Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlar 11-Mavzu: Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish-milliy tarbiyaning bosh maqsadi


Download 209.25 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi209.25 Kb.
#1446454
Bog'liq
9-seminar


: Ta’lim sifatini baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlar
11-Mavzu: Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish-milliy tarbiyaning bosh maqsadi
REJA

  1. Tarbiya nazariyasi fan sifatida.

  2. Tarbiya qoidalari. Tarbiyaning maqsadga qaratilganlik, insonparvarlik va demokratiya qoidasi.

  3. Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunlik qoidasi. Izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning uyg’unligi va uzliksizlik qoidalari.

  4. Har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirish – milliy tarbiyaning bosh maqsadi

Asosiy tushunchalar
Tarbiya nazariyasining mohiyati. Tarbiyaning jamiyatdagi roli, uning tarixiy va sinfiy xususiyati. Tarbiyaning ob’ektiv qonunlari.
Tarbiya metodlari haqida tushuncha, ularning klassifikatsiyasi. O’z-o’zini tarbiyalash usuli, ijtimoiy ongni shakllantirish usuli, mashq va o’rgatish usuli, rag’batlantirish va jazolash usuli.
Mashg’ulotning borishi.
Tarbiya nazariyasining mohiyati haqida fikr yuritiladi. Tarbiyaning jamiyatdagi roli, uning tarixiy va sinfiy xususiyati. Mamlakatimiz rahbarining "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida mustaqi O’zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari, tarbiya sohasidagi vazifalarimiz haqidagi qarashlari keng o`rganiladi. Тa’lim va tarbiyaning ma’naviyatni yaratuvchilik rolini haqidagi jikr tahlil etiladi. Tarbiyaning tarkibiy qismlari va tarbiya jarayoning mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan hamda muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarniaks ettirish haqida gapirladi.
Bunda tarbiyada amal qilinadigan tarbiya tamoyillari sanab beriladi. Тarbiya qoidasi - pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang’ich holat, rahbarlik asosidir. Тarbiya qoidalari - o’qituvchi va tarbiyachilarga yo’l - yo’riq ko’rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalari nima uchun kerakligi va unga nimalar kirishi, ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq sistemani tashkil etishi haqida to’xtalib o’tishadi.

Tarbiyaning har bir qoidasi o’zining muhim o’rninga egaligi aytilib, hozirgi kun talabi asosida ayniqsa tarbiyaning maqsadga qaratilganligi qoidasi juda muhim ahamiyat kasb etayotganligiga e’tibor qaratiladi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi haqida gapirilganda yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanish muhimligi haqida to’xtalib o’tiladi. (Munavvarov A.Q Pedagogika. 120-122 betlar.) O’quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarni egallashga bo’lgan talablarni shakllantirish, xalqimizning ko’p asrlik qadriyatlarini ulkan va boy va madaniy merosini chuqur o’rgatishda, tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunlik tamoyili haqida fikr yuritiladi. Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning uyg’unligi va uzliksizlik qoidasiga to’xtalganda tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, unda ota-ona , o’qituvchi, jamoatchilik qatnashishi haqida gapiriladi.
Download 209.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling