Ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz


Raketkani ushlash usullari


Download 1.34 Mb.
bet18/26
Sana23.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1651169
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
Murod Abdukarimov - ilmiy ish 2023

Raketkani ushlash usullari. Raketkani ushlashning universal shakli quyidagicha (1-rasm):

  • chap qo‘l bilan raketkaning sterjenidan dastagini o‘zingizga qaratib ushlaysiz, bunda raketka kallagi gardishi polga perpendikulyar bo‘lishi kerak;

  • o‘ng qo‘l bilan raketka dastagini xuddi salomlashgandek ushlaysiz va uni qo‘lni siqqandek siqasiz (2-rasm);

  • dastakni qo‘l bilan shunday ushlash kerakki, bunda yon tomoni ko'rinib tursin va turlicha holatlarda zarba berganda barmoqlarning harakatlanishiga xalaqit bermasin;

  • katta barmoqning birinchi bo‘g‘ini chap tomonda - dastak keng yuzasining yon tomonida bo‘lishi zarur.



  1. rasm. Raketkani ushlash texnikasi va uning kaft bilan tutashish nuqtalari.




  1. rasm. Raketkani ushlashning tasviya etiladigan umumiyholatlari.

Raketka kallagi tomonlarini anglatuvchi maxsus atamalar:ochiqtomon vayopiq tomon (3-rasm)


  1. rasm. Raketka kallagining tomonlari.

Agar siz raketkani to‘g‘ri ushlab turgan bo‘lsangiz hamda qo‘lingizni oldinga cho‘zganingizda raketka kallagi pol bilan perpendekulyar shaklda bo‘lsa, raketkaningchaptomoniochiq, o‘ngtomoniesayopiqbo‘ladi. Raketkaning ochiq tomoni bilan zarba berilganda, raketkani ushlab turgan qo‘lingizni ko‘targaningizda u go‘yoki tanangizni ochgandek, yopiq tomon bilan zarba berilganda esa tanani yopgandek boiadi. Shunga mos ravishda badmintonchi atrofidagi joyni zarba chegaralariga bo‘lishi mumkin (4-rasm).


  1. rasm.Sportchi tanasiga nisbatan raketkaning ochiq va yopiqtomoni bilan zarba berish chegaralari.

Aralash chegaralar - bu shunday joylarki, o'yinda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqib, volanga raketkaning qulay tomoni bilan zarba berishdan iboratdir.
Universal o‘yin uchun raketkani sterjeniga juda yaqin ushlash, yoki aksincha, kaft bilan dastakning oxirini changallab turish tavsiya qilinmaydi. Oddiyroq qilib aytganda, raketka dastagini o‘rtasidan xuddi u bilan qoi berib salomlashayotgandek ushlab tursangiz hamda bu holatda raketka kallagi yuzasi polga perpendikulyar holatda bo‘lsa, universal ushlash holati boiadi. Ayrim sportchilar to‘r yaqinida o‘ynayotgan paytlarida raketkani sterjeniga yaqin ushlashadi, bu esa volanga zarba berish vaqtini qisqartirish imkonini beradi.
Bugungi kunda sportchi larda universal ushlashdan tashqari yana ikki turdagi raketka ushlash usuli mavjud: osiyocha va yevropacha. Osiyocha usulda raketka dastagi xuddi to‘r yaqinida o‘ynagandagi kabi sterjen asosiga yaqin ushlanadi. Bunday ushlashreaksiya borasida kattagina afzallik beradi, ammo buning uchun badmintonchi yaxshi texnika va yuksak tayyorgarlikdagi jismoniy
sifatlarga ega bo‘lishi zarur. Yevropacha usul — o‘yinchining panjasi raketka dastagini stetjen asosining teskari tomonidagi yon tomonidan ushlashni nazarda tutadi. Bu zarba beruvchi yelkaning oshishi hisobiga volanga beriladigan zarba kuchini orttirishda afzallik beradi, ammo volanga reaksiyani susaytiradi.
Raketka dastagini qanchalik mahkam siqib ushlash kerak? Obrazli qilib aytganda, raketka dastagini xuddi qushchani ushlab turgandek tutish tavsiya qilinadi. Ya’ni u uchib ketmasligi uchun qattiqroq siqib ushlash, o‘z navbatida, siqib o‘ldirib qo‘ymaslik uchun bo‘shroq ushlash kerak. To‘g‘ri, siz zarba paytida dastakni, u zarbadan keyin qo‘Iingizdan chiqib ketmasligi uchun, qisib ushlab olasiz. Raketkani har doim juda siqib ushlab turish tavsiya qilinmaydi.
Raketka dastagini ushlashning turli o‘yinchilar va har xil o‘yin holatlari uchun mo‘jallangan boshqa ko‘plab variantlari ham mavjud, lekin ularning barchasi individual hisoblanadi. Turlicha o‘yin holatlarida badmintonchilar ushlashni o‘zgartirib turishadi (5-rasm). Volan o‘yinchining chap tomonidan uchib ostayotganda unga zarba berishdagi ushlashning o‘zgarishi eng ko‘p tarqalgandir. Bunda volanga bosimni oshirish uchun bosh barmoq dastakning keng yuzasida boiadi. Raketkani ushlashning to‘g‘riligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilar-jarohatning yo‘qligi, o‘yinning qulay va samarali ekanligidir.


  1. rasm. Raketkani ushlash variantlari:

о‘ng tomondan zarba uchun; chap tomondan zarba uchun.
Raketkani ushlashning boshqa ko‘plab variantlari ham mavjud, ammo yuqorida tasvirlangan universal usul asosiy hisoblanadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling