Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari arxiv uz


Download 216.24 Kb.
bet10/11
Sana15.06.2023
Hajmi216.24 Kb.
#1476665
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nazarova Madina Raximjonovna

Fanlarni o’qitish-bu o’qitish xususiyatlarini tarbiyalash va takomillashtirish jarayoni bo’lib, u ta’lim beruvchida ilmiy munosabatni va quyidagi xususiyatlarni shakllantirish maqsadini ko’zlaydi:

  • qiziqish (bilish xohishi) va faoliyat (biror narsani aniqlash uchun biror narsa qilish xohishi);

  • skeptitsizm (tez-tez uchraydigan fikrlarni sinchiklab ko’rib chiqish xohishi);

  • dalillar (bilim olishda isbotlash mantiqi va qoidalaridan foydalanish mahoratlari);

  • xabardorlik (uning yordamida o’ylash mumkin bo’lishi uchun olam haqida axborotlar fondining mavjudligi);

  • strategiyalar (izlash uchun qoidalar mavjudligi va ulardan foydalanish xohishlari);

  • moyillik (yangi bilimlarni olish natijasida ta’lim beruvchi o’zini olam haqidagi fikrlash usulini qayta qurishni boshlashi uchun boshqalarning fikr va tushunchalarini qonuniyat asosida bir chiziqqa joylashi).

Demak, fanlarni o’qitish jarayoni butun bir pedagogik jarayonda samarali faoliyat ko’rsatishning didaktik asosidan iborat ekan.
“Quyidagi shaklda taklif etilayotgan loyiha pedagogik jarayonlarning o’zaro bog’liqligi va aloqadorligini ta’minlash orqali ta’lim-tarbiya jarayonlari natijaviyligi hisoblangan pedagogik jarayonlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi”.


2-shakl. Pedagogik jarayonlar samaradorligini ta’minlash ketma-ketligi.


Ta’lim jarayonida fanlar bo’yicha amalga oshiriladigan seminar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlari nazariy bilimlarni mustahkamlashga hamda ularni ko’nikmaga aylantirishgagina emas, balki ularni amaliy ish jarayonida qo’llashga imkon beradi. Bunday mashg’ulotlar tanlangan kasbi to’g’ri ekanligiga ishonch hissini to’g’diradi.

Foydalanilgan adabiyotlar


Download 216.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling