Ta’lim, fan va innovatsiyalar


Download 226.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2023
Hajmi226.7 Kb.
#1645199
Bog'liq
bojxona ishi jismoniy shaxslar



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY
TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR
VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT
UNIVERSITETI SIRTQI BO’LIM
Iqtisodiyot yo’nalishi
4 - bosqich 19.49- guruh talabasi
Ismoilova Mohichehra
MUSTAQIL ISHI


Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib
o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash
Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib
o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash bojxona organining mansabdor shaxsi
tomonidan tovarlarning miqdori, xususiyati va olib o‘tilishining takroriyligi hamda
jismoniy shaxs safarining holatlari, shuningdek, bojxona chegarasi orqali olib
o‘tiladigan tovarlar jismoniy shaxs va uning oila a'zolarining shaxsiy ehtiyojlari uchun
mo‘ljallanganligini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarning maqsadini aniqlash to‘g‘risida
qaror qabul qilishda quyidagi mezonlarga asoslanadi:
a) chegara bojxona postlari orqali tovarlarni olib o‘tishda:
tovar xususiyatlari – tovarning iste'molligi, uning qo‘llanilishi va foydalanishi inobatga
olinadi. Bunda, odatda turmushda foydalanilmaydigan tovarlarni olib kirish, bunday
tovarlar tijorat maqsadida olib kirilayotganligiga asos bo‘ladi, agar tovarlarni olib
o‘tayotgan shaxs buni aksini isbotlab bermasa;
tovarlarning miqdori – bunda, tovarlarni olib o‘tayotgan jismoniy shaxs va uning oila
a'zolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi (bir nomda, bir o‘lchamdagi, bir
shakl hamda rangda va boshqalar) tovarlarga, agar tovarlarni olib o‘tayotgan shaxs
aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan
tovarlar deb qaraladi;
tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi – bunda, ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi
tovarlarni oz miqdorda bo‘lsa ham bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib
o‘tayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun


tovarlarni olib kirish deb qaraladi. Chegara xizmatlari organlari tomonidan jismoniy
shaxsning bojxona organiga taqdim etiladigan pasportiga qo‘yiladigan belgi (shtamp)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tkazish punktidan o‘tishini aniqlash
uchun asos hisoblanadi;
safarning holatlari – bunda, safarning maqsadi va uning davomiyligi, kelish davlati
hisobga olinadi;
boshqa huquq-tartibot organlardan tovarlar va ularni olib o‘tayotgan shaxslar
to‘g‘risida kelib tushgan ma'lumotlar mavjudligi – bunda, tovarlar tijorat yoki boshqa
shaxsiy ehtiyoji bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda olib o‘tilayotgan deb taxmin
qilish uchun asos bo‘ladi;
yashash joyining chegara hududiga tutash (yaqin) joylarda joylashganligi – bunda,
tovarlar tijorat maqsadlarida olib kirilayotgan deb taxmin qilish uchun asos bo‘ladi;
b) xalqaro pochta va xalqaro kurerlik jo‘natmalar (XPJ va XKJ) orqali, shu jumladan
xorijiy davlatlarning internet-do‘konlarida xarid qilingan tovarlarni olib o‘tishda:
XPJ va XKJ oluvchining yoshi uning manziliga keluvchi tovarlarning xususiyatlari
bilan muvofiqligi;
bir manzil bo‘yicha yashovchi bir yoki bir necha jismoniy shaxslar tomonidan olib
o‘tiladigan bir xil turdagi tovarlarni olib o‘tishning takroriyligi;
deklaratsiyada ko‘rsatilgan tovarlarni qabul qiluvchi manzilining jismoniy shaxs
haqiqatda ro‘yxatdan o‘tgan joyi bilan farqliligi;
yuqorida ko‘rsatilgan mezonlardan birining mavjudligi bojxona chegarasi orqali
jismoniy shaxslar va uning oila a'zolari tomonidan olib o‘tiladigan tovarlar shaxsiy
ehtiyojlari uchun mo‘ljallanmaganligiga (shaxsiy foydalanish yoki iste'mol maqsadida
emasligi), taxmin qilishga asos bo‘ladi.


O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga kuzatib borilayotgan va (yoki) kuzatib
borilmayotgan bagajlarda shaxsiy ehtiyojlari uchun bo‘lgan tovarlarning olib kirish
cheklangan normalari, yo‘nalish va yetib borish manzilida zarur hamda ilgari
foydalanishda bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan tovarlarni hisobga
olmagan holda quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:
yo‘nalish va (yoki) yetib borish manzilida umume'tirof (an'anaviy) tartibda foydalanish
amaliyoti, shu bilan birga, mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini,
bojxona chegarasidan o‘tish takroriyligini inobatga olgan holda;
eskirish va boshqa ishlatilganlik belgilari mavjudligi, (shu jumladan qirilishlar,
bukilishlar va boshqa mexanik shikastlar);
birkalar, yorliqlar, ishlab chiqaruvchi o‘rovi yo‘qligi, shu jumladan alohida olib
o‘tiladigan, asl holatini iqtisodiy jihatdan samarali bo‘lgan usulda tiklashni istisno
etuvchi tarzda shikastlangan qadoqlash o‘rovi bundan mustasno;
tovarlarni odatiy tartibda foydalanish uchun yetarli bo‘lgan darajada bitta yoki boshqa
miqdorda, shu jumladan mavsumiyligini, sayohat maqsadini, transport turini,
yo‘nalish davomida yoki yetib borish manzilida obektiv zaruriyatligini inobatga olgan
holda olib kirish.
Jismoniy shaxs bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona chegarasi
orqali shaxsiy ehtiyojlar uchun olib o‘tiladigan tovarlarning maqsadini aniqlash
bo‘yicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori
turuvchi hamda sud organlariga shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib
o‘tiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash
Bojxona chegarasi orqali shaxsiy ehtiyojlar uchun olib o‘tiladigan tovarlarning
bojxona qiymati, jismoniy shaxs tomonidan tovarlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar mavjud
bo‘lgan bir yoki bir nechta asl hujjatlar (shartnomalar, spetsifikatsiyalar, hisob-
fakturalar, hisob-proformalar, tijorat hisoblar, tovar-cheklar, to‘lov kvitansiyalari, mulk
xatlovlari va boshqalar) bilan deklaratsiyalashda ma'lum qilingan qiymatlar asosida
aniqlanadi, XPJ va XPK orqali olib o‘tiladigan tovarlar bundan mustasno.


Bunday qiymatning nazorati jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan asl
hujjatlardagi ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Ko‘rsatilgan bojxona qiymatini tasdiqlash uchun taqdim etilayotgan hujjatlar
deklaratsiyalangan tovarlar, shu jumladan ko‘rinish holati, miqdori, joyi va xarid
vaqtlari bilan solishtirilishi lozim.
Jismoniy shaxs tomonidan tovarlarning ma'lum qilingan qiymatini to‘g‘riligini
tasdiqlovchi hujjat va ma'lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, bojxona organi
mustaqil ravishda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona
qiymatini aniqlaydi.
Bojxona organining mansabdor shaxsi jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy
ehtiyojlari uchun XPJ va XPK orqali yo‘naltirilgan, shu jumladan xorijiy davlatlarning
internet-do‘konlarida xarid qilingan olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona to‘lovlari
summasini hisoblashda, Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlari bilan nazarda
tutilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan tovarlar qiymati to‘g‘risidagi ma'lumotlardan
foydalanadi.
Agar ko‘rsatilgan qiymatlar, Umumjahon pochta ittifoqining bojxona maqsadlarida
foydalaniladigan hujjatlardagi qiymatlardan ortiq bo‘lsa, XPJ va XPKga nisbatan
bojxona to‘lov summasi ko‘rsatilgan qiymatlardan hisoblanadi.
Alohida bagajda hamda xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali olib o‘tiladigan
tovarlarning bojxona qiymatiga aeroportgacha, daryo portigacha yoki bojxona
hududining boshqa kirish joyigacha yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar qo‘shiladi.
Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona organlarida foydalanishda bo‘lgan
o‘xshash tovarlarning narxlar ma'lumotnomasi (ma'lumotnomalar, o‘xshash
tovarlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi, ishlab chiqaruvchi/xarid
qiluvchilarning kataloglari, ishlab chiqaruvchilarning narxlar ma'lumotnomalari, ilgari
rasmiylashtirilgan tovarlar bo‘yicha ma'lumotlar, xarid qilingan davlatlarning Internet
saytlardagi ma'lumotlar va boshqalar) asosida mustaqil ravishda tovarlarning
bojxona qiymatini aniqlashi mumkin.


Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tadbirkorlik yoki boshqa
tijorat maqsadlarida olib kirilayotgan tovarlarga qonunchilikda belgilangan import
qilinadigan tovarlarning umumiy miqdoriga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvining
umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari qo‘llanilmaydigan va tadbirkorlik yoki
boshqa tijorat faoliyati uchun mo‘ljallanmagan tovarlarni olib kirishda cheklangan
normalardan oshirilsa, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar
nomenklaturasi kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qat'iy nazar tovarlarning
bojxona qiymatidan kelib chiqqan holda, cheklangan me'yorlardan ortiq qismiga
nisbatan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.
Yakuniy qoidalar
Nizom alohida toifadagi shaxslar (xalqaro haydovchilar, xizmat safari bo‘yicha
harakatlanayotgan shaxslar, delegatsiya a'zolari va h.k.), shuningdek, xorijiy
davlatlardan O‘zbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun ko‘chib kelayotgan
shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Agar jismoniy shaxslar tomonidan olib o‘tiladigan tovarlar tadbirkorlik yoki boshqa
tijorat faoliyati uchun mo‘ljallanganligi, ushbu shaxs tomonidan ma'lum qilinsa yoxud
bojxona organi tomonidan aniqlansa, ularga nisbatan tashqi iqtisodiy faoliyat
qatnashuvchilariga nazarda tutilgan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy tartibi
qo‘llaniladi.
Nizom qoidalari jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib
o‘tishda ikki yo‘lakli tizimdan foydalanganda ham qo‘llaniladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni “yashil” yo‘lak orqali
olib o‘tilishining qonuniyligi nazorati bojxona organlarining mansabdor shaxslari
tomonidan tanlov asosida (obektlar tanlovi va (yoki) ularni nazorat qilish usullari) va
ushbu Nizomda belgilangan shartlarga rioya etilmagan hollarda amalga oshiriladi.
Bu shartlarga muvofiq bo‘lmagan tovarlar, olib o‘tish uchun “qizil” yo‘lakka
yo‘naltiriladi.


Jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoji uchun tovarlarni Nizomda nazarda tutilgan
shartlarni buzgan holda “yashil” yo‘lak orqali olib o‘tgandan so‘ng aniqlansa, bojxona,
veterinariya, fitosanitariya va davlat nazoratining boshqa turlari ushbu tovarlarga
nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan tadbirkorlik yoki boshqa tijorat
faoliyati uchun mo‘ljallangan shaxsiy ehtiyoji uchun tovarlarni, ular “yashil” yo‘lakdan
olib o‘tilganidan so‘ng aniqlangan holatda, bunday tovarlarni olib o‘tgan jismoniy
shaxs qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga olib kirishga belgilangan me'yorlardan
oshgan tovarlarni qaytarib olib chiqmaslik, ular bo‘yicha lozim bo‘lgan bojxona
to‘lovlarini to‘lamaslik yoxud ularni to‘lashdan bosh tortish holatlarida, bojxona
organining mansabdor shaxsi ushbu tovarlarni hamda ularga tegishli hujjatlarni
vaqtincha saqlovga olish yuzasidan vaqtincha saqlash uchun qabul qilish va
topshirish dalolatnomasini tuzadi.
Mazkur tovarlarning saqlov muddati oltmish kalendar kundan, tez buziladigan
tovarlar esa o‘n kalendar kundan ortiq bo‘lmagan muddatni tashkil etadi.
Ko‘rsatilgan muddatlarda vaqtincha saqlovga topshirilgan tovarlar yuzasidan tegishli
tartibda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirilmaganda yoxud ularni talab
qilinmaganda, bojxona organining mansabdor shaxsi ushbu tovarlarni qonunchilikda
belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkazish choralarini ko‘radi.

Download 226.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling