Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi
Ta’limda kўrgazmalilik printsipi
Download 47.08 Kb.
|
“Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi”
Ta’limda kўrgazmalilik printsipi.
Ta’limda kўrgazmalilik printsipi insonning atrof muhitni, hodisa va jarayonlarni sezgi organlari orqali idrok qilishiga asoslanadi va ta’lim jarayonida ўqituvchining sўzlari bilan jonli qabul qilishi ўrtasidagi aloqadorlikni kўzda tutadi. SHaxsiy tarkibga ta’lim berish jarayonida kўrgazmalilik keng qўllaniladi va turli sharoitlarda turlicha rolь ўynaydi. Masalan, yangi ўquv materialini ўrganish vaqtida kўrgazmalilik vositalari sezgi va idrok manbai sifatida xizmat qiladi; materialni takrorlash vaqtida ilgari ўrganilganlarning xotirada namoyon bўlishiga, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yordam beradi. Amaliy mashulotlar davomida esa kўrgazmalilik vositalari zarur kўnikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Har qaysi holda ham ular bilimlarni egallash jarayonini yengillatadi, ta’limga nisbatan qiziqishni oshiradi. Harbiy ta’lim jarayonida kўrgazmalilikning quyidagi turlaridan keng foydalaniladi: a) tabiiy kўrgazmalilik: - haqiqiy jangovar va ўquv qurollari (shu jumladan ularning ayrim qismlarining kesmalari); - harbiy texnika (masalan, avtomobilь, tank, BTR, BMP, ularning dvigateli, ba’zi bir mexanizm va qismlarining qirqmalari va boshqalar); - ўquv maydonlari, tankodrom, poligon, u yerdagi turli jihozlar va boshqalar; - turli moslamalar (masalan, texnika vositalarini ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur stanok, uskunalar) va boshqalar; b) tasviriy kўrgazmalilik: - hajmli kўrgazmali qurollar: texnika ob’ektlarining modellari, maketlari, stendlar, sxemalar va boshqalar; - ekranli vositalar: kino-, dia-, videofilьmlar, diapozitivlar, slaydlar, kompьyuter yordamida tushiriladigan tasvirlar; - grafik (chizma) kўrgazmali qurollar: plakatlar, sxemalar, chizmalar, jadvallar, diagrammalar, kompьyuter grafikasi va boshqalar; v) ovozli kўrgazma vositalari: – magnitofon yozuvlari, radiopriyomniklardan foydalanish; - ovoz immitatorlari va boshqalar; g) amalda kўrsatish: - ta’lim beruvchi tomonidan ma’lum bir usul va harakatlarning shaxsan kўrsatilishi; - bўlinma, ekipaj, jangovar hisoblarning harakatini kўrsatish va boshqalar. Download 47.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling