Ta’lim menejment kafedrasi
Boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi prinsipi
Download 77.48 Kb.
|
Gulyorga tayyor
Boshqarishda ma’lumotlarni to‘liqligi va haqqoniyligi prinsipi.
Ta’lim tizimini boshqarish samaradorligi axborotlarning qanchalik aniq va to‘liqligiga ham bog‘liq. Agar axborotlar aniq bo‘lib, to‘liq yig‘ilsa-da, biroq ular haddan ziyod ko‘p bo‘lsa ham qaror qabul qilishda yanglishishga olib keladi. Ko‘p holatlarda ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi. Biroq ularning qiziqishlari, xulq-atvorlari, shaxs sifatida shakllanayotganliklarga e’tibor berilmaydi. Xuddi shu sababli, tarbiya jarayonida o‘quvchilar xulqida ko‘plab og‘ishlar kuzatiladi. Pedagogik tizimni boshqarish aniq metodlar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruv metodlari - bu ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lidir. Ular quyidagicha tavsiflanadi: Boshqaruv obyektiga ko‘ra (Respublika miqyosida, hudud miqyosida); Boshqaruv subyektiga ko‘ra (administrativ, xo‘jalik); Maqsadiga ko‘ra (strategik, taktik, operativ); Ta’sir mexanizmiga ko‘ra (ijtmoiy-siyosiy, tashkiliy-pedagogik); Boshqaruv stiliga ko‘ra(avtoritar, demokratik, liberal); Boshqaruv vaqtiga ko‘ra (istiqbolli, uzoq manzilli, joriy). Boshqaruv shakllari turli tuzilish va yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin. Bularga: instruktiv-uslubiy va nazariy seminarlar, o‘quvchilar jamoasi majlisi, pedagogik kengashlar, maktab konferensiyalari, pedagogik o‘qishlar v.b. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risdagi qonunining 10- moddasiga muvofiq Respublika ta’lim tizimi davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek, ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar kabi subyektlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim tizimini maqsadi insonni ta’lim olish huquqini ta’minlash. Ushbu tizim faoliyatining samaradorligi mezoni bu fuqarolarni ta’lim olganlik va tarbiyalaganlik darajasi hisoblanadi. Download 77.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling