Talaffuz va imlo asoslari
Download 40.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-mavzu
1-MAVZU. “TALAFFUZ VA IMLO ASOSLARI” FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI Reja: 1. “Talaffuz va imlo asoslari” fanining maqsad va vazifalari. 2. Boshqa fanlar bilan aloqasi. 2. Alfavit va imlo tushunchalari haqida. Alfavit - fonematik yoki fonografik yozuvning tartibga solingan ("alfavit tartibi) va qat’iy ketma-ketlikda joylashtirilgan unsurlari to‘plamidir. Bu unsurlar nutq tovushning talaffuzini bevosita ifodalashi lozim. Alfavit tarkibiga yozuvda ishlatiluvchi boshqa belgilar, jumladan, tire, so‘roq va undov belgilari kiritilmaydi, ular tinish belgilaridir. Alfavitda harfning u yoki bu tarzdagi talaffuzigina muhim emas, balki uning harfiy ketma-ketlik orasida tutgan, belgilab qo‘yilgan o‘rni ham muhimdir. Masalan, o‘zbek-kiril yozuvidagi [ў] harfi qo‘l va o‘lka so‘zlarida qanday talaffuz etilishidan qat’iy nazar u alfavitdagi o‘rni o‘zgarmaydi, bu o‘rin qonun aktlari va an’analar bilan mustahkamlab qo‘yilgandir. Mukammal alfavit tarkibida u yoki bu tilda nechta tovush mavjud bo‘lsa, shuncha harf mavjud bo‘ladi. Ammo hozirda, ba’zi maxsus tuzilgan fonetik alfavitlarni hisobga olmaganda, bunday ideal alfavitlar yo‘q, chunki aksariyat hollarda alfavitlar asrlar davomida shakllangan an’analarga tayanadi. Ammo, jahon tajribasida milliy tillarning xususiyatlariga maksimum yaqinlashtirilgan alfavitlar mavjud, bunday alifbolar, odatda "yosh" alfavitlardir va ularning aksariyati keyingi yuz yil ichida qabul qilingan bo‘lib chiqadi (masalan, hozirgi turk alfaviti, moldovan alfaviti va sh.k). Milliy alfavit, odatda, qadimgi yozuvlardan biridan milliy tilga moslangan holda "o‘sib chiqadi" yoki boshqa xalqlardan ma’lum tarixiy shart-sharoitlar taqozosi bilan qabul qilinadi. Masalan, hozirgi roman-german tillarida gaplashadigan xalqlar foydalanayotgan yozuvlar alfaviti Qadimgi Rim sivilizatsiyasi mahsuli – lotin alfavitidan o‘sib chiqqan. Ma’lumki, roman-german qabilalari yozuv sifatida Rimda qo‘llangan lotin alifbosini tanladilar. 24 harfli lotin alfaviti rimliklarning tiliga ancha mos kelar edi, ammo u tovushlar miqdori 36-44 taga yetuvchi roman-german tillariga sirayam mufofiq kelmasdi. Shu sababli yangi harflar o‘ylab topishga harakat qilindi, ammo bu intilish muvaffaqiyatsiz chiqdi, shunda mavjud harflarga turli qo‘shimcha, yordamchi belgilar ulash bilan muammoni hal qilishga intilindi. Masalan, nemischdagi [ü], [ä], [ő] harflari, italyanchadagi va fransuzchadagi [ç], polyak tilidagi [ž] harflari ana shu tarzda yuzaga kelgan va alfavitlardan joy olgandir. Shuningdek, bir necha harfdan bitta harfni ifodalash maqsadida foydalanish ham muomalaga kiritildi. Jumladan, hemis tilidagi sch -sh, ch- x, ingliz tilida sh –sh (ш) va hokazo. Arab alifbosiga asoslangan o‘zbek yozuvi tarixida ham xuddi shunday hollarni ko‘ramiz. Ajdodlarimiz bu yozuvni tillariga moslash uchun unga yangi harflar, diakritik belgilar ixtiro qildilar, ilova qildilar va bu hol to 1923 yilgacha davom etib keldi. Alfavitlarning yana bir tarafi shundaki, ba’zi tillarda tegishli bir harf ma’lum pozitsiyalarda bir necha tovushni ifodalaydi yoki bir tovush so‘z tarkibida kelish o‘rniga qarab bir necha harflar bilan ifodalanadi. Masalan, ingliz tilida [c] fonemasi c va s harflari bilan ifodalanadi. Yoxud s harfi o‘rni bilan [c], [z], [sh], [j] fonemalari ifodalanadi. Yuqorida bayon qilinganlarning barchasi alfavit xalqning tarixi, madaniyati bilan birga o‘sib va rivojlanib borishini hamda milliy an’analar kabi asrlar davomida shakllanishini ko‘rsatadi. Imlo – grafika (harflar tizimi) hamda orfografiya (ma’lum tartib-qoidalar asosida yozish)ni o‘zida jamlaydi. O‘z navbatida imlo qoidalari ham ikki guruhga ajraladi. Birinchi guruhga oid qoidalar grafika (harflar tizimi) qoidalari deb ataladi. Bu qoidalar ma’lum bir grafema (harf)ning tildagi u yoki bu tovushlar va boshqa fonologik birliklar (fonema, bog‘in ...) bilan muvofiq kelish hollarini ta’riflab beradi. Bu muvofiqliklar ikki xil bo‘lishi mumkin: harflarni va ularning kombinatsiyasini o‘qish tartibi (masalan, o‘zbek-kiril yozuvidagi ў (o‘) va y (u) harflari tiloldi va tilorqa ö, o hamda u, ü unlilarini ifodalashi; ingliz tilidagi "ea" harf birikmasining [i], [e], [ei], [iэ] tarzida o‘qilishi); yozuvda fonemalar, fonema birlashmalari va boshqa prosodik hodisalarni ifodalash (masalan, o‘zbek- kiril alfavitidagi ю, я, ё, e harflarining y+u, y+a, y+o, y+e tovush birikmalarini ifodalashi). Ikkinchi turdagi qoidalar imlo (orfografiya) qoidalarini o‘zida jamlaydi. Bu qoidalar ma’no tashiydigan til birliklarini, xususan, morfemalar va so‘zlarni, shuningdek, so‘z birikmalari va gaplarni to‘g‘ri yozishning yo‘l-yo‘riqlarini ifodalaydi. Imlo qoidalari til birliklarini o‘zi ifoda etgan qoidalarga mufoviq holda talaffuz etilishini talab qiladigan "to‘g‘ri gapirish qoidalari" mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Agar mavjud alfavitlar "harflar miqdori tildagi fonemalar miqdoriga mos kelishi" tamoyiliga ko‘ra tuzilganida edi, imlo qoidalariga bo‘lgan ehtiyoj eng kamida teng yarmiga qisqarar edi. Ammo bunday ideal alfavitlar kam, aksar alfavitlar tarixan uzoq muddatlar davomida shakllangan, shu sababli alfavitning yozuvda qo‘llanishini imlo yordamida tartibga solib turishga har doim ehtiyoj bor. Bundan tashqari, so‘zlarni ajratib yoki qo‘shib yozish, so‘z ko‘chirish va bo‘g‘in ko‘chirish, katta va kichik harflarni qo‘llash, qisqartmalarni ishlatish kabi hollar ham imlo qoidalarida ifodalanishi mumkin. Imlo bir qancha tamoyillar asosiga qurilgan bo‘ladi: Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling