Ta’lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi


Download 45.71 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi45.71 Kb.
#1534703
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ta‘lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi

Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi.


  • Amaliy yondashuv. SHaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo‘naltirish; o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo‘yadi.


  • Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi sub’ektlarning psixologik birligi va o‘zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi.


  • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, sub’ektlar munosabatida o‘qituvchi va o‘quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko‘zda tutadi.


  • Muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida o‘quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob’ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo‘llash ta’minlanadi.
  • Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, ya’ni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish.


  • O‘qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o‘rgatuvchi o‘yinlar, “aqliy hujum”, insert, “Birgalikda o‘rganamiz”, pinbord, ma’ruza ( kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, ma’ruza-qonferensiya, aniq holatlarni echish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy).


  • O‘qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o‘zaro hamkorlikka asoslangan.


  • O‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari



    O‘zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o‘qitishning diagnostikasi (tashhisi).
    • Boshqarishning usuli va vositalari. O‘quv mashg‘ulotini texnologik karta ko‘rinishida rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.


    • Monitoring va baholash. O‘quv mashg‘uloti va butun kurs davomida o‘qitish natijalarini kuzatib borish, o‘quvchi faoliyatini har bir mashg‘ulot va yil davomida reyting asosida baholash.


    S.L.Rubinshteyn va A.V.Brushlinskiylar Vigotskiyni muayyan darajada tanqid qildilar. Ularning ta’kidlashicha, L.S.Vigotskiy nazariyasida, taraqqiyotning “aktual” darajasi va “taraqqiyotning yaqin zonasi”, ya’ni bolaning nimanidir mustaqil bajarish ko‘nikmasi va uning “hamkorlikda bajarish” malakasi bir-biriga qarama-qarshidir. Demak, birinchi holda ikkinchisi umuman inkor etiladi. Tafakkurning ichki qonuniyatlarini tushunish uchun bir-biriga zid bo‘lgan ikki yo‘l etarli emas.Rus psixologlari ilmiy tadqiqotlarini to‘rt yo‘nalishga ajratish mumkin, chunki ularning har birida ta’lim va tafakkur tabiati mualliflarning dastlabki nazariy yondashuvlariga bog‘liqligi tufayli tafakkur mustaqilligiga turlicha ahamiyat berilgan.Birinchi yo‘nalishni N.A.Menchinskaya rahbarligida amalga oshirilgan tadqiqotlar tashkil qiladi. Ular tafakkur faoliyatini uch tomondan o‘rganadilar: birinchidan, tafakkur faoliyatining mahsulotlari, ya’ni o‘quvchilar egallaydigan bilimlar, tushunchalar tadqiq qilinadi. Ikkinchidan, o‘quvchining tafakkur jarayonlari, uchinchidan, o‘quvchida shakllangan va bilimlarni egallash jarayoniga ta’sir qiladigan tafakkur faoliyatining xususiyatlari kabilar. Ushbu muammoni ishlab chiqishda o‘quvchi shaxsiy fikrlash jarayonlarini boshqaruvchi va tartibga soluvchi ta’limning ob’ektigina emas, balki sub’ekti bo‘lib ham ko‘zga tashlanadi. Mualliflar voqelik bilan bog‘liq holda o‘quvchilarda tafakkur faoliyatining mahsuldor usullari yoki yo‘llarini shakllantirish muammosiga alohida e’tibor berdilar. Mualliflar tafakkur bilan amaliy harakatlarning o‘zaro munosabatlari turli shakllarga ega ekanligiga ahamiyat qaratadilar: N.A.Menchinskayaning ta’kidlashicha, ijodiy va oqilona fikr yuritish malakasini shakllantirishning mahsuldor usulini o‘rganish uchun keng yo‘l ochildi. Ma’lumki, bu muammoni D.N.Bogoyavlenskiy, E.N.Kabanova - Meller, S.F.Juykov va boshqa mualliflar tadqiq etganlar.Ikkinchi yo‘nalish P.YA.Galperin va uning shogirdlarining aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasida ifodalangan. Bu guruh olimlarining fikricha, alohida olingan fikr psixik hodisa sifatida “...ichki aqliy rejaga o‘tkazilgan, keyinchalik ichki nutqqa aylangan predmetli harakatdir”3.P.YA. Galperinning ta’kidlashicha, harakatni dastlabki bajarish tafakkurning alohida aktini tashkil qiladi. Muallif orientirlashning 3 xil asosga ajratadi. I tip orientirovka harakati orientirlash asosining to‘liq emasligi bilan tavsiflanadi. II tip orientirovkada to‘liq orientirlash asosida harakatning tuzilishi yuzaga keladi. III tip - materialning asosiy birliklari va ularning birikuv qonunlariga orientirlash, asosan aniq ob’ektlar uchun harakatning orientirlash asosini mustaqil tuzish metodlari aniqlanadi. SHunday qilib, bu nazariyaga ko‘ra, tafakkurning haqiqiy mustaqilligi orientirlash asosining har 3 tipida namoyon bo‘lishi mumkin.



    Download 45.71 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling