Kompetentlikni baholash mezonlari: 1. Tayyorgarlik - Maxsus xususiyatlar, axborotni qabul qilish va qayta ishlash xususiyatlari, o’rganish qobiliyati, tipologik xususiyatlar va boshqalar 2. Bilim - Kompetentlik, stereotiplar, bilim, kompetentlik bilan bog’liq bo’lgan o’rganishning ustunligi haqidagi tasavvurning mavjudligi 3. Tajriba - Kompetentlikka yaqin yoki aynan unga mos keladigan masala va topshiriqlarni bajarish 4. Munosabat - Kompetentlikni amalga oshirish yoki faoliyat kompetentligi bilan bog’liq holda o’ziga va boshqalarga nisbatan munosabatlarning shakllanishi 5. Muntazamlilik - Kompetentlikka bog’liq amallarga «turtki»larni nazorat qilish qobiliyati, matonat, qat’iyat, sabrlilik, kompetentlikni amalga oshirish bilan bog’liq maqsadga erishishdagi to’siqlarni zabt etishga tayyorgarlik - Ta’lim sifatini o’zgartirishda avvalambor o`qituvchida quyidagi kompetentlar bo`lishi kerak:
- - bir vaqtning o’zida bir necha faoliyatni bajara olish (eshitish, ko’rish, o’qish, yozish, fikr yuritish, muloqot qilish va - atrofida kechayotgan ikki yoki bir necha voqelikni birdek qabul qilish (bir talabaning ma’ruzasini eshitgani holda, boshqa talabalarning faoliyatlarini kuzata olish);
- - o’ta qiziquvchanlik (tabiat va jamiyatda kechayotgan har bir voqea-hodisa (garchi ular eng ahamiyatsiz, e’tiborga tashlanmaydigan bo’lsada) mohiyatini bilishga intilish, haddan ziyod ko’p savollarga javob topishga intilish);
- - miya faoliyatining biokimyoviy va elektrik faolligi (miya deyarli to’xtovsiz faoliyat ko’rsatib, nihoyatda kam vaqt “dam oladi”, bilish jarayonida noaniqliklar ko’zga tashlansa, ular tezda bartaraf etiladi; uyquchanlik qobiliyatli pedagoglarga xos xususiyat emas);
- - nutqi va fantaziyasining boyligi (qobiliyatli o’qituvchilarning aksariyati nihoyatda boy nutqqa ega, ularda fantaziya (tasavvur qilish) qobiliyati beqiyos darajada kuchli);
- - kuchli xotira (yirik hajmdagi matnni, m:dostonlarni bir marta o’qish bilan to’laligiga yodlab olib, uni so’zma-so’z qayta hikoya qilib berish qobiliyati)ga egalik. Zamonaviy sharoitda o’qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo’lishi, o’z ustida izchil ishlashi, kun sayin yangilanib borayotgan bilimlarni o’zlashtirishga intilishi, o’quv axborotlarini talabalarga qiziqarli tarzda yetkazib berish uchun mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rishga ijodiy yondasha olishi talab etilmoqda.
- Ta’lim berish, o’qitish ko’nikmasi o’qituvchiga qo’yiladigan talablar hamda o’quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish shart-sharoitlariga bevosita bog’liqdir. Bunda:
- - o’qituvchining ta’lim jarayonini olib borishga pedagogik-psixologik jihatdan tayyorgarligi
- - o’qituvchining kasbiy kompetentliligi va eruditsiyasi, - yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‟zlashtirganlik darajasi,
- - kasbiy axborotlar manbai bilan qurollanganligi, kasbiy bilimdonligi, - uzluksiz ta’lim tizimining me’yoriy hujjatlarini bilishi,
- -o’quv-tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda moddiy-texnik baza bilan bevosita bog’liq bo’lgan axborot resurs bazalarining mavjudligi va hakoza
- Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari:
- O’z-o’zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;
- O’zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;
- O’zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish;
- Kreativ qobiliyatlarni faqat yangi g‟oyalarni yaratishgina uchun emas, balki hayot tarzining, yoki alohida olingan spektlarni yaxshilash uchun qo‟llash, va shaxsning ichki dunyosi rivojlanishida muhim o‟rin tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |