Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi


Qўshinlarni jangda zarur harakatlarga ўrgatish


Download 47.08 Kb.
bet3/7
Sana11.05.2023
Hajmi47.08 Kb.
#1449909
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
“Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi”

Qўshinlarni jangda zarur harakatlarga ўrgatish printsipi.
Qўshinlarni jangda zarur harakatlarga ўrgatish printsipi askarlarning ta’limi jarayonini mamlakatimiz Mudofaa doktrinasi va harbiy fan kўrsatmalari asosida, harbiy nizomlar talablari asosida tashkil etishni kўzda tutadi.
Hozirgi zamon urushining xususiyatlaridan, turli mintaqalardagi, xususan mamlakatimiz hududiga qurolli tajovuz qilishga uringan terroristik guruhlar bilan bўlgan jangovar harakatlar tajribasidan kelib chiqib qўshinlarning tayyorgarligini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qўshinlarni jangda zarur harakatlarga ўrgatish printsipining asosiy talablari quyidagilardan iborat:
- harbiy xizmatchilarning hozirgi zamon urushi xususiyatlarini bilishi;
- shaxsiy tarkibning yuqori darajadagi texnik, taktik, ijtimoiy siyosiy va ruhiy tayyorgarligiga erishishini ta’minlash;
- jangovar tayyorgarlikni kuchaytirish;
- ўqish sharoitini jangovar sharoitga yaqinlashtirish;
- askarlarni tez, shiddatli harakat qilishga, nishonni birinchi otishdayoq mўljalga olishga, birinchi hujumdayoq alaba qozonishga ўrgatish;
- askarlarni jismoniy, ruhiy va oyaviy chiniqtirish va hokazo.


2. Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligi printsipi.
Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligi ularning ўz harbiy burchini chuqur anglab yetishlari va shu asosda kasbiy mutaxassisligini puxta egallashlariga asoslanadi. Bunda shaxsiy tarkibning bilim olishga intilishini, bilish faolligini rivojlantirish, amaliy malaka va kўnikmalarni egallashga qiziqishini oshirish muhim ahamiyatga egadir.
Mashulotlar jarayonida shaxsiy tarkib faolligini oshirishga quyidagi didaktik omillar sabab bўladi:
1. Ta’lim jarayonida yuqori natijalarni egallash uchun ijodiy kurash muhitini yaratishning muhim sharti sifatida harbiy mehnatni ilmiy asosda tashkil etish.
2. Askarlarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, aqliy va amaliy faoliyatining samarali usullarini egallashga kўmaklashish.
3. Berilayotgan ўquv materiali mazmunida doimo askar uchun yangilikning mavjud bўlishi.
Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligi printsipi ўqituvchilardan askarlar ўrganayotgan ўquv materialining maqsadi va vazifalarini, ularning amaliy ahamiyatini chuqur tushunib yetishlari va ongli ravishda egallashlari haqida doimo qayurib borishlarini talab qiladi. Bunda askarlarga turli hodisa, jarayonlarning mohiyatini tushuntiribgina qolmasdan, balki ular ўrtasidagi boliqlik va aloqadorlikni va ularning amaliy faoliyatda namoyon bўlishini ham tushuntirish muhim ahamiyatga egadir.
Ta’lim oluvchilarning ongliligi va faolligi printsipi quyidagi asosiy qoidalarga amal qilinishini taqozo etadi:
- mashulotlar davomida hal qilinayotgan vazifalarning mohiyatini tushuntirish, ўrganilayotgan ўquv materialining va uning amaliy ahamiyatining ta’lim oluvchilar tomonidan tushunilishiga erishish;
- askarlar tomonidan ўrganilayotgan ўquv materialining chuqur ўrganilishiga, idrok qilinishiga erishish;
- mashulotlarda va jangovar sharoitga yaqin mashqlarda ta’lim oluvchilar tomonidan vazifalarning mustaqil hal etilishiga erishish;
- tashabbus kўrsatish, vazifaga ijodiy yondashish uchun sharoit yaratish;
- askarlarni ўz-ўzini nazorat qilish va ўz-ўziga baho berishga ўrgatish;
- mashulot va mashqlar davomida ta’lim oluvchilarni musataqil ravishda yechimini topishga ўrgatish maqsadida ularning oldida muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish.

Download 47.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling