2-3 mavzu . Ontogenezning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar
Reja
Perinatal davrining o`ziga hos hususiyatlari, chaqaloqlik davrida psixofiziologik rivojlanishga xos xususiyatlar haqida umumiy tushuncha.
Tug`ilish davri inqirozi, go`daklik davrining o`ziga hos psixologik hususiyatlari.
Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
Ilk bolalik davrida o`z –o`zini anglashning rivojlanishi va 3 yoshlilar inqirozi haqidagi nazariy bilimlarni tarkib toptirish
Bolaning ona qornida paydo bo‘lgandan tug‘ilgunga qadar bo‘ladigan o‘zgarishlar homilaning prenatal ichki rivojlanishini tashkil etadi. Har bir davr ona qornida bo‘lajak farzandning rivojlanish bosqichiga tegishli atama bilan nomlanadi. Ona qornida rivojlanish o‘rtacha 38 hafta davom etadi va 3 bosqichga, ya’ni zigota bosqichi, embrion bosqichi va homila bosqichiga bo‘linadi.
Zigota bosqichi (1-2 haftalik)
Birinchi haftaning oxiriga kelib, zigota onaning qon tomirlari bilan birlashadi, bu hodisa implantatsiya deb ataladi. Implantatsiya jarayonining tugallanishi uchun ikki xafta kerak bo‘ladi, shundan so‘ng garmonal o‘zgarishlar boshlanadi, bu hayz ko‘rishning vaqtinchalik to‘xtashiga olib keladi, ayol kishiga bu belgi uning homiladorligidan darak beradi. Zigotaning aylana o‘lchamlari 1 mmdan kamroq bo‘ladi, uning hujayralari bo‘linishni boshlaydi.
Homila tanasi murtak diski hujayralaridan rivojlanadi, bu bosqichda murtak diski zigota markazida joylashgan hujayralar to‘plami ko‘rinishida bo‘ladi. Boshka hujayralar rivojlanayotgan organizmni himoya qiluvchi va oziqlantiruvchi asosli to‘qimalarni hosil qilishi zarur. Implantatsiya va hujayrlarning ajralib hosil bo‘lishi zigota bosqichining tugallanishi belgilari bo‘lib hisoblanadi. Zigota 36 xafta davomida murtakdan bola tug‘ilishigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tishga tayyor holga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |