Ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi termiz


Download 1.34 Mb.
bet22/26
Sana23.06.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1651169
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Murod Abdukarimov - ilmiy ish 2023

O‘yinda gavda holatlari
Badmintonda bir necha gavda hoiatlari mavjud:

  1. to‘r balandligiga nisbatan gavda holatining balandligiga ko‘ra: baland, o‘rta, past (18-rasm).



  1. rasm. Badmintonda mavjudgavda holatlari: 1 baland, 2 —o ‘rta, 3 -

past.

  1. o‘yinchi gavdasining maydonchadagi mo‘ljal olishiga qarab: o‘ng tomonlama (o‘ng oyoq oldinda) va chap tomonlama (chap oyoq oldinda);

  2. aniq o‘yin holatidan kelib chiqib: hujumkor, universal, himoyaviy (19-

rasm).



  1. rasm. Badmintonchilarning o ‘yin maydonchasidagi gavda holatining turli variantlari: 1 — universal, 2 himoyaviy, 3 - hujumkor.

Ammo gavda holatining uchta asosiy turi muhim hisoblanadi, bular: zarba berish paytidagi gavda holatlari, zarbani qaytarish paytidagi gavda holatlari, o‘yin jarayonidagi gavda holatlari. Ular orasidan esa vaziyatdan va individual o‘ziga xosliklardan kelib chiqib, baland, o'rta, past, hujumkor, himoyaviy, universal kabi turlami ko‘rsatib o‘tish mumkin bo‘ladi. Aksariyat hollarda o‘yin jarayonida o‘rta universal gavda holati ko‘proq qo‘llaniladi.




3.2 Badmintonga xos harakatlanish tezkorligini maxsus o‘yin mashqlari yordamida shakllantirish imkoniyatlari


Raketkaning ochiq tomoni bilan zarba berishda gavda holati, bunda zarba berayotgan badmintonchi zarba berish hududining oldingi qismidan joy oladi. Raketkaning ochiq tomoni bilan zarba berishda boshlang‘ich holat barcha turlarda bir xil bo‘ladi. Chap oyoq sal oldinda, oldingi chiziqdan 5-50 sm masofada joylashadi. Bu masofa zarba turiga (qisqa, yassi. baland-olis), o‘yin turiga (yakkalik, juftlik, mikst) va sportchining shaxsiy o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq boiadi. O‘ng oyoq orqada, taxminan sportchi yelkasi kengligiga teng masofada joylashadi. Oyoq kafti salgina yonga surilgan va tashqariga qaragan bo‘ladi. Volan chap qo‘l barmoqlari bilan ushlanadi, raketka ushlagan qo‘l esa pastga tushirilgan va orqaga uzatilgan. Tirsak tanaga yopishib turmasligi kerak.


Raketkaning yopiq tomoni bilan zarba berishdagi gavda holati ko‘proq qisqa zarbalar qo‘llaniladigan juftlik va mikst o‘yinlari uchun xosdir. Odatda, bunday gavda holatidagi zarba beruvchi o‘ng oyog‘ini oldinga surgan holda zarba chizig‘iga yaqinroq siljiydi. Volan chap qo‘lda, bilak salgina yuqoriga ko‘ta- rilgan, raketka ushlagan qo‘l tananing old qismida bo'ladi. Mazkur gavda holati uchun sportchining og‘irlik markazi o‘ng oyoqqa tashlanishi xosdir. Qisqa zarbada bu narsa zarbadan keyin o‘yinga kirishish vaqtini qisqartirish imkonini beradi.
Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda raketkaning yopiq tomoni bilan qisqa zarba berish erkaklarning yakkalik bahslarida ham tez-tez qo‘llanilmoqda.
Badmintondagi yakkalik bahslarida ko‘proq baland va yassi oshirishlar, juftlik bahslarida esa - qisqa, kamdan-kam yassi oshirishlar amalga oshiriladi. Yakkalik o‘yinlarida sportchi tezda orqaga yugurib qaytishga tayyorgarlik ko‘radi, juftlik bahslarida esa aksincha, volanni tezroq oldingi chiziqda qaytarishga harakat qiladi. Sportchi harakatlarining bunday xususiyati ko‘p jihatdan u yoki bu zarbani qaytarish uchun nuqta tanlashni ham belgilab beradi.

  • Yakkalik o‘yinlarida oshirilgan volanni qabul qilishda zarbani qabul qilish hududining markaziga yaqinroq joylashish tavsiya etiladi. Bunda chap oyoq oldinda, o‘ng oyoq orqada, raketka kallagi oldinda sportchining boshi balandligida, chap qo‘l muvozanatni saqlashga ko‘maklashish uchun yarim bukilib ko‘krak balandligida ko'tarilgan bo‘ladi.

  • Juftlik bahslarida oshirilgan volanni qabul qilishda sportchilar to‘rga yaqin joylashadi. Oldinda turgan chap oyoqning kafti oshirishning old chizig‘idan 15-30 sm masofada bo‘ladi. Sportchining og‘irlik markazi oldinga, chap oyoqqa tashlanadi, tana ham oldinga egilgan, raketkani ushlagan qo‘l to‘r tomonga salgina cho‘zilgan va boshdan salgina balandroqqa ko‘tarilgan bo‘ladi.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling