Ta’lim mazmunini unifikatsiyalash va tabaqalashtirish tamoyili-ta’lim mazmunini unifikatsiyalash va tabaqalashtirish, birinchidan, ma’lum bir yo’nalish bo’yicha mutaxassis tayyorlanayotganda uni bir necha tur modifikatsiyani (xillarini) tayyorlash imkonini beruvchi unifikatsiyalashgan o’quv rejalarini tizimni ko’zda tutsa, ikkinchidan, umumtexnik va umum pedagogik
hamda maxsus predmetlar mazmunini tabaqalashtirish, ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishi an’analarini hisobga oladi;
Ta’lim-tarbiya tizimi va uzviylik tamoyili - bu ta’lim- tarbiyada qat’iy mantiqiy izchillikka rioya qilish kerak bo’lgan jarayondan iborat bo’lib, bunda o’rganilgan bilimlar va shakllangan tasavvurlar oldingi o’rganilganlardan kelib chiqadi, ularni mustahkamlaydi, chuqurlashtiradi va keyingi ta’lim-tarbiyaviy jarayonga zamin hozirlanadi. Mazkur tamoyil o’qish jarayonida didaktikaning umumiylikdan xususiylikka (deduktsiya) va aksincha xususiylikdan umumiylikka (induktsiya) qoidasini va o’quv fanlarining bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lishini ta’minlaydi;
Ta’lim-tarbiyaning amaliyot bilan bog’liqligi tamoyili-bu ta’lim mazmunining amalda o’z ifodasini topish jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’lib, unda tarbiyani hayot bilan uzviylikda olib borishlik jarayoni qaraladi. Ushbu tamoyil didaktikaning asosiy qoidalaridan biri bo’lib, ruhiy hodisalar bilan yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etadi;
Ta’lim va tarbiyaning birligi tamoyili-bu kishilarga bilim va tarbiya berish jarayonidan iborat bo’lib, unda egallangan bilim va ko’nikmalarni hayotga qo’llay olishga o’rgatiladi hayotda ta’lim oluvchilarning ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan uyg’unlikda rivojlanishi ta’minlanadi. Yaxlit ta’lim-tarbiya jarayonida ikki o’zaro bog’liq juftlik, ya’ni, bilim berish va tarbiyaviy ko’nikmalarni shakllantirish hamda shakllangan ta’limiy-tarbiyaviy bilimlar va ko’nikmalar bo’yicha faoliyat ko’rsatishga o’rgatish, ob’ektiv borliqdagi qonuniyatlarni o’rganish va uning amaliy munosabatlarini tarkib toptirishda namoyon bo’ladi. Shu sababli ta’lim oluvchilarga bilim berishda egallagan bilimni amalda ishlatishga o’rgatish, ya’ni, tarbiyalash jarayoni ham uyg’unlikda olib borilmog’i lozim bo’ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |