Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish. Raximov Jahongir
Download 17.72 Kb.
|
Ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini
Al-Xorazmiy birinchi bо‘lib qator algebraik tenglamalarni yechdi, birinchi bо‘lib sonlar qatoriga yangi “nol” sonini kiritdi, bu sonlar nazariyasini kengaytirdi va manfiy sonlarga о‘tish imkonini berdi. Shu muvaffaqiyatlari uchun matematikaning yangi bо‘limi al-Xorazmiy sharafiga “algebra” deb atalgan. Al-Xorazmiyning mashhur “Kitob al-jabr van-muqobala” (Tiklash va qarama-qarshi qо‘yish haqidagi kitobi) da algebra ilk bor matematikaning mustaqil sohasi sifatida qaraladi. Zamonaviy kibernetikaning asosiy tushunchasi, uning zaruriy asoslaridan biri “algoritm” etimologik jihatdan al-Xorazmiyning ismi bilan bog‘liq. Urganchda о‘ziga xos akademiya – “Bilimdonlar uyi” tashkil qilingan edi, unda astronomiya, falsafa, matematika, tibbiyot bо‘yicha tadqiqotlar о‘tkazilgan. Lekin bu holat Urganchda 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni istilo qilgunicha saqlanib qoldi.Madrasada diniy fanlar bilan bir qatorda matematika, geometriya, astronomiya, tibbiyot, geografiya va boshqa dunyoviy ilmlar о‘qitilgan. Ulug‘bekning akademiyasida mashhur olimlar – Qozizoda Rumiy,G‘iyosiddin Jamshid al-Koshiy va Ali Qushchi dars bergan, о‘tkaziladigan tadqiqot sohalari ham ularning yо‘nalishlariga mos bо‘lgan. Samarqanddagi Ulug‘bek akademiyasi matematika, astronomiya va geografiya fanlarining yuksalishiga salmoqli hissa qо‘shdi.Madaniyat — umuminsoniy hodisa. U barchaga baravardir. Masalan, maqomlar, adabiyot, me’morchilik durdonalari, fan-texnika yutuqlari, transport va aloqa vositalari va boshqalar barchaga tegishlidir. Ammo, bu madaniyatning milliy shakli bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunki u qanchalik umuminsoniy bo‘lmasin, baribir uning zaminlari milliylikka borib taqaladi. Umuminsoniyat mulkiga aylangan har qanday madaniyat ham u yoki bu millat tomonidan yaratiladi, u madaniyatga o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini singdiradiMasalan, umuminsoniyat mulkiga aylangan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi hunarmandchilik va arxitektura durdonalari, eng avvalo o‘zbeklarniki, ular o‘zbeklarning avlod-ajdodlari o‘zlariga xos milliy jilo berganlar. O‘zbekona bunday san’at asarlari dunyoning boshqa xalqlarida uchramaydi. Xuddi ana shu xususiyati bilan ular milliy hisoblanadi. Shuning bilan ana shu san’at asarlari o‘zining takrorlanmas qiymati, yuksakligi va butun insoniyatning ma’naviy bahra olishigaxizmat qilish darajasi bilan umuminsoniyat mulkiga aylangandir.Download 17.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling