qonun va qoidalar bilan amaliy ishlarni bajarish o’rtasidagi mantiqiy bog’liqlarni o’rganish orqali amalga oshiriladi. Bu qonuniyat o’qish faoliyatini tashkil etishning asosi hisoblanadi. Unga amal qilmaslik ta’lim oluvchilar tafakkurida o’zaro bog’liq bo’lmagan uzuq-yuluq bilimlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday bilimlardan kishining ijtimoiy mohiyatiga naf bo’lmaydi, ular
tafakkurni charchatadi holos;
Ta’lim-tarbiyada onglilik va faollik tamoyili-ta’lim oluvchilar olayotgan bilimini hayotda qo’llay bilishlari uchun ta’lim berish jarayonini faol fikrlashga aylantirish kerak. Bunda o’qitishni Shunday tashkil etish kerakki, ta’lim oluvchilar bilimlarini mashg’ulotlarda ongli va faol qatnashib egallab olishsin. Shunda tinglovchilarda ong o’sib, ijtimoiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqillik tarkib topadi.
Ta’lim-tarbiyaning onglilik tamoyili ta’lim oluvchilarda ta’rif, tushuncha va qoidalarni yodlash va esda saqlash
bilan ularni egallash emas, balki bu bilimlarni,
hayotiy hodisalar, jarayonlar bilan bog’liq bo’lgan mazmunini tushuntirishlarini talab etadi. Bilimlarni ongli ravishda o’zlashtirish ta’lim oluvchilarda bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishni, hissiy kechinmalar uyg’otishini o’z ichiga oladi. Bu tamoyil tafakkurini shakllantiruvchi qoida bo’lganligi uchun muammoni mustaqil hal qilish maqsadida darsda ta’lim oluvchilarga muammoli vaziyatlar tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: