Ta’lim, fan va innovatsiyalar
Download 226.7 Kb. Pdf ko'rish
|
bojxona ishi jismoniy shaxslar
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM Iqtisodiyot yo’nalishi 4 - bosqich 19.49- guruh talabasi Ismoilova Mohichehra MUSTAQIL ISHI Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tovarlarning miqdori, xususiyati va olib o‘tilishining takroriyligi hamda jismoniy shaxs safarining holatlari, shuningdek, bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar jismoniy shaxs va uning oila a'zolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallanganligini inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarning maqsadini aniqlash to‘g‘risida qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga asoslanadi: a) chegara bojxona postlari orqali tovarlarni olib o‘tishda: tovar xususiyatlari – tovarning iste'molligi, uning qo‘llanilishi va foydalanishi inobatga olinadi. Bunda, odatda turmushda foydalanilmaydigan tovarlarni olib kirish, bunday tovarlar tijorat maqsadida olib kirilayotganligiga asos bo‘ladi, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs buni aksini isbotlab bermasa; tovarlarning miqdori – bunda, tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila a'zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi (bir nomda, bir o‘lchamdagi, bir shakl hamda rangda va boshqalar) tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi; tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi – bunda, ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi tovarlarni oz miqdorda bo‘lsa ham bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb qaraladi. Chegara xizmatlari organlari tomonidan jismoniy shaxsning bojxona organiga taqdim etiladigan pasportiga qo‘yiladigan belgi (shtamp) O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tkazish punktidan o‘tishini aniqlash uchun asos hisoblanadi; safarning holatlari – bunda, safarning maqsadi va uning davomiyligi, kelish davlati hisobga olinadi; boshqa huquq-tartibot organlardan tovarlar va ularni olib o‘tayotgan shaxslar to‘g‘risida kelib tushgan ma'lumotlar mavjudligi – bunda, tovarlar tijorat yoki boshqa shaxsiy ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda olib o‘tilayotgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladi; yashash joyining chegara hududiga tutash (yaqin) joylarda joylashganligi – bunda, tovarlar tijorat maqsadlarida olib kirilayotgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladi; b) xalqaro pochta va xalqaro kurerlik jo‘natmalar (XPJ va XKJ) orqali, shu jumladan xorijiy davlatlarning internet-do‘konlarida xarid qilingan tovarlarni olib o‘tishda: XPJ va XKJ oluvchining yoshi uning manziliga keluvchi tovarlarning xususiyatlari bilan muvofiqligi; bir manzil bo‘yicha yashovchi bir yoki bir necha jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan bir xil turdagi tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi; deklaratsiyada ko‘rsatilgan tovarlarni qabul qiluvchi manzilining jismoniy shaxs haqiqatda ro‘yxatdan o‘tgan joyi bilan farqliligi; yuqorida ko‘rsatilgan mezonlardan birining mavjudligi bojxona chegarasi orqali jismoniy shaxslar va uning oila a'zolari tomonidan olib o‘tiladigan tovarlar shaxsiy ehtiyojlari uchun mo‘ljallanmaganligiga (shaxsiy foydalanish yoki iste'mol maqsadida emasligi), taxmin qilishga asos bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kuzatib borilayotgan va (yoki) kuzatib borilmayotgan bagajlarda shaxsiy ehtiyojlari uchun bo‘lgan tovarlarning olib kirish cheklangan normalari, yo‘nalish va yetib borish manzilida zarur hamda ilgari foydalanishda bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan tovarlarni hisobga olmagan holda quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: yo‘nalish va (yoki) yetib borish manzilida umume'tirof (an'anaviy) tartibda foydalanish amaliyoti, shu bilan birga, mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini, bojxona chegarasidan o‘tish takroriyligini inobatga olgan holda; eskirish va boshqa ishlatilganlik belgilari mavjudligi, (shu jumladan qirilishlar, bukilishlar va boshqa mexanik shikastlar); birkalar, yorliqlar, ishlab chiqaruvchi o‘rovi yo‘qligi, shu jumladan alohida olib o‘tiladigan, asl holatini iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan usulda tiklashni istisno etuvchi tarzda shikastlangan qadoqlash o‘rovi bundan mustasno; tovarlarni odatiy tartibda foydalanish uchun yetarli bo‘lgan darajada bitta yoki boshqa miqdorda, shu jumladan mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini, yo‘nalish davomida yoki yetib borish manzilida obektiv zaruriyatligini inobatga olgan holda olib kirish. Jismoniy shaxs bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona chegarasi orqali shaxsiy ehtiyojlar uchun olib o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi hamda sud organlariga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash Bojxona chegarasi orqali shaxsiy ehtiyojlar uchun olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymati, jismoniy shaxs tomonidan tovarlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar mavjud bo‘lgan bir yoki bir nechta asl hujjatlar (shartnomalar, spetsifikatsiyalar, hisob- fakturalar, hisob-proformalar, tijorat hisoblar, tovar-cheklar, to‘lov kvitansiyalari, mulk xatlovlari va boshqalar) bilan deklaratsiyalashda ma'lum qilingan qiymatlar asosida aniqlanadi, XPJ va XPK orqali olib o‘tiladigan tovarlar bundan mustasno. Bunday qiymatning nazorati jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan asl hujjatlardagi ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan bojxona qiymatini tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar deklaratsiyalangan tovarlar, shu jumladan ko‘rinish holati, miqdori, joyi va xarid vaqtlari bilan solishtirilishi lozim. Jismoniy shaxs tomonidan tovarlarning ma'lum qilingan qiymatini to‘g‘riligini tasdiqlovchi hujjat va ma'lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, bojxona organi mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona qiymatini aniqlaydi. Bojxona organining mansabdor shaxsi jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun XPJ va XPK orqali yo‘naltirilgan, shu jumladan xorijiy davlatlarning internet-do‘konlarida xarid qilingan olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona to‘lovlari summasini hisoblashda, Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlari bilan nazarda tutilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlar qiymati to‘g‘risidagi ma'lumotlardan foydalanadi. Agar ko‘rsatilgan qiymatlar, Umumjahon pochta ittifoqining bojxona maqsadlarida foydalaniladigan hujjatlardagi qiymatlardan ortiq bo‘lsa, XPJ va XPKga nisbatan bojxona to‘lov summasi ko‘rsatilgan qiymatlardan hisoblanadi. Alohida bagajda hamda xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymatiga aeroportgacha, daryo portigacha yoki bojxona hududining boshqa kirish joyigacha yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar qo‘shiladi. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona organlarida foydalanishda bo‘lgan o‘xshash tovarlarning narxlar ma'lumotnomasi (ma'lumotnomalar, o‘xshash tovarlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi, ishlab chiqaruvchi/xarid qiluvchilarning kataloglari, ishlab chiqaruvchilarning narxlar ma'lumotnomalari, ilgari rasmiylashtirilgan tovarlar bo‘yicha ma'lumotlar, xarid qilingan davlatlarning Internet saytlardagi ma'lumotlar va boshqalar) asosida mustaqil ravishda tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashi mumkin. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tadbirkorlik yoki boshqa tijorat maqsadlarida olib kirilayotgan tovarlarga qonunchilikda belgilangan import qilinadigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qo‘llaniladi. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari qo‘llanilmaydigan va tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallanmagan tovarlarni olib kirishda cheklangan normalardan oshirilsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qat'iy nazar tovarlarning bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan me'yorlardan ortiq qismiga nisbatan yagona bojxona to‘lovi undiriladi. Yakuniy qoidalar Nizom alohida toifadagi shaxslar (xalqaro haydovchilar, xizmat safari bo‘yicha harakatlanayotgan shaxslar, delegatsiya a'zolari va h.k.), shuningdek, xorijiy davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun ko‘chib kelayotgan shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan qo‘llanilmaydi. Agar jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlar tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallanganligi, ushbu shaxs tomonidan ma'lum qilinsa yoxud bojxona organi tomonidan aniqlansa, ularga nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashuvchilariga nazarda tutilgan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy tartibi qo‘llaniladi. Nizom qoidalari jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib o‘tishda ikki yo‘lakli tizimdan foydalanganda ham qo‘llaniladi. Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni “yashil” yo‘lak orqali olib o‘tilishining qonuniyligi nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tanlov asosida (obektlar tanlovi va (yoki) ularni nazorat qilish usullari) va ushbu Nizomda belgilangan shartlarga rioya etilmagan hollarda amalga oshiriladi. Bu shartlarga muvofiq bo‘lmagan tovarlar, olib o‘tish uchun “qizil” yo‘lakka yo‘naltiriladi. Jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoji uchun tovarlarni Nizomda nazarda tutilgan shartlarni buzgan holda “yashil” yo‘lak orqali olib o‘tgandan so‘ng aniqlansa, bojxona, veterinariya, fitosanitariya va davlat nazoratining boshqa turlari ushbu tovarlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik yoki boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan shaxsiy ehtiyoji uchun tovarlarni, ular “yashil” yo‘lakdan olib o‘tilganidan so‘ng aniqlangan holatda, bunday tovarlarni olib o‘tgan jismoniy shaxs qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi. Jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga olib kirishga belgilangan me'yorlardan oshgan tovarlarni qaytarib olib chiqmaslik, ular bo‘yicha lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik yoxud ularni to‘lashdan bosh tortish holatlarida, bojxona organining mansabdor shaxsi ushbu tovarlarni hamda ularga tegishli hujjatlarni vaqtincha saqlovga olish yuzasidan vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va topshirish dalolatnomasini tuzadi. Mazkur tovarlarning saqlov muddati oltmish kalendar kundan, tez buziladigan tovarlar esa o‘n kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatni tashkil etadi. Ko‘rsatilgan muddatlarda vaqtincha saqlovga topshirilgan tovarlar yuzasidan tegishli tartibda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirilmaganda yoxud ularni talab qilinmaganda, bojxona organining mansabdor shaxsi ushbu tovarlarni qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish choralarini ko‘radi. Download 226.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling