Таълим жараёнида интерфаол методларни


Download 49.5 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi49.5 Kb.
#1022917
Bog'liq
Заковат ҳуқуқ саволлари

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Javob

8-sinf (A.A.Shakarova)


1. Bu tushuncha - ko‘pgina firmalarining yoniga yoziladigan jumlaning faqat 1 ta so‘ziga tegishli bo‘lib, murakkab ijtimoiy tuzilmadir. Muttasil o‘zgarib rivojlanib turadi. Inson ulg‘ayishi sari uni yanada chuqurroq o‘rganib boradi. Gap nima haqida ketmoqda?
Javob: Jamiyat. Izoh: Firmalar yoniga “mas’uliyati cheklangan jamiyat” iborasidagi jamiyat so‘zi.
2. Bu tushuncha uchun oila, uy, mamlakat, Vatan, mahalla, qo‘ni-qo‘shni, o‘quv dargohi, sinfdoshlar, kursdoshlar, ishxona, hamkasblar juda muhimdir. Ularni saqlash, e’zozlash va erishish - hayot mazmunidir. So‘ralayotgan darajaga etgan aql-idrok, bilim, zakovat, kuch-qudrat va hokazolarga ega bo‘ladi. Savol: Bu qanday tushuncha?
Javob: Shaxs.
3. Farobiyning ta’rifiga ko‘ra, bu insonparvarlikka, insoniy mehr-oqibatga uning eng oliy boylik ekanini payqab olishga, yaxshilashga asoslanishi kerak. Ko‘pgina kitoblarda insoniyatning ibtidoiy jamoa tuzumidan sivilizatsiya tomon burilishi deyiladi. Savol: Bu nima?
Javob: Davlat.
4. Bu tushunchaning tarjimasi xalq bilan bog‘liq. 2 ta turi bor. Biri ijobiy, ikkinchisi salbiy. Salbiy holati tarixda ko‘p kuzatilgan. Ikkinchi jahon urushi ham aynan shu salbiylik bilan bog‘lanadi. Ijobiy holatini hozirgi kunda tez-tez tilga olamiz. Savol: Bu nima?
Javob: Demokratiya - xalq hokimiyati.
1. Demokratiya. 2. Nodemokratiya.

9-sinf (N.N.Xo`jamova)


1. O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi va boshqalar dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Savol: Yana nimalar oliy qadriyat hisoblanadi?
Javob: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasi (sha’ni va qadr-qimmati).
2. Bu odamlar, moddiy ob’ektlar, hududlarni boshqarish, buyruq berish imkoniyati. U avtoritet, so‘z, xatti-harakat, shuningdek, majbur etish vositasida amalga oshiriladi. Savol: Bu nima?
Javob: Hokimiyat.
3. Bu joylardagi hokimiyat organlarining markaziy hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilab beruvchi siyosiy va hududiy jihatdan tashkil etilishini anglatadi. Uning bir turi Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya va O‘zbekiston davlatlariga xos bo‘lgan umumiy jihat hisoblanadi. Savol: Bu davlatlarni bog‘lab turuvchi umumiy tushunchani aniqlang.
Javob: Unitar davlat (Davlat tuzilishi)
4. Bu organlar sud tizimiga kirmaydi va suddan mustaqildir. Xatto sud qarori kuchga kirganidan keyin ham qamoqqa mahkum etilganlarning huquqlari ularni qamoqda saqlash joylarida buzilmasligi ustidan nazorat qiladi. Savol: Bu qaysi organ?
Javob: Prokuratura organlari.


10-sinf “Davlat va huquq asoslari” (A.H.Aliyeva)


1. Moddiy va madaniy boyliklarini bema’nilarcha yo‘q qilish, jamoat inshootlarini bulg‘ash, mol-mulkni ishdan chiqarish, va hokazolarni anglatuvchi atama nima?
Javob: Vandalizm.
2. Fuqarolik sudi ishlarida qatnashchilaridan qaysi biri o‘z xulosasini yozma ravishda taqdim etishi kerak, agar sud ekspertizani sifatsiz deb topsa, takror ekspertiza o‘tkazilishini tayinlash mumkin hisoblanadi?
Javob: Ekspert.
3. Fuqarolarning davlat va jamiyatning ishlarini boshqarishda ishtirok etishining amaliy shakllaridan biri, siyosiy faolligini namoyon etishi, o‘zlarining huquqlarini himoya qilishning muhim vositasi nima ekanligini ayting.
Javob: Vakolatli organlarn ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish.
4. - Harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash davrida;
- favquloddat holat sharoitlarda;
- sud hukmi kuchga kirishi asosida kabi bu 3 holat nimani anglatadi?
Javob: Mehnat kodeksiga muvofiq quyidagi hollarda ishlash majburiy hisoblanmaydi.





Download 49.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling