Ta’lim jarayonining mohiyati reja


Download 0.63 Mb.
bet1/6
Sana28.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1070931
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pedagokika

TA’LIM JARAYONINING MOHIYATI

Reja

1. “Didaktika” tushunchasining mohiyati. Didaktika – pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsadi va vazifalari didaktikaning asosiy tushunchalari. Didaktik nazariyalar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim paradigmalari. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.

2. Ta’lim jarayoni mohiyati. Ta’lim jarayonining qonuniyatlari. Ta’lim jarayonining prinsiplari.

3. Ta’lim mazmunini. Ta’lim mazmunini shakllantirish prinsiplari. Ta’lim mazmunida milliy va jahon tajribalarini muvofiqlashtirish.

4. Davlat ta’lim standartlari. Umumiy o‘rta davlat ta’lim standarti. O‘rta maxsus davlat ta’lim standarti. Professional ta’lim davlat ta’lim standarti. O‘quv reja, o‘quv dastur va darsliklar tavsifi.

  • “Didaktika” tushunchasining mohiyati. Didaktika – pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsadi va vazifalari Didaktikaning asosiy tushunchalari. Didaktik nazariyalar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim paradigmalari. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
  • Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so’zdan olingan bo’lib, «didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi.

Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.

  • Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.

Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi.
«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan.

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling