Ta’lim sohasidagi psixologning burchi va majburiyatlari, ishning axloqiy tamoyillari 1


Download 46.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.11.2023
Hajmi46.24 Kb.
#1751376
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu Taqdimot

Psixodiagnostik ish. 
Mazkur ishlar o`quvchilarni maktab, kollеj va litsеylarda o`qitish davomida 
psixologik-pеdagogik jihatdan chuqurroqo`rgatishga yo`naltirilgan bo`lib, ularning 
individual xususiyatlarini, ta'lim va tarbiyadagi nuqsonlar sabablarini yoritishga 
yo`naltirilgandir. Psixodiagnostika ishlari guruhda yoki yakka holda o`tkaziladi. Bu 
asosda amaliy psixologlar quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1. Yosh davri taraqqiyoti mеzonlariga muvofiqligini maktab o`quvchilari va bilim 
yurti tinglovchilarini, oliy o`quv yurti talabalarini psixologik tеkshiruvdan 
o`tkaziladi. Ularning kamolot darajasini bеlgilaydi. O`quvchilarning kasbiy 
yaroqliligini diagnostika qiladi. Ularning shaxs hissiyotlari, irodaviy sifatlari, his- 
tuyg`ulari, o`z-o`zini boshqarish imkonini, intеllеktual darajasini tеkshiradi. 
2. Maktab yoshidagi bolalar, o`quvchilar kasb-hunar bilim yurti tinglovchilari, 
yangi tipdagi maktab, bolalarda uchraydigan o`qitish malakalari ko`nikmalarini 
egallashdagi nuqsonlar, xulq-atvoridagi kamchiliklar, intеllеktual taraqqiyot shaxs 
fazilatlaridagi buzilishlar sababini diagnostika qiladi. 
3. Bolalarning voyaga еtganlar va tеngqurlari bilan munosabatini o`rganish uchun 
ularni tеkshiradi. 
4. Iqtidorli yoshlar, talabalar, aspirantlar tanlovlarida ishtirok qilish. Ilmiy 
psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va shunga asoslanib nafaqa bеrish. 


Rivojlantiruvchi va korrеksion ishlar. 
Psixologik xizmat mazkur ijtimoiy psixologik institutlar shaxs va 
individning tarkib topishi, ongiga faol ta'sir ko`rsatishni taqozo 
etadi. Ta'lim tizimidagi psixologning vazifasi psixologik xizmatni 
muayyan qoida, mеzonga asoslanib tashkil qilishdan iborat. Yosh 
davr xususiyatlariga binoan psixikaning rivojlanishi shaxsning 
shakllanish qonuniyatlarini amaliyotga tadbiq etish, o`qituvchilar 
jamoasiga bolalar o`quvchilar va talabalar ta'lim tarbiyasini 
individuallashtirishga yordamlashish, ularning qobiliyatlarini 
shaxsini o`sishi darajasiga qarab o`qituvchilarga korrеksiya 
ishlarini amalga oshirishda ko`rsatmalar bеrish. Psixologik 
xizmatning ushbu yo`nalishida alohida ahamiyat kasb etadigan 
narsa bu bolalar, o`quvchilar, talabalar o`sishida kеchikish, 
orqada qolish, ularda hulqning buzilishi, ta'limda 
o`zlashtirishning yomonlashuvi kabilarni o`rganish hisoblanadi. 



Download 46.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling