Ta’lim sifatini o`zgartirishda o`qituvchi kompetentligining roli


Download 18.4 Kb.
bet4/5
Sana20.06.2023
Hajmi18.4 Kb.
#1633605
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ta’lim sifatini o`zgartirishda o`qituvchi kompetentligining roli

Pedagogik kreativlik – pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g’oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo’lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyati “Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:

  • 1) o’qituvchilar tomonidan o’quv fanlarini past o’zlashtirayotgan va ularini o’rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o’zlashtirishga jalb etish;
  • 2) o’qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag’batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
  • O’qituvchi o’z tajribasidan kelib chiqib, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagilarga qattiq e’tibor berishi shart. integral fanlarning ilg`or yutuqlari, kompyuter, pedtexnologiyalar va axborot texnologiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, darsni zamonaviy o’quv – tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish; _ darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash; _ o’quvchilarning qiziqishi, iqtidori va talablarini hisobga olish; _ o’quvchining o’zi qiziqqan, orzu qilgan kasbi bo’yicha mahoratini shakllantirishni motivatsiyalash va faollashtirish; Hozirgi kun o’qituvchisi eng avvalo, faol, mehnatkash, fidoiy, talabchan, izlanuvchan, davr bilan hamnafas hamda ijodkor bo’lishi kerak!
  • Bugungi kunda O‘zbekistonda o‘qi­tuvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ta’lim muassasalari faoliyatini boshqarish va tashkil etishning maxsus tizimini yaratish, maktablarda ishlay oladigan yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash kabi masalalar davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga innovatsiyalar asosida ilg‘or ta’lim shakllari, pedagogik texnologiyalarni joriy etish, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb qilgan holda ijodiy faoliyatga ega bo‘lgan pedagogik kadrlarni tayyorlash mexanizmlari joriy etilgan. Har bir o‘qituvchi o‘z ishiga ma’suliyatli, ziyrak, hushyor, ertani ko‘ra biladigan, o‘quvchilar kayfiyatini tez payqaydigan va shunga mos ravishda ishlaydigan bo‘lishi kerak. Aks holda u o‘quvchilar e’tiboridan chetda qoladi. O‘z obro‘sini yo‘qotadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘qituvchining pedagogik mahorati, irodasi o‘ziga xush yoqadigan biror narsani qilayotganda emas, balki birorta og‘irroq, kutilmagan, sezilarli zo‘r berishni talab qiladigan vazifani bajarayotganda namoyon bo‘ladi. U bu ishning katta jamoa va butun Vatanimiz uchun zarurligi va foydaliligiga ishonganligi uchun samimiy munosabat, iroda va kasbga bo‘lgan ma’suliyat bilan amalga oshiradi.
  • O‘qituvchi o‘z faoliyatida ijtimoiy va iqtisodiy saviyasini tinimsiz shakllantirib borishi, vijdonan, sidqidildan mehnat qilishi, malaka va ko‘nikmalarini tinimsiz oshirib borishi, pedagogik mahoratini yuksaltirishi, jamoa o‘rtasida katta hurmatga loyiq bo‘lishi kabi masalalar jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusiga aylanib bormoqda. Bu borada Chirchiq davlat pedagogika institutida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash sohasida olib borilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Institut professor-o‘qituvchilari innovatsion ta’lim klasteri yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish bilan birga, bo‘lajak o‘qituvchilarda mustaqillik, ijodiylik, qat’iylik, vazminlik, o‘zini qo‘lga ola bilish, intizomlilik, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘z kuchiga ishonish mahoratini rivojlantirish metodikasiga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishda ustozlik vazifasini amalga oshirmoqdalar.

Download 18.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling