GURUH 
TALABASI MAMAJONOV BEKZODJON DILMURODOVICHNING 
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN “ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI 
VA ULARNI KAMAYTIRISH YO’LLARI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI)


ISHLAB CHIQARISH 
XARAJATLARI VA ULARNI 
KAMAYTIRISH YO’LLARI
REJA:
1.
Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
2.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va
omillari.
3.
Xarajatlarni kamaytirishning 6 ta usuli


Xarajatlarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati 
Korxonada ishlab chiqarish xarajatlari korxona faoliyati uchun muhim rol o’ynaydi, chunki mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlari 
qancha 
kam 
bo’lsa 
korxona 
foydasi 
va 
rentabelligi 
shuncha 
oshadi. 
Korxona sarf xarajatlari o’z ichiga 1) mahsulot ishlab chiqarish tannarxi, 2) davr xarajatlari, 3) moliyaviy faoliyat bo’yicha 
xarajatlar, 4) favqulotda zararlarni oladi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevralda qabul qilgan 64 
qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (xizmatlar)ning sotish xarajatlarining tuzilishi va moliyaviy natijalarning tashkil topishi 
qoidalari»ga asosan korxonalarning xarajat moddalari quyidagilardan tashkil topadi: 
Ishlab chiqarish xarajatlari:– mahsulot tannarxi:
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari: 
mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, 
ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k); 
ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar; 
tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k); 
energiya va yoqilg’ining hamma turlari; 
materiallarning tabiiy kamayishi. 
Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar: 
bajarilgan ishlar uchun to’lovlar; 
qo’shimcha to’lovlar; 
ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar. 
Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar: 
ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar; 
nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to’lovlar. 


Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi: 
asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma. 
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar: 
ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar; 
ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash; 
asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlar; 
o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar; 
ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi. 

Download 306.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling