Taʼlim jarayonining qonuniyatlari va tamoyillari. Reja: Ta‘lim qonuniyatlari haqida umumiy tushuncha
Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi
Download 57.5 Kb.
|
TAʼLIM JARAYONINING QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi.
- Ta‘limda bilimlarni puxta va mustahkam o’zlashtirish qoidasi.
Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi.
Ushbu qoida o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qullash usullarini ongli va faol egallab olishadi. Ularda ijodiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik, tafakkur, nutq madaniyati va ilmiy dunyoqarash, e‘tiqod tarkib topadi. O’qitish jarayonida onglilik va faollik qoidasi o’quvchilarda tafakkur va nutqni rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta‘lim jarayonida o’quvchilar faolligi, avvalo ularning aqliy faoliyati – tafakkur qilish faoliyatidir. Shunga ko’ra, ta‘limni ongli o’zlashtirish qoidasi, bir tomondan, o’quvchilarning mustaqil, faol fikrlashlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan, aynan shu jarayon davomida o’quvchilarning mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, rivojlantirib borishni nazarda tutadi. Onglilik va faollik qoidasi o’quvchilarni mehnat va o’qitishda ijodiy faoliyat usullariga o’rgatishni talab etadi. Ta‘limda ko’rsatmalilik qoidasi. Bu qoida didaktik qoidalardan biri bo’lib, u o’qitish jarayonining sifatini orttiradi, o’quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Ko’rsatmalilik printsipi idrok etishni osonlashtirishi va nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog’lash imkonini beradi. Bu qoida o’qitish jarayonida ko’rish, eshitish, hid bilish, ta‘m-maza bilish, teri, muskul-harakat kabi sezgi organlarining bir yo’la ob‘ekt ustida safarbar qilishini talab etadi, shuningdek o’rganilayotgan hodisalarga qiziqishni oshiradi, bilimlarni puxtaroq egallashga yordam beradi. Ta‘limda bilimlarni puxta va mustahkam o’zlashtirish qoidasi. Ta‘limning puxta o’zlashtirish qoidasi o’quvchi-talabalar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda olgan bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Shunday ekan, puxta o’zlashtirishning xarakterli belgisi ta‘limni mustahkam esda saqlab qolishdir. Avvalo, bu qoida o’quvchilarning xotira faoliyatini, ya‘ni o’quv materiallarini esda qoldirish, esda saqlash va qayta esga tushirish kabi xotira jarayoni faoliyatiga bog’liqdir. O’quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan mavzu mazmunini tizimli va ongli o’zlashtirilishiga bog’liq. Shunday qilib, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda puxta va mustakamligiga hamma o’qitish qoidalari: tushunarlilik, tizimlilik, va izchillik, nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi, ko’rsatmalilik kabi qoidalarni amalga oshirish bilan erishiladi. Puxta o’zlashtirishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan takrorlash va mashq qildirishga bog’liqdir. Download 57.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling