Talablarni attestatsiyadan o‘tkazish
Attestatsiya talablar buyurtmachining istagida bo‘lgan tizimni haqiqatan belgilashini namoyish etishi kerak. Talablarni tekshirish muhim, chunki talablar spetsifikatsiyasidagi xatolar tizimni ishlab chiqish jarayonida yoki uning foydalanishga kiritilishidan keyin topilsa, tizimni o‘zgartirishga va katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Talablardagi xatolarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan o‘zgartirishlarni tizimga kiritish qiymati loyihalashtirish yoki kodlash xatolarini tuzatishdan ko‘proq. Sabab – talablarni o‘zgartirish, odatta, tizimda muhim o‘zgartirishlarga olib keladi, ular kiritilgandan so‘ng u qaytadan sinovdan o‘tishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |