Ta’lim muassasalarida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishning tashkiliy – pedagogik asoslari
Download 43.14 Kb.
|
Taâlim muassasalarida ommaviy sport tadbirlarini tashkil etishni-fayllar.org
Jismoniy tarbiya tadbirlari. Maktab o‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash
bo‘yicha ish shakllari quyidagilar: Jismoniy tarbiya darslari; o‘quv kuni tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari: ertalabki badan tarbiya, darsda jismoniy madaniyat daqiqalari, tanaffusdagi harakatli o‘yinlar; jismoniy tayyorgarlik va sport to‘garaklari, mashg‘ulotlari, sport musobaqalari va bayramlari, sayyohlik yurishlari va turizm, oilada va yashash joylarida jismoniy tarbiya tadbirlarini shug‘ullanish. Maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash ishining asosiy shakli o‘qituvchi tomonidan davlat Jismoniy tarbiya dasturiga binoan, maktab o‘quv rejasi va qat’iy jadval bo‘yicha o‘tkaziladigan jismoniy tarbiya darslaridir. Jismoniy tarbiya darslari va mashg‘ulotlari sog‘ligi tekshirilib ruxsat etilgan hamma o‘quvchilar uchun majburiydir. O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashda maktab o‘quv kuni tartibidagi jismoniy madaniyat tadbirlari muhim rol o‘ynaydi. Ulardan asosiylari quyidagilar: ertalabki badan tarbiya, dars vaqtida o‘quvchilarni toliqishdan saqlash uchun o‘tkaziladigan jismoniy madaniyat daqiqalari va tanaffuslarni harakatli o‘yinlar bilan uyushgan holda o‘tkazish. YUqoridagi tadbirlarning 59
barchasi o‘quv kuni davomida jismoniy tarbiyaning muayyan vazifalarini hal etishga, o‘quvchilarni o‘quv mashg‘ulotlari jarayonidagi aqliy faoliyatiga tayyorlashga qaratilgandir. O‘quv kun tartibi davomida o‘tkaziladigan jismoniy tarbiyani tashkil etish shakllari bilan bir qatorda, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar ham muhim o‘rin tutadi. Jismoniy tarbiyaga oid sinfdan tashqari ishlar maktablardagi jismoniy tarbiya o‘quv ishlarini chuqurlashtirish va kengaytirishga yordam beradi. Bu ish jismoniy tayyorgarlik va sport to‘garaklarida, bolalar guruhlarida ekskursiya va sayyohlik yurishlar, o‘yinlar, sayrlar shaklida sport ko‘ngil ochishlari, musobaqalar, jismoniy madaniyat marosimlari va bayramlarini uyushtirish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘quvchilarning yashash joylari va oilada jismoniy tayyorgarlikni ta’minlash uchun ota-ona va kattalar rahbarligida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini, o‘yin va musobaqalar bellashuvlar, hamda foydali mehnat bilan shug‘ullanishini tashkil etiladi. Maktabda jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etish. Maktabdagi hamma xodimlar o‘quvchilarni jismoniy tarbiyalashni tashkil etishning maqsadi, vazifalari, mazmuni va shakllarini to‘g‘ri tushunishlari, amaliy ishlarda o‘z faoliyatlari asosida qatnashishlari, o‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida jismoniy madaniyat va sportni faol targ‘ib qilishlari lozim. Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari quyidagi vazifalarni bajarishlari shart: dars yuksak darajada o‘tishini ta’minlash va tegishli sinf jismoniy tarbiya dasturini to‘liq bajarish; shifokor bilan birgalikda o‘quvchilarni tibbiy tekshiruvidan o‘z vaqtida o‘tkazib borish va o‘z ishlarida tibbiy tekshiruvi natijalarini hisobga olish; dars o‘tkaziladigan joylarning tegishli sanitariya-gigiena holatida saqlanishini ta’minlash; bolalarning hammasi jismoniy mashqlar bilan qulay kiyimlarda shug‘ulanishlarga erishish; jismoniy tarbiya bo‘yicha sinfdan tashqari ishlarni uyushtirish va o‘tkazishda ishtirok etish hamda unga o‘quvchilarni keng jalb qilish; bolalarni jismoniy tarbiyalashning ahamiyati haqida ota-onalar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borish; bolalarni jismoniy 60
tarbiyalash sohasidagi bilimlarini muntazam oshirib borish; o‘quvchilarni jismoniy madaniyatga qiziqtirish va ularda jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish odatlarni shakllantirish. O‘qituvchilar o‘z malakalarini oshirib borish uchun tajriba almashadilar, bir-birlarining darslarini tahlil etishni tashkil etadilar. Maktabda jismoniy tarbiya va sport tadbirlarini tashkil etishda asosiy vazifalarni jismoniy madaniyat jamoasi amalga oshiradi. Jismoniy madaniyat jamoasiga maktab direktori rahbarlik qiladi. Shuningdek u va direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari maktabdagi barcha jismoniy tarbiya va spor tadbirlarini boshqaradi. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilarni harakatlarga o‘rgatish va jismoniy mashqlar texnikasini egallashda ta’lim uslublari yordamida ta’lim bosqichlari vazifalarni hal etadilar. Maktabda jismoniy mashqlarga o‘rgatish jarayoni ta’lim tamoyillari va uslublarini to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq. Jismoniy tarbiyada ta’lim jarayoni o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sportga oid maxsus bilimlar bilan qurollantirish hamda jismoniy mashqlar va harakatlar texnikasi, malaka va ko‘nikmasini hosil qilish vazifalarini hal etadi. Jismoniy tarbiyada shuni ko‘rish mumkinki, mashqlarni ko‘p marotaba har xil talablar asosida takrorlash va mustahkamlash jismoniy mashqlar texnikasi bajarishda hech bir qiyinchilik bo‘lmasligini ta’minlaydi. Bu bilan harakat malaka va ko‘nikmalari takomillashib boradi. Jismoniy tarbiya jarayonida faqatgina jismoniy fazilatlar emas balki ahloqiy sifatlar jamoatchilik, do‘stlik, botirlik, qat’iylik, hamkorlik, vatanparvarlik hislatlari ham tarbiyalanib boradi. SHuningdek o‘quvchilarni tartib intizomga rioya qilish tashabbuskorlik va faollilik kabi sifatlar ham shakllanadi. Download 43.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling