Ta`lim tahkil etish turlari va shakillari Dars ta`limni tashkil etishning asosiy shakli
Download 34 Kb.
|
Ta`lim tahkil etish turlari va shakillari Dars - ta`limni tashkil etishning asosiy shakli1
Ta`lim tahkil etish turlari va shakillari Dars - ta`limni tashkil etishning asosiy shakli. Didaktik g'oyalar jamiyat taraqqiyoti jarayonida yangi g'oyalar bilan boyib, takomillashib boraveradi va ular o'ziga xos tizimlar ko'rinishida shakllanadi. Shu sababli ham ta'lim turlari o'quv jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirishga nisbatan turlicha yondashuvlar asosida shakllantiriladi. Dogmatik o'qitish - bu jamoa asosida idrok etish faoliyatining ilk turi bo'lib, u o'rta asrlarda keng tarqalgan. O'rta asrlarda G'arbiy Yevropada ularning ilk ko'rinishlari iste'molda bo'lib, unda lotin tili, Markaziy Osiyo mamlakatlarida esa arab tili yetakchi o'rin tutgan. Bu borada musulmon pedagogik konsepsiyasi sezilarli darajada-gi ma'naviyatlilik va intellektuallik xususiyatlariga hamda mazmun-mohiyatga ega bo'lgan. Ularning g'oyalari bo'yicha o'z faoliyatlarida bilimlardan faol va ijodiy foydalana oladigan odamgina komillikka erishish mumkin, degan hukmiy fikr shakllangan. «Haqiqiy g'oyalar» deb nom olgan pedagogik tizimning asosiy tayanch nuqtasi haqiqiy bilimlarni o'zlashtirishdan iborat bo'lgan. Muammoli o'qitishning afzalliklari: shaxsiy ijodiy faoliyatni tashkil etish asosida bilimlarni mustahkam egallash, o'qishga qiziqishni uyg'otish, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish, o'qitishning mustahkam va amaliy natijalariga erishish. Kamchiliklari: ta'lim oluvchilarning idrok etish faoliyatlarini boshqarishning qiyinligi, muammoni qo'yish va hal etish uchun ko'p vaqt sariianishi, muammoli vaziyatni yaratish va mustaqil hal qilish imkoniyatini har bir ta'lim oluvchiga taqdim etishning qiyinchiligi bilan belgilanadi. Dasturiy ta'lim (dasturlashtirilgan ta'lim) harakat (operatsiya) lar ketma-ketligi tizimini ifodalovchi, ularni bajarish oldindan rejalashtirilgan natijaga olib keJuvchi «dastur» terminidan keiib chiqadi. Dastur - bajariiadigan ish yoki biror faoliyat rejasi bo'lib, lining yordamida ta'lim oluvchilarga ta'lim-tarbiya berishda o'quv rejasi va dasturlarini og'ishmay amalga oshirilishida zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanishga keng imkoniyatlar yaratadi. Dasturiy ta'limning asosiy xususiyatiari quyidagilardan iborat: o'quv materialining alohida qismlarga ajratilishi; o'quv jarayonining bilimlarini o'zlashtirish bo'yicha bilimlarning muayyan miqdorlari (bo'laklari) va fikrlash (mantiqiy) amallaridan iborat bo'Igan ketma-ket bosqichlardan iborat bo'iishi; har bir bosqichning nazorat bilan yakunlanishi; nazorat topshifiqlarini to'g'ri bajargan ta'lim oluvchining yangi materiaini o'zlashtirish uchun olish imkoniyati va navbatdagi bosqichni bajarishga kirisha olish; to'g'ri javobni topishda ta'lim oluvchining yordamchi va qo'shimcha tushuntirishlarni olishi; har bir ta'lim oluvchining mustaqil ishlashi, intellektual salohiyati yetarli boigan mavzuJar bo'yicha o'quv materiallarim o'zlashtirishi; natijaiar monitoringi, ya'ni barcha nazorat topshiriqlarining bajarilish natijalarining qayd etilishi; ta'iim jarayonida ta'lim beruvchtning ta'lim tashkilotchisi va lozim topilganda mazkur jarayonda maslahatchi (boshqaruvchi) sifatida ishtirok etishi va individual yondashuvni amalga oshirishi; Kompyuterli ta'lim. Ma'lumki, o'qitish sohasida jahon didaktikasining muhim tajribasi natijasida shaxsiy EHM rivojlanishi negizida kompyuterlashtirilgan ta'lim vujudga keldi. Kompyuter — (ing. «computer» - hisoblayman) - oldindan berilgan dastur bo'yicha ishiaydigan avtomatik qurilma. Ta'lim-tarbiya 5.2. Ta'limni tashkil etish haqida tushuncha, uning xilma-xil turlari Dunyoda shunday ta'lim tizimi yuzaga ke]ganki, uning xilma-xil turlari mavjud bo'lib, ularni ko'pchilik «qo'IIab turuvchi, ta'minlovchi, yordamchi o'qitish» deb ataydilar Innovatsion ta'lim - bu boiajak mutaxassislarni joylarda ishlashga tayyorlovchi jarayon bo'lib, u avval olgan bilimlar asosida ta'limni takomillashtirish va samarali yangicha yondashuv qilishdan iborat. Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishini ta'minlaydi; ilg'or pedagogik texnologiyalar va yangi axborot texnologiya larini joriy etish uchun o'rta umumta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi va oliy o'quv yurtlarida eksperimental maydonchalar tashkil etish orqali ilmiy-tadqiqot natijalarini o'quv-tarbiya jarayoniga o'z vaqtida joriy etish mexanizmlarini ro'yobga chiqarishga erishiladi; ta'lim jarayonining istiqbolini oldindan ko'ra bilish, ya'ni ta'lim beruvchining avvalgi va hozirgi tajribasi asosida o'qitish emas, balki ta'lim oluvchini uzoq kelajakni mo'ljallashga (istiqbolli reja tuzish- ga)o'rgatishdan iborat boiib, unda ta'lim oluvchi ijtimoiy hayot va kasbiy faoliyatda tashxislash, bashoratlash, modellashtirish va loyiha- lashtirishni amalga oshira olishi zarur; ta'lim oluvchining hamkorlikda ta'lim olish va optimal qarorlar- ni qabul qilish (lokal va xususiydan tortib dunyoni, madaniyat, sivili- zatsiya rivojlanishini hisobga olishdan global muammolarni hal etish) da faol ishtirok etishni ta'minlash. Keyingi yillarda masofaviy ta'lim (lotincha distantia - masofa) uzluksiz ta'lim tizimida keng qo'llanilmoqda. Masofaviy ta'lim - bu masofadan turib o'qitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta'lim texnologiyasidir. U o'quv adabiyotlarining almashinish vositalari (Yer sun'iy yo'ldoshi, televideniye, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlar-ga taqdim etiladigan ta'lim xizmatlari majmuyidan iborat. Ta'limni tashkil etish shakllari va ularning didaktikada rivojlanishi Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta'limni tashkil etishning turli shakllari bor. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta'limni tashkil etishga o'z ta'sirini o'tkazadi. Individual ta'limning kamchiliklari: vaqtning tejamli emasligi; ta'lim beruvchi ta'sirining cheklanganligi (bunda ta'lim beruvchining vazifasi ta'lim beruvchiga topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat bo'ladi); boshqa ta'lim oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu ta'lim oluvchining yoki ta'limning ijtimoiylashishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi); jamoada ishlash tajribasini shakllanmasligi va shu kabilardan iboratdir. Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish natijasida XVI asrdan boshlab ta'limning individual-guruhli shakli paydo bo'ldi. Bu ta'lim turidan XVI asrga kelib Yevropada keng foydalana boshlandi. Markaziy Osiyo davlatlarida bu ta'lim turidan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo'la oladi. Avesto davri jami-yatidagi maktablarda individual o'qitish jamoaviy o'qitish bilan bir-ga olib borilar edi. XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o'zining «Tadbiri manzil» nomli ilmiy asarining maxsus «Amuzish va parvarishi modrasas farzand» («Bolalarni maktabda o'qitish va tarbiyalash») boiimida ta'lim oluvchilarga jamoaviy o'qitish haqidao'z fikrini bayon etgan. XV-XVI asrlar davomida Yevropada ishlab chiqarishning rivojlanishi kuzatildi va uning natijasida ta'lim berishning ommaviy shakli yuzaga keldi. Ulardan biri ta'lim oluvchilarni o'qitishning guruhli (jamoaviy) turi deb ataladi. Ular G'arbiy Rossiya (hozirgl Belorus va Ukrainaning g'arbiy qismlari)dagi birodarlik maktabla-rida ilk bor qoilanilgan va undagi o’qish sinf-dars shaklining asosi bo'lgan. Bu tizimlar XVII asrda Yan Amos Komenskiy tomoni-dan «Buyuk didaktika» asarida nazariy jihatdan asoslab berildi va ommalashtirildi. Olim pedagogikaga o'quv yili, o'quv kuni, dars mashg'ulotlari orasidagi tanaffus, o'quv ta'tillari kabi tushun-chalarini kiritgan. Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo'lsa-da, bugungi kunda ham keng ko'lamda iste'molda foydalanib kelinmoqda. Uning asosiy mazmuni o'quv ishlarini tashkil etishning o'ziga xos shakli sifatida quyidagilardan iborat boiadi: * bir xil yoshdagi va taxminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo'lgan ta'lim oluvchilar (o'quvchilar) sinfni tashkil etadi. Bu sinf maktabda o'qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoiadi; sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida doimiy dars jad- vali bo'yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yil- ning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo'ladi; mashg'ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi; dars odatda bir fan yoki mavzuga bag'ishlangan bo'ladi, shu bois, ta'lim oluvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar; • darsda ta'lim oluvchilarning ishiga (faoliyatiga) ta'lim beruvchi rahbarlik qiladi, u o'z fani bo'yicha o'qish natijalarini, har bir ta'lim oluvchining alohida bilimini baholaydi. O'quv yili oxirida pedagogik jamoa, ya'ni ta'lim beruvchilar xulosalari bo'yicha ta'lim oluvchini keyingi sinfga o'tishi haqida qaror qabul qilinadi. Sinf - dars tizimi atoqli olim K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantirildi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi (tuzilishi) va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog' langan quyidagi uchta qismini ajratib ko'rsatdi: Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling