Ta’lim jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari


Download 399.42 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi399.42 Kb.
#1511557
1   2   3   4   5   6   7   8
4.Elektron darslik
Ta’lim resurslari ikki hil bo’ladi:

  1. Qog’oz variantidagi.

  2. Elektron

  3. Qog’oz variantidagi ta’lim resurslariga kitob, o’quv qo’llanma, risola, maqola, kurs ishi, diplom ishi, oquv uslubiy qo’llanmalar kiradi.

Elektron resurslariga esa ma’ruza, amaliy mashg’ulotlarning elektron versiyalari hamda elektron darsliklar va elektron o’quv qo’llanmalar kiradi. Elektron darslik fan dasturida keltirilgan mavzularni to’liq yoritib berishi va adabiyotlarga tayangan bo’lishi kerak. Elektron darslikning mavzusi, biror fanga bag’ishlangan bo’lishi va uning menyusi, yaratgan muallif haqida ma’lumot, elektron darslik annotatsiyasi, ko’rib chiqiladigan mavzular mazmuni va ularni yoritilishi ko’rsatiladi. Elektron ta’limning turli shakllari mavjud, kompyuter vositasida elektron darsliklar orqali mavzularni o’rganish, undan mustaqil ta’limda qo’llanilsa maqsadga muvofiqdir. Ikkinchidan, bu onlayn elektron darsliklardan foydalanish. Hozirgi kunda barcha oliy o’quv yurtlarida va talaba hamda o’qituvchilarning uylarida WiFi bo’lganligi uchun ta’lim jarayonida onlayn elektron darsliklardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Elektron vosita yaratish uchun avval materiallarni tanlab, mavzuni aniqlab, yozish va elektron resursni tayyorlash uchun muhit tanlanadi, masalan, bu hujjat yaratuvchi Word dasturi, taqdimot yaratuvchi Power Point dasturi yoki iSpring
Suite paketi dasturlari bo’lishi mumkin, ularda ham talabalarning bilimlarinin nazorat qilishga test dasturidan va taqdimot, kitob, catalog, savolnoma yarativchi dasturlari va bo’limlaridan foydalanishimiz mumkin bo’ladi.
CourseLab — bu Internet tizimida, masofaviy ta‘lim tizimlarida, kompakt disk yoki boshqa har qanday saqlash qurilmalarida ishlatish uchun mo’ljallangan interaktiv ta‘lim materiallari (elektron darsliklar) tayyorlash uchun mo’ljallangan kuchli va ishlatish oson bo’lgan dasturiy vositadir.

5.Bilimni baholash tizimlari
Ta’lim jarayonida talabalar bilimini nazorat qilishda, oraliq va yakuniy nazoratlarni o’tkazishda, tashkil qilishda vaqtni tejovchi, adolatli va haqqoniy testni o’tkazish vositasi-test olish hisoblanadi. Testlarni electron tarzda olish, kompyuter vositasida test dasturlari yordamida o’tkazish esa maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi kunda juda ko’p test dasturlari yaratilgan.Bu sohada horijiy ishlanmalar EuasyQuizy dasturi, Amerika dasturchilari orqali yaratilgan MyTest, Rossiya ham MyTest dasturi yaratilgan. iSpring Sute paketidagi iSpring QuizMaker dasturlari hammaga ma’lum.
Biz sizga Rossiya dasturchilari tomonidan yaratilgan MyTest dasturi haqida bayon etamiz. Bu test dasturi dasturlar paketidan iborat. MyTest dasturlar paketida dastur tuzish, uni ishlatish va on-line yoki internet tizimida ishlatish uchun uchta alohida dasturlar mavjud. Bularga: MyTestEditor.exe, MyTestStudent.exe, MyTestServer.exe dasturlari kiradi. MyTest dasturi ushbu uchta dasturlardan tashkil topgan. MyTestEditor.exe dasturi orqali testni kiritish va tahrir etish,savol va javoblarni kiritish, to‘g’ri javobni belgilash va testni saqlash mumkin. Bu dasturga kirib Bosh menyudan keying paneldan turtinchi piktogrammani bossak, test yozish uchun oyna faollashadi va testni kitishimiz mumkin. Topshiriq turini tanlanadi, Bir javobli testmi, ko’p javob variantli testmi va h.z. shuni belgilab, OK tugmasi bosiladi. Undan keyin ekranda test yaratish uchun yani uni kiritish uchun oyna hosil bo’ladi, savol va unga javoblar kiritish uchun alohida sohalar ajratilgan bo’ladi.
Yuqoridagi katta oynaga savol matni kiritiladi. Pastga raqamlar berilgan sohalarga test savolining javobi beriladi. Undan keyin esa pastda “Dobavit variant otveta” orqali savolga javob variantini ko’paytirish mumkin.Testni kiritamiz.
To‘g’ri javobni belgilaymiz, pastda”Soxranit zadanie” bo’limini bosamiz yoki bosh menyudan keying menyu satrdan 6-chi piktogrammani yani topshiriqni saqlash piktogrammasini bosamiz. Ekranning chap panelida birinchi savol belgisi paydo bo’ladi. Uni yana saqlab nushasiga ikkinchi savolni kiritish mumkin, uni ham saqlashga mos piktogramani bosib, ikkinchi savolni ham saqlaymiz. Shu tariqa 10ta, 20ta 100ta, 200ta test yaratib, dasturni ishlatamiz.

Download 399.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling