Talabgor Rasulov Lazizbek Farxod o‘g‘lining Xorijda ta’lim olishdan ko‘zlangan maqsad va ta’lim olish tugagach olingan bilimlarni O‘zbekistonda qo‘llash imkoniyatlari haqida esse.
Ushbu tanlovda ishtirok etishimdan maqsad avvalambor o‘zim hohlagan yo‘nalishda magistratura bosqichini Germaniyaning Manheim universitetida o‘qib buxgalteriya yo‘nalishida o‘zimga kerakli bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni mukammal egallashlikdir. Aytishim mumkinki, men bakalavr bosqichini jizzax politexnika institutida o‘qidim va magistratura bosqichini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida buxgalteriya yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqdaman. Hozirda Jizzax politexnika instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistent o‘qituvchisi lavozimida faoliyat olib bormoqdaman. Shunday bo‘lsada, oldimga xorijda magistratura bosqichini qaytadan o‘qishni yanada kengroq maqsad qilib oldim, ya’ni avtomobilsozlik yo‘nalishida qayta o‘qib o‘zimning kemtik deb sanagan tomonlarimni ushbu sohada rivojlangan deb sanaladigan Germaniya davlatida o‘zimnin bilim va ko‘nikmalarimni yangi g‘oya va bilimlar bilan to‘ldirmoqchiman. Ushbu universitetni tanlashligimning asosiy sabablaridan biri universitet ta’lim tizimi bilan yaqindan malumot olganligim va 2023-yilda Germanuyaning eng yaxshi universiteti bo’lganligi.
Hozirda buxgalteriya yo‘nalishi yurtimizda keng rivojlanmoqda, xususan Jizzax shaxridagi buxgalteriya consulting markazida faoliyat yuritib kelmoqdaman buxgalter va iqtisodchilarga talab yuqori. Va o‘ylaymanki, magistratura bosqichini tamomlaganimdan keyin albatta oldimga tayanch doktoranturada o‘qishni maqsad qilib qo‘ydim va shu bilan to‘xtab qolmasdan kelajakda rejalarim asosida xorijda ta’lim olib qaytganimdan so‘ng albatta yosh buxgalteriyadan ko‘proq bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, va ularni saviyali va sifatli kadr qilib tayyorlashga bor kuch va g‘ayratim bilan harakat qilaman.
Rasulov Lazizbek Farxod o‘g‘li 09.11.2023 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |