Ta`lim jarayonidagi innovatsion faoliyatda axborot texnologiyalaridan foydalanish salieva Olima Kamalovna Bux mti
Download 9.39 Kb.
|
Saliyeva - BuxMTI
TA`LIM JARAYONIDAGI INNOVATSION FAOLIYATDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Salieva Olima Kamalovna - Bux MTI Innovatsion faoliyat-pedagogning o`z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Innovatsiya - amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo`lib, ijtimoiy-madaniy ob`ekt sifatlarini yaxshilashga yo`naltirilgan ijtimoiy sub`ektlarning harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo`lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlar bo`lib hisoblanadi. Ular tashabbuslar va yangiliklar asosida tug'ilib, ta`lim mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli bo`ladi, shuningdek, umuman ta`lim tizimi rivojiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Innovatsiya-ma`lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni echish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo`llash, oldingidan ko`ra ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi ma`lum bo`lgan natijadir. Oliy ta`limda o`qitishning sifatini oshirish so`zsiz yangi o`qitish usullaridan qanday foydalanishga bog'liq bo`lmoqda. YAngi o`qitish usullarida talabalarning e`tiborini ta`lim jarayoniga jalb eta bilish muhim sanaladi. Bunda albatta talaba doimiy ravishda izlanish va xarakatda bo`lishi lozim, ya`ni berilgan ma`lumotlardan foydalanishi, qayta ishlashi va olgan bilimlarni aniq masalalar echishda qo`llashi lozim. Axborot texnologiyalarning qo`llanilishi o`qitishning barcha shakllarida (ma`ruza, amaliyot, laboratoriya va mustaqil ta`lim) tezlik bilan o`z samarasini beradi. Komp'yuter va dasturiy maxsulotlarning beqiyos darajada rivojlanishi axborot texnologiyani ta`limda qo`llashga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. O`quv materiallarini mul'timedia tizimlari ko`rinishida tayyorlash va ularni komp'yuter tarmoqlari va uzatish vositalari orqali ko`pchilikka taqdim etish mumkin. Komp'yuter texnologiyalarining ta`lim tizimiga keng joriy etilishi barcha turdagi o`qitish shakllarining o`quv materiallarini qaytadan ko`rib chiqishni talab etadi. Xar bir o`qitish shakliga mos ravishda mul'timediali elektron o`quv materiallari tayyorlash kerak bo`ladi. Faol o`qitish usullarining asosiy vazifalaridan biri – o`quv materiallarini mustaqil o`rganishga keng imkoniyatlar yaratishdir. O`quv materiallarining elektron shakli an`anaviy qog'oz shaklidan farqli ravishda o`rganishga qulay muqobil variantdir. elektron shakldagi o`quv materiallarining eng asosiy yutug'i – uning ixchamligi va tejamligidadir. elektron shakldagi axborotga barcha turdagi axborotlarni(matn, grafik, animatsiya) joylashtirish va ularga ishlov berish mumkin. Axborot texnologiyaning bunday yutuqlari multimediali o`qitish disklarini yaratish imkonini beradi. O`qituvchi uchun ham bunday elektron shakldagi o`quv materillari bilan ishlash qulay bo`lib, ularga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish hamda zamonaviy uzatish usullari orqali(tarmoq, server, elektron pochta, flesh-xotira va hk.) talabalarga taqdim etishi mumkin bo`ladi. Elektron axborotlarning yana bir muhim xizmati ularda vizual va chizmali materiallarni berish imkoniyatidir. Bunday interaktiv o`qitish usullarining yana bir yutug'i talaba o`rgangan bilimlarini o`z-o`zini tekshirish testlari orqali tekshirib olishidir. SHuning uchun xar bir fandan barcha o`quv materiallarini(darslik,o`quv qo`llanma, uslubiy qo`llanma, laboratoriya ishlari, nazorat savollari) elektron shaklda saqlash va nomlash talab etiladi. Komp'yuter texnologiyalarining ta`lim jarayonida qo`llanilishi ma`ruza darslarining xam shaklini o`zgartirishni talab etmoqda. Ma`ruzachi cheklangan hajmdagi vaqt oralig'ida belgilangan mavzu bo`yicha asosiy tushunchalarni o`rganishga yo`naltiruvchi ko`rsatma va izohlar beradi. Bunday sharoitda o`qitish sifati va samarasini oshirish uchun o`quv materialini vizuallashtirish muhim o`rin tutadi. Komp'yuterga ulangan sonli videoproektorlarning qo`llanilishi an`anaviy o`qitish usulidan axborotlarni elektron shaklda tasvirlash imkoniga ega yangi integrallashgan o`qitish usuliga o`tkazdi. Ma`ruza o`qituvchisi doska va mel o`rniga axborotlarni turlicha ko`rinishlarda tasvirlovchi juda katta imkoniyatga ega bo`lgan zamonaviy vositalarga ega bo`ldi. Talabalar berilayotgan materiallarning asosiy qisminigina konspekt qilib, ko`proq vaqtini tinglashga va savollar berishga sarflashi, o`quv materialini mustaqil o`rganishda adabiyotlar qidirishga ko`p vaqt sarflamasdan, elektron resurslardagi tayyor o`quv materiallardan o`rganishi mumkin bo`ladi. Tajribalar shuni ko`rsatmoqdaki, mul'timedia ma`ruzalarda o`quv materialining grafik, tasvir va animatsiyalar bilan keng qamrab olinishi o`qituvchiga mavzu bo`yicha ko`proq axborot berish va tushuntirish uchun chegaralangan vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi. Taqdim etilayotgan materiallarning vizualligi talabalarning esda saqlab qolish darajasini xam oshiradi. An`anaviy o`qitish usullarida guruxni faol ishlashga jalb etish va ularning o`zlashtirishini nazorat qilish hamma vaqt ham ko`ngildagidek bo`lavermaydi. O`quv materialining elektron shaklda bo`lishi, materialni(matnli, grafikli, ovozli, animatsion) komp'yuter ekranida ko`rish, o`rganish, o`zgartirish kiritish va yozib olib, yanada chuqurroq o`rganishga imkon beradi. Mavjud lokal tarmoq orqali topshiriqlarni ko`pchilik(korporativ) bo`lib echish va axborot almashish imkoniyatlari paydo bo`ladi. Komp'yuter sinfidagi komp'yuter va dasturiy vositalar talabalarga o`rganilayotgan mavzuga individual yondashish, o`z fikrini shakllantirish va faollikni oshirish imkonini beradi. O`qituvchi server komp'yuter orqali xar bir talabaning o`zlashtirish jarayoni va berilgan topshiriqlarning qanday bajarilganligini nazorat qilish va qayd etish imkoniyatiga ega bo`ladi. Yagona axborot gipermaydonidan birgalikda foydalanish amaliy bilimni olishda o`qituvchi va talaba o`rtasida ijodiy xamkorlikni ta`minlaydi. Bunday o`qitishni tashkil etishda o`qituvchidan elektron resurslarni yaratish dasturlari bo`yicha bilim va ko`nikmaga ega bo`lishlikni, hamda auditoriyada foydalanuvchi interfeysini ta`minlovchi texnik vositalarning bo`lishligi talab etiladi. Xulosa qilib aytganda elektron shaklda tayyorlangan o`quv materillari o`qitishning barcha shakllarida yuqori sifat va samarani kafolatlaydi. Adabiyotlar: 1.Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta`limda innovatsion texnologiyalar. -T, Iste`dod, 2008, 180 bet. Download 9.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling