• Channel Converter – audiofayllardagi kanallar sonini o‘zgartirish. • DC Offset – audiosignaldan doimiy ulamalarni olib tashlash. - EQ – ekvalayzer audiosignallarini qayta ishlovchi quyidagi buyruqlardan iborat qismiy menyu:
- Paragraphic EQ - parametrik
- Parametric EQ - paragrafik
- Fade – audiosignal darajalarini boshqaruvchi quyidagi buyruqlardan iborat qismiy menyu:
- • Graphic – audiosignal darajasi grafik bilan mos ravishda o‘zgarishi;
- • Fade In – Fade In (ovoz balandligining ko‘tarilishi) amalining bajarilishi;
- • Fade Out – Fade Out (ovoz balandligining pasayishi) amalining bajarilishi;
- • Insert Silence – jimlik fragmentini qo‘yish.
- • Invert/Flip – audiosignalni invertirlash.
- • Mute – audiosignal fragmentini jimlik fragmenti bilan almashtirish.
- • Normalize - audiosignalni normallashtirish.
- • Pan/Expand – ovoz manbasini panoramalashtirish, steromaydon kengligini o‘zgartirish.
- • Resample – audio ma’lumotlarning diskretizatsiyalash chastotasini o‘zgartirish.
- • Reverse – audiofaylni eshitish yo‘nalishini o‘zgartirish.
- • Smooth/Enhance – yuqori chastotali audiosignal spektrlarini korreksiyalash.
- • Time Stretch – ton balandligini o‘zgartirmasdan fonogramma uzunligini o‘zgartirish.
- • Volume - audiosignal darajasini o‘zgartirish.
- • Effects menyusida effektlar va qayta ishlov berish uchun qo‘llaniladigan buyruqlar joylashgan:
- • Acoustic Mirror – juda aniq reverberator;
- • Amplitude Modulation - amplitudali modulyasiya (amplitudali vibrato, tremolo);
- • Chorus - xorus;
- • Multi-Tap – kechikishning ko‘p tarmoqli chizig‘i;
- • Simple - diley;
- • Distortion - distoshn;
- • Graphic – grafik boshqariladigan dinamik protsessor;
- Plaginlar paremetrlarini egiluvchi chiziqlar (vaqt bo‘yicha parametr qiymatlarining o‘zgarishi qonunini tasvirlaydigan grafika, 3-rasm) yordamida avtomatlashtirish mumkin. Sound Forge da DX-plaginlari va VST-plaginlari avtomatlashtirishi mumkin. Dasturda qo‘llaniladigan modullarning ichidan 15 tasi avtomatlashtiriladi. Ulardan 13 tasi effekt va ishlov berish uchun (Sony Amplitude Modulation, Sony Chorus, Sony Distortion, Sony Flange/Wah-wah, Sony Graphic Dynamics, Sony Multi-Band Dynamics, Sony Reverb, Sony Simple Delay, Sony Smooth/Enhance, Sony Track Compressor, Sony Track EQ, Sony Track Noise Gate, Sony Vibrato), qolgan 2 tasi ovoz balandligi va panoramani o‘zgartirish uchun (Sony Volume va Sony Pan) ishlatiladi.
- 3-rasm. Harakatda effekt parametrlarini avtomatlashtirish.
- Sound Forge foydalanuvchilari tahlil qilishning quyidagi vositalariga ega:
- • yozuv monitoringi;
- • audiosignal xususiyatlarini statistik baholash;
- • yozilgan audiosignalning to‘lqinli shakli va darajasi parametrlarini sonli tahlil qilish;
- • audiosignallarning stereofonik xususiyatlari va mosligini vizual tahlil qilish;
- • audiosignal spektrini sifatli va sonli tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |