Ta’lim siyosati. Pisa, pirls, timss, talis xalqaro tadqiqotlarning mamlakatimiz ta`lim tizimidagi ahamiyati


Download 15.72 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi15.72 Kb.
#1650002
  1   2   3   4
Bog'liq
Ta’lim siyosati. Pisa, pirls, timss, talis xalqaro tadqiqotlarni-fayllar.org (1)


Ta’lim siyosati. Pisa, pirls, timss, talis xalqaro tadqiqotlarning mamlakatimiz ta`lim tizimidagi ahamiyati

Ta’lim siyosati. PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS xalqaro tadqiqotlarning mamlakatimiz ta`lim tizimidagi ahamiyati.

21-DIUM matematika fani o`qituvchisi Alikulova Feruza

O`zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etishchora tadbirlari to`g`risida” 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi umumta’lim tashkilotlarining PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlariga tayyorgarlik ko`rish va ularda ishtirokini ta’minlash vazifalari belgilangan.


Shuningdek, “Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”ga ko`ra (2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son farmoni) o`quvchilarni baholash xalqaro PISA dasturi reytingida O`zbekistonning 2030-yilga kelib, 30 ilg`or mamlakatlar qatoriga kirishiga erishish ko`zda tutilgan. Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2022 yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko`rish, 348 ta Tayanch maktablarni tashkil etish va 6000 nafar o`qituvchilarning malakasini oshirish vazifalari belgilab quyilgan.
PISA – inglizchadan olingan qisqartma bo`lib, Program for international student assessment – o`quvchilarni baholash xalqaro dasturi degan ma`noni anglatadi. Ushbu dastur OECD tomonidan amalga oshiriladigan bo`lib, u dunyo bo`ylab 15 yoshli o`quvchilarning o`qish, matematik va tabiiy-ilmiy savodxonlik darajasini baholuvchi xalqaro tadqiqotlar. Tadqiqot an`anaviy ravishda 3 yilda bir marotaba o`tkazilib, har bir davriylikda bittadan yo`nalishga ustuvorlik beriladi hamda bitta innovatsion yo`nalish kiritiladi. 2022-yilda o`tkazilishi rejalashtirilgan tadqiqotda innovatsion yo`nalish sifatida o`quvchilarning kreativ fikrlash kompetensiyalari ham baholanadi. Unda o`quvchilar maktabda egallagan bilimlarini qanchalik eslab qolganliklari emas, balki olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo`llay olishlari, ijodiy va mantiqiy fikrlash ko`nikmalari baholanadi.
PIRLS – ingliz tilidagi Progress in international reading and literacy study so`zlaridan olingan bo`lib, o`quvchilarning o`qib tushunish darajasini baholashga mo`ljallangan xalqaro tadqiqot dasturidir. Mazkur dastur IEA tomonidan har 5 yilda bir marotaba amalga oshirilib, unda PISAdan farqli ravishda boshlang`ich ta`limdagi 4-sinf o`quvchilarining badiiy tajriba orttirish, axborot olish va undan foydalanish ko`nikmalari baholanadi. Ushbu xalqaro dastur bolaning mustaqil inson sifatida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etib, boshlang`ich ta`limda tahsil olayotgan o`quvchilarning o`qib tushunish ko`nikmalarini xalqaro miqyosda baholaydi. PIRLS dasturida asosiy e`tibor 4-sinf o`quvchilariga qaratiladi, buning boisi, ushbu rivojlanish davrida o`quvchilar o`qish ko`nikmasini hosil qilgan bo`lib, endi bu ko`nikmadan boshqa fanlarni o`rganishda foydalanayotgan bo`ladi.
TIMSS – ingliz tilidagi Trends in International Mathematics and Science Study so`zlaridan olingan bo`lib, umumiy o`rta ta`limdagi matematika va tabiiy fanlardan ta`lim sifatini baholashga mo`ljallangan xalqaro tadqiqotdasturidir. TIMSS ham IEA tomonidan joriy etiladigan PIRLS bilan hamnafas keladigan dastur bo`lib, unda 4-, 8-sinf o`quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo`yicha bilimlari va savodxonliklari har 4 yilad bir marotaba xalqaro darajada baholanadi. Shuningdek, 2015-yilga qadar bitiruvchi sinf o`quvchilari ham tadqiqotlarda ishtirok etgan. Ushbu dastur o`quvchilarning, asosan, fundamental bilimlarini va mantiqiy fikrlashini aniqlashga qaratiladi.
TALIS – bilim yoki kompetensiyani baholaydigan emas, balki ta`lim muassasidagi boshqaruv muhitini o`rganadigan dasturdir. Unda o`qituvchilar va maktab direktorlari o`rtasida so`rovnomalar o`tkazish orqali ta`lim sohasida olib borilayotgan siyosatning samaradorligi haqida qiyosiy va tahliliy ma’lumotlar olish imkoniyati vujudga keladi.
STEAM ta’lim tizimi nima?
Agar ushbu qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz: STEAM bu — S – scienceT – technologyE – engineeringA – art va M – math. Ingliz tilida bu shunday bo’ladi: tabiiy fanlartexnologiya, muhandisliksan’at va matematika. Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.

Download 15.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling