Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi
Ta’limda tizimlilik, ketma-ketlik va izchillik printsipi
Download 47.08 Kb.
|
“Ta’lim jarayoning mohiyati, mazmuni va umumiy tavsifi”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’limning tushunarliligi printsipi.
3.Ta’limda tizimlilik, ketma-ketlik va izchillik printsipi.
Tajribalar shuni kўrsatadiki, bilim, kўnikma va malakalar faqat ma’lum bir fan doirasida mukammal bўlib qolmay, balki mutaxassislikdan kelib chiqqan holda barcha fanlar bilan yagona kompleks tashkil qilgan tarzda chuqur va izchil egallangan holdagina harbiy xizmatchi ўz kasbining mohir ustasi sifatida ўz xizmat vazifalarini bajara olishi mumkin. Ta’limda tizimlilik, ketma-ketlik va izchillik printsipi ўquv materialini aniq ketma-ketlik va mantiqiy tartib asosida, har bir ўquv fanini boshqa fanlar bilan boliq ravishda berishni, ta’lim oluvchilarning ўquv mehnati ustidan doimiy rahbarlik va amxўrlik qilishni, butun ta’lim-tarbiya jarayonining aniq belgilangan tizim asosida olib borilishini kўzda tutadi. Bu printsip talablariga muvofiq qўshinlarning kasbiy, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi dasturlari va rejalari ishlab chiqiladi. Ta’limda tizimlilik, ketma-ketlik va izchillik printsipi harbiy mutaxassislarni tayyorlash jarayonida berilayotgan yangi ўquv materialining ilgari egallaganlariga tayanishini, ulardan kelib chiqishi, shu bilan birga ularni kengaytirishi va chuqurlashtirishini talab qiladi. Buning uchun mashulot rahbari nafaqat ўtayotgan mavzusining mazmunini, balki keyingilarini ham yaxshi bilishi zarur va shu asosda bўlajak mashulotlarni rejalashtirib borishi va yangi bilimlar uchun zamin yaratib borishi lozim. Ta’limda tizimlilik, ketma-ketlik va izchillik printsipi quyidagi asosiy talablarga rioya qilishni kўzda tutadi: - ўquv materialini aniq ketma-ketlik va mantiqiy tartib asosida berish; - ta’lim oluvchilarning ўquv mehnati ustidan doimiy rahbarlik va amxўrlik qilish; - jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlikni tўri rejalashtirish; - yangi ўquv materialining avvalgisiga tayanishi va hokazo. Ta’limning tushunarliligi printsipi. Ta’limning tushunarliligi printsipi ta’lim oluvchilar tomonidan bilim, kўnikma va malakalarning ongli ravishda, mazmunini anglagan va ularning ўz xizmat faoliyatlari va hayoti davomida kerakliligini tushungan holda egallanishini kўzda tutadi. Ta’limning tushunarliligi printsipini amalga tadbiq etishda ta’lim beruvchi bir qator pedagogik qoidalarga rioya qilishi lozim. Bulardan asosiylari quyidagilar sanaladi: - ta’lim oluvchilar tomonidan bilim, kўnikma va malakalarning ongli ravishda egallanishiga va bunda ma’lum miqdorda aqliy va jismoniy zўriqishga erishish; - har bir askarning shaxsiy xususiyatlarini, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini, tayyorgarlik darajasini hisobga olish; - ma’lumdan noma’lumga, yengildan oirga, osondan qiyinga, oddiydan murakkabga qoidasiga amal qilish. Download 47.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling