Ta’lim mazmuni. Reja
Mutaxassislik bo’yicha umumiy o’rta ta’lim DTSni o’rganib, fan bo’yicha kalendar reja tuzishni mashq qilish
Download 320.02 Kb.
|
5-seminar
2. Mutaxassislik bo’yicha umumiy o’rta ta’lim DTSni o’rganib, fan bo’yicha kalendar reja tuzishni mashq qilish. Dastlab “Ta’lim to’g`risida”gi Qonunning 7-moddasidagi «Davlat ta’lim standartlari» o’rganiladi. Unga ko’ra DTS umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
So’ngra 1999 yil o’rta umumta’limning barcha sohalari bo’yicha davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilganligi, keyinchalik unga ayrim qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritilganligi gapirib o’tiladi. Talabalar o’z mutaxassislik fani bo’yicha davlat ta’lim standartini, shu fan bo’yicha belgilangan haftalik va yillik soatlar mavzularini ko’rib chiqishadi. Shu fan bo’yicha o’zlashtirishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar va egallashi lozim bo’lgan ko’nikmalar haqida ham bilib olishlari lozim. Standart va o’quv reja asosida talabalar o’z sohasining biror sinfi misolida kalendar-tematik reja tuzishni mashq qilishadi. Bunda maktab o’qituvchilari rejalaridan ham namuna sifatida foydalanishlari mumkin. Pedagogik mashq Maktab tarbiyasida darsning ba’zi jihatlarini baholang. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarda matematika fanidan ilk ma’lumotni quyidagi mazmunda amalga oshirdi. Aziz o’quvchilar biz nima uchun matematikani o’rganamiz? Matematikasiz hayotni tasavvur qilish mumkinmi? Matematika bizning hayotimizda qo’llanadimi? kabi savollar bilan o’quvchilarga murojaat qildi. O’qituvchi matematika darsida matematika fani haqida o’quvchilardan ilk matematik tasavvur, tushuncha va bilimlarni tarkib toptirdi. Masalan, matematika fani 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10 shakldagi sonlarsiz o’rganib bo’lmaydi. O’qituvchi kirish suhbatida shu sonlarning nomini, aytilishi, shaklini bilmay va yozishda qo’llanmasdan hamda amaliy hayotga tadbiq qilmay turib inson hayotini qurish mumkin emasligiga kichik o’quvchilarni ishontirdi. Shuning uchun biz o’quvchilar hozirdanoq matematik sonlarning aytilishi, yozilish shakli va ularning bir-biri bilan qo’shilishi hamda hosil bo’ladigan sonlarni ilmiy bilishimiz shart. Chunki har birimiz bajaradigan ishimizning natijalarini sonlar vositasida hisoblab aniqlaymiz. Shuning uchun matematik sonlarni ongli, mustaqil ravishda o’zlashtirishimiz darkor. Buning uchun matematik sonlarni uzluksiz, izchil, tizimli, ketma-ket o’rganishimiz kerak. Agar matematik sonlarni mustaqil o’rganmasak o’zimiz bajargan ishlarning foydali bo’lganligini aniqlay olmaymiz. Ya’ni, o’z ishimizni, hayotimizni reja asosida qura olmaymiz. Sonlarni ilmiy bilish, ularni to’g’ri aytish, yozish va hisoblashni bilishni hayotning o’zi toqazo etadi. Biz sonlar bilan muomila qilish ko’nikmasiga ega bo’lishimiz kerak. Misol uchun vaqt qancha bo’lganligini, ishni qancha vaqtda bajarish kabilarini bilishimiz kerak va h.k. Download 320.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling