Ta’lim jarayonida o’quv faoliyati motivlari


Download 203.57 Kb.
Pdf ko'rish
Sana08.06.2023
Hajmi203.57 Kb.
#1463464
Bog'liq
ta-lim-jarayonida-o-quv-faoliyati-motivlari



Ta’lim jarayonida o’quv faoliyati motivlari
 
 
Zeboxon Mullajonovna Babanazarova 
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, 11-maktab 
Manzura Ergashevna Miralimova 
Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani, 10-maktab 
Annotatsiya: Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, har qanday faoliyat muayyan 
motivlar ta’sirida vujudga keladi va yetarli shart-sharoitlar yaratilgandagina ro‘yobga 
chiqadi. Shu bois ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish, malaka va ko‘nikmalarni 
egallash, umuman, biror narsani o‘rganish uchun o‘quvchilarda o‘quv motivlari 
mavjud bo‘lishi shart. Ushbu maqolada ta’lim jarayonida o‘quv faoliyati motivlari 
haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so’zlar: ta’lim, jarayon, psixologiya, shaxs, motiv. 
Motives for learning in the learning process 
Zeboxon Mullajonovna Babanazarova 
Syrdarya region, Boyovut district, School №11 
Manzura Ergashevna Miralimova 
Syrdarya region, Boyovut district, School №10 
Abstract: According to psychological data, any activity occurs under the 
influence of certain motives and occurs only when adequate conditions are created. 
Therefore, in order to acquire knowledge, acquire skills and abilities in the educational 
process, in general, students must have the motivation to learn something. This article 
discusses the motivations for learning in the learning process. 
Keywords: education, process, psychology, personality, motive. 
 
Asosiy qism 
Bilish motivlari shaxsning gnoseologik maqsad, ya’ni bilish maqsadini qaror 
toptirish bilim va ko‘nikmalarni egallash sari yo‘naltiriladi. Odatda, bunday turdosh va 
jinsdosh motivlar nazariy ma’iumotlarning ko‘rsatishicha, tashqi va ichki, degan 
atamalarni yuzaga keltiradi. 
Tashqi motivlar jazolash va taqdirlash, xavf-xatar va talab qilish, guruhiy tazyiq, 
ezgu niyat, orzu-istak kabi qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida vujudga keladi. Bularning 
barchasi bevosita o‘quv maqsadiga nisbatan tashqi omillar, sabablar bo‘lib hisoblanadi. 
Mazkur holatda bilim va malakalar o‘ta muhimroq bo‘lgan yetakchi maqsadlarni 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
715


arnalga oshirishni ta’minlash vazifasini bajaradi (yoqimsiz holat va kechinmalar yoki 
noxush, noqulay vaziyatdan qochish, ijtimoiy yoki shaxsiy muvaflaqiyatga erishish) 
va hokazo. Bu turdagi tashqi motivlar ta’siri bilan ta’lim jarayonida bilim va 
ko‘nikmaiarni egallashda qiyinchiliklar kelib chiqib, ular asosiy maqsadni amalga 
oshirishga to‘sqinlik qiladi. Masalan, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni o‘qish 
emas, balki o‘yin faoliyati ko‘proq qiziqtiradi. Mazkur vaziyatda o‘qituvchining ularni 
o‘qishga jalb qilish niyati o‘quvchilarning o‘yin maqsadi ushalishiga xalaqit berishi 
mumkin, lekin bunda izohtalab dalillar yetishmaydi. 
Motivlarning navbatdagi, ya’ni ichki motivlar turkumiga individual xususiyatli 
motivlar kiradiki, ular o‘quvchi shaxsida o‘qishga nisbatan individual maqsadni 
ro‘yobga chiqaruvchi qo‘zg‘alish negizida paydo boladi. Chunonchi, bilishga 
qiziqishning vujudga kelishi shaxsning ma’naviy darajasini oshirish uchun undagi 
intilishlarning yetilishidir. Bunga o‘xshash motivlarning ta’sirida o‘quv jarayonida 
nizoli, ziddiyatli holatlar yuzaga kelmaydi. Albatta, bunday toifaga taalluqli motivlar 
paydo bo‘lishiga qaramay, ba’zan qiyinchiliklar vujudga kelishi ehtimol, chunki 
bilimlarni o‘zlashtirish uchun irodaviy zo‘r berishga to‘g‘ri keladi. Bunday xossalarga 
ega irodaviy zo‘r berishlar tashqi xalaqit beruvchi qo‘zg‘atuvchilarning kuchi va 
imkoniyatini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Ushbu jarayonga pedagogik 
psixologiya nuqtayi nazaridan yondashilganda bunday to‘laqonli vaziyatni oqilona 
deyish mumkin. 
Ta’lim jarayonida bunday vaziyatlarni yaratish o‘qituvchining muhim vazifasi 
hisoblanib, lining faoliyati ichki anglangan motivlar, ya’ni o‘quvchilar xulq-atvorini 
shunchaki boshqarish bilan cheklanmasdan, balki ular shaxsini shakllantirishga, ularga 
maqsad qo‘ya olishga, qiziqish uyg‘otishga qaratilgan bo‘!adi. 
Aniq narsalar, hodisalar va xatti-harakatlar insonning faolligi muayyan manbalar 
bilan uzviy bog‘lanishga ega bo‘Isa va uyg‘unlashib borsa, faoliyat motivlari 
darajasiga o‘sib o‘tadi. Psixologiyada manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra, turkumlarga 
ajratib talqin qilinadi. 
A) Inson ehtiyojlari bilan belgilanuvchi ichki manbalar. Bunda organizmning 
tabiiy ehtiyojlarini namoyon qiluvchi tug‘ma xususiyatlar va jamoada shakllanuvchi 
ijtimoiy ehtiyojlarni vujudga keltiruvchi orttirma xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. 
Tug‘ma ehtiyojlar orasida o‘qishga aloqador bo‘lgan faollikka intilish ehtiyoji va 
axborot, ma’lumot, xabarlar olishga bo‘lgan ehtiyoji muhim o‘rin tutadi. 
Motivga genetik yondashilganda shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bolada 
tug‘ilgandan bevosita faollik ko‘rsatishga moyillik hukm suradi: u kuladi (noverbal - 
muomala shakli), qimirlaydi (fazoda o‘rin almashish), qo‘l va oyoqlarini 
harakatlantiradi (moslashish), o‘ynaydi (muhit - bola munosabati), gaplashadi 
(shaxslararo munosabatga kirishish), savollar beradi (dialogik muloqot va boshqalar). 
Bunga o‘xshash xatti-harakatlarning o‘zi ularni qoniqtiradi. Voqelikni, insonning 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
716


axborotlarga nisbatan ehtiyojini tajribalar orqali ko‘rsatish mumkin. Masalan, agar 
tekshiriluvchini ma’lum vaqtga tashqi olamdan ajratib qo‘yilsa, natijada lining 
irodasida, hissiyotida, intellcktida buzilish sodir bo‘lishi, zerikishi, irodaviy akt tizimi 
yo‘qolishi, fikr yuritish jarayoni parchalanishi, illuzion, gallutsional holatlar uchrashi 
mumkin. 
Ijtimoiy turmush sharoitida faollik va informatsion taqchillik odamlarni salbiy 
his-tuyg‘u va kechinmalarga olib keladi, faoliyat tuzilishi va uning dinamikasiga putur 
yetkazadi. Ijtimoiy turmushda shakllanuvchi ehtiyojlar orasida o‘quv faoliyatida 
muhim o‘rin tutuvchi va uni kuchaytiruvchi ijobiy xususiyatli sotsial va gnostik 
ehtiyojlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shaxsni kamol toptirish jarayonida bu ehtiyojlar 
alohida o‘rin tutadi. Bu turkumga bilimlarga ehtiyoj, jamiyatga foyda keltirishga 
intilish, umumbashariy yutuqlarga erishishga intilish kabilar kiritiladi. 
B) Inson hayoti va faoliyatining ijtimoiy sharoitlarida aniqlanuvchi tashqi 
manbalar. Bunday manbalarni talabchanlik, orzu (kutish) va imkoniyatlar tashkil 
qiladi. Jumladan, talabchanlik insonga faoliyat va xulq-atvorning muayyan turini 
hamda shaklini taqozo etadi. Mazkur holatni quyidagi mulohazalar yordamida izohlash 
mumkin: ota-ona boladan ovqatni qoshiqda yeyishni, stulda to‘g‘ri o‘tirishni, “rahmat” 
deyishni talab qilsa, maktab o‘quvchidan nia’lum belgilangan vaqtda darsga yetib 
kelishni, o‘qituvchilarga quloq solishni, berilgan vazifalarni bajarishni qat’iy 
belgilaydi. Jamiyat o‘z fuqarolariga xulq, fe’l-atvor orqali ma’lum axloqiy norma va 
qoidalarga rioya qilishni, shaxslararo muomalaga kirishish shakllarini egallashni 
hamda aniq vazifalarni bajarishga amal qilishni o‘rgatadi. 
Psixologiya fani atamalarining mohiyatida orzu yoki kutish jamiyatning shaxsga 
munosabatining ifodalanish mexanizmi yotadi. Etnopsixologik stereotiplarda 
uyg‘unlashgan xulq-atvor belgilari va faoliyatning shakllari o‘ziga xoslikka ega. 
Odatda, odamlar bir yoshli bola tik yurishi kerak deb hisoblaydilar va ular buni boladan 
kutganligi tufayli unga alohida munosabatda bo‘ladilar. Psixologiyada kutish talab 
tushunchasidan farqli o‘laroq, faoliyat yuzaga kelishi uchun umumiy muhit yaratadi. 
Imkoniyatlar to‘g‘risida fikr yuritadigan bo‘lsak, imkoniyat ma’lum faoliyatning 
kishilar irodasi bilan bog‘liq (iroda akti, sifati, prinsipi) obyektiv shart-sharoitlarni 
o‘zida aks ettiradi. Agarda odamlarning shaxsiy kutubxonasi boy bo‘lsa, ularning 
o‘qish imkoniyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Kishilarning xulq-atvori psixologik 
nuqtayi nazardan tahlil qilinganda, unga ko‘pincha ularning obyektiv imkoniyatlaridan 
kelib chiqib yondashiladi. Agarda bolaning qo‘liga tasodifan biologiya kitobi tushib 
qolsa, uning shu fanga qiziqishi ortishi kuzatiladi. 
C) Shaxsiy manbalar - odamlarning qiziqishlarini, intilishlarini, ustanovkalari va 
dunyoqarashlarini, jamiyat bilan munosabatini aks ettiradi. Inson faolligining manbayi 
- qadriyat orqali ifodalanib, shaxs statusida egallana boradi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
717


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. S. To‘ychiyeva. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya (o‘quv-metodik 
qo‘llanma). TDPU, – T.: – 2004. 
2. E. G‘oziyev. Psixologiya. Darslik. «O‘qituvchi» nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 
Toshkent. – 2008.
3. P.I. Ivanov, M.E. Zufarova. Umumiy psixologiya. Darslik. T – 2008. 
4. Z. Nishanova. Bolalar psixodiagnostikasi. TDPU nashriyoti. Toshkent – 1998. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
718

Download 203.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling