Ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar Reja
Download 133 Kb.
|
Ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ta’limdagi muammolar
Ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar Reja: Ta’limdagi muammolar Ta’lim samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar Mamlakatimizda ta’lim samaradorligi sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlar Ta’lim samaradorligi va kadrlar tayyorlash milliy dasturi 1. Ta’limdagi muammolar Kishilik tarixida favqulodda xususiyatlari hamda mo’jizalari bilan ajralib turgan XX asr poyoniga etib XXI asrga qadam qo’yibqariyib o’n bir yilni o’tkazmoqdamiz. Bizning avlodlatimiz umrguzaronlik qiladigan yangi uchunchi ming yillik shubhasiz ijtimoiy hamda iqtisodiy islohotlarni keng ko’lamda amalga oshirish, boqiy qadriyatlarimizni yanada yuksaltirishga xizmat etadi. XX asrning bizga bergan buyuk ne’mati istiqlol bo’lib, u tufayli barcha sohada bo’lgani kabi ta’limda ham qator o’zgarishlar amaliy islohotlar, yangilanishlar yuzaga keldi. Chunki boshlangan ezgu ishlarning nafaqat moddiy jihatdan, balki ruhiy, umuminsoniy xususiyatlari ham XXI asrning talab ehtiyojlariga hamohang tushayotganligi sir emas. O’z o’rnida Prezidentimiz yangi asrga baho berib, XXI asr yangi texnika, texnologiyalar asri, axborot asri, ma’naviyat va ma’rifat asribo’lishiga men aminman1 – degan edi. Bu fikrning naqadat to’g’ri ekanligini hayotning o’zi tasdiqlab turibdi. Bir so’z bilan aytganda XXI asr ta’lim, fan, texnika va madaniyat, ruhiy kamolot yuz yilligi bo’lishi tabiiy. Shunday ekan mamlakat taraqqiyoti, jamiyatning tozaligi, yurt boyligi va farovonligi ilmli va salohiyatli kadrlarni tayyorlash masalasi bilan chambarchas bog’liq. Shuning uchun ham mamlakatimizda yosh avlodga ta’lim – tarbiya berish davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon qilingan. Mamlakatimizda ta’lim tizimining ustivor soha darajasiga ko’tarilishiga sabab ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimidagi holat hozirgi kun talablariga, demokratik huquqiy davlat talablariga, jahon andozasi talablariga javob bermaganligidadir. Chunonchi ta’lim tarbiya va o’quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir – biri bilan uzviy bopg’lash, ya’ni uzluksiz ta’lin – tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas edi. Amamldagi ta’lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bermayotgan edi. Mutaxassislar tayyorlash, ta’lim – tarbiya tizimi jamiyatda bo’ladigan islohot, yangilanish jarayonlari, talablari bilan bog’lanmagan edi. Yangi qonunda 1 – 9 – sinflarda chuqur bazaviy ilmlar berilib, o’quvchining qobiliyati aniqlanib, turli yo’nalishlar bo’yicha faoliyat ko’rsatishga imkoniyat yaratildi. Yangi qonun yuqori saviyali, zamon talablariga javob beradigan, sho’rolar davridan qolgan sarqitlardan to’liq qutilgan kishilar tarbiyalanmoqda. Yangi qonunda uzluksiz ta’limni amalga oshirish yo’llarining yechimi to’g’ri ko’rsatilib berildi. “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da bu masalani amalga oshirishning aniq yo’llari uslubiy vositalari ko’rsatib berilgan. Biz butun hayotimizning va istiqbolimizning qaysi yo’nalishi haqida gapirmaylik hamma narsa kadrlarga va yana kadrlarga borib taqaladi. Bu masalani hal etmasdanturib, amalda o’z kelajagimizni ko’rishimiz mumkin emas. Respublikamizda ta’lim islohoti 1997 yildan boshlab yuborildi. Keng ko’lamdagi kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimining uzoq muddatli strategiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bunday dasturiy hujjatlarni hayotga tadbiq etish uchun O’zbekistonda fundamental asoslar yaratilgan. Mamlakatimiz aholisini savodxonlik darajasi oshib bormoqda, ta’lim tizimi to’xtovsiz kengayib bormoqda, u jahon standartlar darajasiga o’takazilmoqda, ta’lim moddiy va moliyaviy jihatdan ta’minlanmoqda. Shunisi quvonarliki, O’zbekistonda ta’lim islohotlarini davlat tomonidan va keng jamiyatchilik ishtirokida olib borilmoqda. Bu tub islohotlar boshida Prezidentimiz Islom Karimovning o’zi turganligi, ilm fan yutug’I va yangi texnologiyalarni hayotga tadbiq etish borasidagi rejalarimiz sobit qadam ekanligidan yana bir bor dalolat beradi. Ma’lumki, sho’rolar hukumati davrida hukmron tuzum o’zining jahonda eng insoniy eng odil va eng demokratik eng savodxon jamiyat barpo etgani bilan maqtanib butun jahonga jar soldi. “Dunyoda eng o’qimishli mamlakat”, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar soniga ko’ra jahondagi birinchi davlat” degan soxta ta’riflarrasmiy va maqtanchoq mafkura orqali keng tashviqot qilindi. Sirtdan qaraganda, haqiqatan ham manzara shunday edi. Sobiq SSSRda yuzlab universitet va institutlar oliy va o’rta maxsus bilim yurtlari. Minglab ilmiy tadqiqot muassasalari faoliyat ko’rsatardi. Lekin uning soni ko’p bo’lgani bilan talablari darajasida emas edi. Buning sabablaridan biri ham shunda ekani shubhasiz. Istiqlol yillarida o’quv yurtlarining maqomi, datuslari va ta’lim uslublari butunlay o’zgartirildi. Eng zamonaviy, shu paytgacha bo’lmagan eng zarur ixtisosliklar bo’yicha alohida universitet va institutlar, jumladan mudofaa vazirligi qoshida harbiy akademiya, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog’ – konchilik instituti kabi o’nlab yangi o’quv muassasalari tashkil etildi. Ayni paytda xalq ta’lim tizimini ham tubdan isloh asosida va chet davlatlar bilan hamkorlikda ko’plab litsey va gimnaziyalar ochildi. Majoziy qilib aytganda, O’zbekistonda litseydan tortib akademiyagacha bo’lgan zamonaviy, yangi ta’lim tizimi vujudga keltirildi. Viloyatlarda ham yangidan – yangi o’quv yurtlari ochildi. Prezident I. A. Karimovning 1992 yil 28 fevral farmoni bilan viloyatdagi pedagogika institutlariga universitet maqomi berildi. Bu respublika hukumatining izchil madaniy – ma’rifiy siyosatining yana bir dalili bo’ldi. Hayot bilan ilmning, nazariy bilan amaliyotning yaqinlashuviga katta yordam berdi, bu universitet dunyoning eng ilg’or, mashhur o’quv yurtlari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Jumladan, eng rivojlangan mamlakatlar: AQSH, Fransiya, Germaniya oliy o’quv yurtlari bilan aloqalarini kengaytirdi. Bugun kadrlar tayyorlash milliy modeli va milliy dasturini amalga oshirishning ikkinchi bosqichi hayotga tadbiq qilinayotgan paytda bosib o’tilganyo’lga yana bir nazar solib, chuqur mushohada etib ta’lim sohasida shu yillarda qo’lga kiritilgan barcha yutuqlarni amaliyotdaqo’llab ta’lim sohasida ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishni o’zimizning vatanparvarlik burchimiz deb bilishimiz lozim. Xullas, istiqqlol yillarida ta’lim sohasida erishilgan ushbu yutuqlar jamiyatda mustaqil fikrlovchi, yuqori saviyali, zamon talablariga javob beradigan komil insonlarni vujudga kelishini taqozo qilmoqda. Shu yuqoridagilarga ko’ra “Mustaqil O’zbekistonda ta’lim va uning samaradorligi” mavzusida bitiruv malakaviy ish yozishda asosiy turtki bo’lgan narsa shuki Prezidentimiz I. A. Karimovning “Tafakkur” jurnali muxbiri savollariga javobidan: “… IX – XV asrlarda ma’rifatli dunyo yurtimiz donishmandlarini qanchalikk izzat ikrom qilgan bo’lsa, XXI asrda biz xalqimiz mamlakatimizga nisbatan ana shu ehtiromni qaytadan kiritishimiz kerak1 ” – degan ulkan so’zlari menda ta’lim masalalari bo’yicha ish qilishimni taqozo qildi va bu sohadagi asosiy maqsadni paydo qildi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, tarixiy jarayonlarni xolis va haqqoniy yoritish uchun qulay sharoit vujudga keldi. Mustabid sovet tuzumining emirilishi, milliy ma’naviyatining tiklanishi natijasida O’zbekiston tarixining ajralmas qismi bo’lgan ta’lim va kadrlar tayyorlash masalalaridagi tarixini yoritishda sinfiy va partiyaviy yondashuvlar inkor qilinib, muammoni faqat ilmiy asosda chuqur o’rganishga kirishildi. Demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz taraqqiyoti xalqning farovonligini ta’minlash, ozod va obod mamlakat sifatida jahon hamjamiyatiga faol integratsiyalanishdan ezgu maqsadlarimizga erishishning muhim va zarur shartlaridan biri ta’lim sohasini milliy qadriyatlarimiz hamda xalqaro andozalarga mos ravishda isloh qilishdan iboratdir. Zero, yuksak marralarni ko’zlagan har qanday millat, xalq uchun ta’limni rivojlantirish hayot va mamot masalasi bo’lib qolgan. Prezidentimiz Islom Karimov rahnomoligida mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab bu borada aniq rejali va istiqbolli siyosiy izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq bu talablarga mos harakat qilishda respublikamiz xalq ta’limi tizimida qator muammolar mavjuddir. Ayrim umumta’lim maktablarida (ko’proq qishloq maktablarida) hali ham eskicha qolipdagi ta’lim tarbiya tizimi davom etmoqda. Yangilik sari intilish sust darajada. Qishloq maktablarining 50%dan ortig’i eski binolarda, avariya holatidadir. Vaqtincha iqtisodiy qiyinchiliklar sharoitida ko’pgina viloyatlarda xo’jaliklarimiz maktablar qurilishiga, ularning moddiy bazasini mustahkamlashga e’tibor ham bermay qo’yilgan. Yangi davrga mos, bugungi kun taraqqiyotimizga javob beruvchi darsliklarimiz ham yetarli emas. Bu qiyin holatni quyidagi bir oddiy misolda ko’rishimiz mumkin: “ qog’oz tanqisligi natijasida 1995 yilda “O’qituvchi” nashriyotida umumta’lim maktablari uchun rejalashtirilgan 76 nomdagi o’quv adabiyotlari o’rniga, hozirgacha bor – yo’g’i 20 ga yaqini nashrdan chiqdi, xolos.” O’quvchilar uchun maktablarni ko’rgazmali qurollar bilan ta’minlash talab darajasida emas edi.1 Xalq ta’limining eng katta muammosi o’qituvchi kadrlar tayyorlash va ularning turmush sharoitini yaxshilash masalasidir. Bu borada Respublika Prezidenti va hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar beqiyosdir. Xalq ta’limi ishining rivoji va uning takomillashuvi, o’qituvchilar turmush sharoitini yaxshilash borasidagi farmonlar va qarorlar xalq ta’limiga berilayotganligining guvohli dalilidir. Bozor iqtisodiyoti haqiqiy kasbini, maktabini, o’quvchini o’quvchi o’qituvchi bilan nomigagina diplom uchun o’qigan soxta o’qituvchilarni ikkiga ajratib beradi. Bu ayniqsa shahar joylarda kengroq tus oldi. Birgina Toshkent shahrining o’zida minglab p’quvchilarning etishmasligi fikrimizni tasdig’idir.2 Maktablarning 9 – sinfini tugatgan iqtidorli o’quvchilarigina 10–11-sinflarda o’qishni davom ettirishi, qolgan o’quvchilarni maktab quchog’idan chetlashtirilishi ham yana bir muammoni, ya’ni ishsizlik, bozorda chayqovchilik qilish, mayda bezorilik qilish, jinoyatga qo’l urish muammolarini keltirib chiqarmoqda. Xalq ta’limidagi muammolardan yana biri, pedagogika institutlariga qabul qilishda kasbga layoqatli ekanligiga e’tibor bermasdan, duch kelgan o’quvchilarni olganligimiz sabab bo’lmoqda. Bunday xatoliklarni oldini olish borasida Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti rektorati, professor o’qituvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Bu oliy bilimgohda psixolog olimlar tomonidan test sinovlari ishlab chiqilib, Toshkent shahridagi va viloyatidagi maktablarda sinov tajribasi o’tkazildi. 1200 nafardan ortiq Toshkent shahri o’quvchilari, 5 ming nafar Toshkent viloyat o’quvchilari testdan o’tkazildi, 9 va 11 sinf o’quvchilarining besh yuz nafaridan ortig’ining pedagoglik kasbiga layoqati borligi aniqlandi. Ular universitetga taklif etilib, 1995-yilning mart, aprel, may oylarida maktabdan tashqari paytda o’qitildi va 300 dan ortig’i o’sha tanlab olgan o’quvchilardan olindi. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridan boshlab, ta’lim tarbiya tizimini takomillashtirish uni jahon andozalari darajasiga ko’tarishga katta ahamiyat berdik. Mustaqillik davrida 300 ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi, maktablarning birinchi sinflarida yangi alifboga o’tildi, bozorga mos yangi mutaxassisliklar beradigan beznes maktablar, kasb – hunar kurslar ochildi. Bularda fermer, soliq va bojxona xodimi, audit degan yangi ixtisoslik tayyorlandi, Toshkent, Samarqand, Urganch, To’rtko’l, Andijonda bank kollejlari, Toshkent ayollar kolleji tashkil qilindi, barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida test sinovlari joriy qilindi. Jamg’armalar hisobidan iqtidorli yoshlarimizning chet ellarda o’qishi yo’lga qo’yildi. Bularning hammasi, O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimida bugunga qadar erishgan yutuqlaridir. Lekin mamlakatimizda yuz berayotgan jo’shqin taraqqiyot va uning tobora tezlashib borayotganligi shu bilan birga hozirgi ma’naviy g’oyaviy murakkablik davri ta’lim tizimida keskin burilish yasashni, uni tubdan isloh qilishni talab qiladi. Shu munosabat bilan xalq ta’limini ma’muriy huquqiy tartibga solish, uni zamon talablariga moslashtirish maqsadida 1997 – yilda “Ta’lim to’g’risida” Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur” qabul qilindi. Shu o’rinda bir masalani qayd qilish kerakki, ko’pchilik “Ta’lim to’g’risida” yangi Qonun bilan eskisini o’rtasida qanday farq bor, deb murojaat qilishadi. Bizga ma’lumki, oldingi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 1992 – yil 2 – iyulda qabul qilingan va 1993 – yilda uning ayrim moddalariga o’zgartirishlar kiritilgan edi. Qonunning 4 – moddasida qayd etilganidek, har bir shaxsning jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar – joyi O’zbekiston Respublikasi hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’iy nazar, har kimga bilim olishda teng huqular kafolatlanadi.1 Qonun fuqarolarga ta’lim tarbiya berish, kasb – hunar o’rgatishning huquqiy asosini belgilabgina qolmay, balki ta’lim sohasidagi davlat siyosatining huquqiy maqomini, asosiy prinsiplarini ham belgilab berdi. Xususan, qonunning 3 – moddasida yangi ta’lim tarbiya va tarbiyaning insonparvar va demokratik xarakterda bo’lishi, uzluksizligi, izchiligi, ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi, ayniqsa, ta’lim tizimining dunyoviy xarakterga ega ekanligi alohida ta’kidlangan. Qonunga muvofiq fuqarolar ikkinchi oliy ma’lumot olish haquqiga ega. Lekin u faqat pul to’lash yo’li bilan amalga oshiriladi. Shuningdek qonun ota – onalarga va ularning o’rnini bosuvchi shasxlarga uyda ta’lim berishga ruxsat qiladi va bu holat tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo’yicha, ma’lum shartnoma asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari mustaqil o’qish yo’li bilan o’z bilimini oshiruvchi shaxslarga imtihonlarni eksternat tartibida topshirish imkoniyati berildi. Davlat tasarrufida bo’lmagan ta’lim muassasalari ta’lim faoliyati ko’rsatish huquqiga litsenziya olingandan so’ng ega bo’ladilar. Qisqa qilib aytganda, bugungi kunda oldimizga quygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz jamiyatimizni yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli amalga oshirilayotgan islohotlarimiz, rejalarimizning samarasi taqdiri – bularning barchasi, avvalombor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashimizga bog’liq. Bu o’rinda Prezidentimiz I. A. karimovning quyidagi so’zlari, nihoyatda o’rinlidir: “faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosabat o’rnini egallashga harakat qiladi”,1 degan edi. Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq, buyuk madaniyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga ko’tarish barcha chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ma’lumki, ta’lim mamlakat ijtimoiy – iqtisodiy, g’oyaviy madaniy hayotining muhim tarmog’idir. Ta’lim asoslari O’zbekistonda uning konstitutsiyasi2 va “ta’lim to’g’risida”3 Qonun bilan kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 – yil 2 – iyuldagi qaroriga asosan “Ta’lim to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni amalga kirdi. Ta’lim to’g’risidagi dastur amalda Respublikada ta’limning jamiyatni ijtimoiy – iqtisodiy, ma’naviy madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi ekanligi e’tirof etilgani holda ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ta’lim tizimi va boshqaruv tartibi ta’lim tarbiya xodimlarining haq – huquqlari, vazifalari, ma’suliyatlari, maqsadlari belgilab berildi. Xalq ta’limi xodimlar hayotida muhim ahamiyatga molik ushbu qonun xalq ta’limi sohasini barcha yo’nalishlarda takomillashtirish, rivojlantirish ishlariga katta yo’l ochdi. Ma’naviyatimizning yanada boy bo’lishida milliy qadriyatlarimizni, an’analarimiz, urf – odatlarimizni tiklash, ularga zamonaviy ruh berish, qadimiy milliy merosimizni adabiyotimiz, tariximiz, madaniyatimizni chuqurroq o’rganish va ularni keng targ’ib qilish bilan birgalikda respublikamiz kelajagi bo’lgan yosh avlodga chuqur bilim berish va ularni komil insonlar qilib tarbiyalash ham muhim o’rinni egallaydi. Prezidentimiz I. A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi sessiyasida qilgan ma’ruzasida “siyosiy ma’naviy islohotlarda, milliy tarbiyani yuksaltirishda davlat bosh islohotchi bo’lib, tegishli qonunlar orqali ma’naviy yo’nalishlarning muhim tomonlaridan biri yosh avlodga chuqur bilim berish, ularni komil inson qilib tarbiyalash vazifasi mustaqil taraqqiyot dasturimizning bosh vazifasidir” degan edi.1 Yurtboshimiz o’z ma’ruzalarida xalq ta’limi xodimlari oldida yoshlarni mustaqil fikrlashga, mustaqillik tafakkurini kengroqtushunishga o’rgatish uchun ularga “Vatanimiz istiqboli va istiqloli haqida qayg’urish o’zining va o’z xalqining vatanining qadr – qimmati, or – nomusini anglab, uni ximoya qilish, yuksak g’oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar og’ushida mehnat qilib iste’dodi bor, kerak bo’lsa jonini yurt istiqboli uchun eliga baxshida etish hislatlarini uyg’otish”2 ma’suliyati turganligini alohida ta’kidlagan edilar. Prezidentimiz va hukumatimiz belgilab berayotgan bu buyuk vazifani amalga oshirishda xalq ta’limi va ayniqsa o’rta umumta’lim maktablari, ularda xizmat qilayotgan o’qituvchi, murabbiylarning qo’shadigan hissasi beqiyosdir. Shu yuqoridagi muammolarni sarhisob qilgan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “ta’lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida”gi farmoni e’lon qilindi. (1997 yil 6 oktyabr). Bu farmonda mavjud ta’lim tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida, “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni hayotga taqdim etish ishlari davlat siyosatining ustivor yo’nalishi bo’lmog’i lozimligi qayd etildi. Bunga binoan Respublikada ta’lim – tarbiya tizimini tubdan o’zgartirish yo’lida olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirish va bu borada qabul qilingan hujjatlar mohiyatini keng jamoatchilik tomonidan chuqur anglab olinishiga har tomonlama sharoit yaratish maqsadida davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qilish idoralari ta’lim tarbiya muassasalari xodimlari zimmasiga yuksak ma’suliyat yuklandi. Ushbu ma’suliyatni realizatsiya qilish maqsadida ta’lim muassasalari, birinchi navbatda oliy ta’lim muassasalari, professor – pedagogik xodimlari safidan etuk o’qituvchi kadrlar tayyorlash, ularni rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limidagi ijobiy tajribalarni o’rganishi, o’qitishning yangi pedagogic texnologiyalari bilan tanishishi va chet ellarda tajriba orttirish maqsadida “Ustoz” respublika jamg’armasi tashkil etildi. (1997 yil, 30 dekabr). Xullas, Prezidentimiz bir necha bor ta’kidlaganlaridek, kelajakda mustaqil davlatimiz taraqqiy etgan iqtisodi bilangina emas, balki bilimdon, ma’naviy jihatdan yetuk farzandlari bilan ham jahonni qoyil qolishga, mamlakatimizning mard, fidoyi kishilari yurtiga, mehru shafqat, muhabbat barqaror bo’lgan, tafakkur va ijod qaynagan muqaddas makonga aylanishiga amin bo’la olamiz. Download 133 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling