Ta'lim tarbiya jarayonini loyihalashda internetdan foydalanish mundarija kirish


I.BOB TA’LIM JARAYONIDA KOMPYUTER VA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH


Download 0.74 Mb.
bet2/11
Sana03.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1152344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
TA\'LIM TARBIYA JARAYONINI LOYIHALASHDA INTERNETDAN FOYDALANISH

I.BOB TA’LIM JARAYONIDA KOMPYUTER VA TEXNIK VOSITALARDAN FOYDALANISH.
I.1 O‘qitishning multimedia vositalari
Multimediya proyektori kompyuterdan, videokameradan, DVD disklarni tasvirlovchi qurilmalardan olgan axborotni katta ekranda yoritib berishga hizmat qiladi. Hozirgi proyektorlarda turli texnologiyalar ishlatiladi, jumladan suyuq kristalli (LCD) panellarida tasvir yaratish keng tarqalgan, yangi mikroynali (DLP) texnologiya kirib kelmoqda, ayniqsa yuqori unumli va maxsus proyeksion tizimlarda elektron-nurli trubka (SKT) lar ishlatiladi. Hozirda boshqa turlari ham yaratilmoqda. (D-ILA, L COS) LCD-qurilmalar proyektorlarni asosiy ishlash prinsipini bir muncha kino yoki slayd proyektorlarini eslatadi, faqat plenka o‘rnida kristall panel ishlatiladi. Bu holda raqamli elektron sxema yordamida tasvir yaratiladi, lampadagi yorug‘lik nuri obyektiv paneli orqali o‘tadi va ekranda tasvirni bir muncha kattalashtirib yoritib beradi. (DLP)-proyektorida yorug‘lik mikrosxemalar bilan boshqariladigan ko‘pgina mikroynalarda aks etadi hamda obyektiv orqali ekranda namoyon bo‘ladi.
(DLP)-proyektoridagi mirosxemalarda rangli tasvirni hosil etishda qizil yashil va ko‘k ranglardan iborat, har biri uchun alohida bo‘lgan uchta paneldan foydalaniladi. Arzonroq (DLP)-proyektorida rang hosil qilish uchun ketma-ket katta chastotali (Bir xotirali sxemalar) orqali ekranga proyeksiyalanadi. Uchta mikroynali chiplardan yurug‘lik taratish imkoni yuqori darajali qimmatbaho proyektorlardagi rang xosil qilishda foydalaniladi. (LCD) panelining tuzilishi va sifatidan, lampalarining kuchlanish toifasidan qattiy nazar multimedia proyektori xar xil yorug‘likdan iborat. Aniqrog‘i yorug‘lik oqimi- bu qurilmalarda bosh o‘lchamlardan biri hisoblanadi, yorug‘lik oqimi qancha yuqori bo‘lsa tasvirni ham xonani yorug‘ligiga qarab shuncha kattalikda bo‘lgan hajmda ko‘rish imkoni bo‘ladi. Kompyuterdagi tasvirni yoritib berishda ekranga quyosh nuri va lampalar tushib turmasa hamda xona yaxshi yoritilgan holda bo‘lsa, turli proyektorlardagi yorug‘lik oqimi bilan ta’minlangnaligi yetarli bo‘ladi.
Videotasvirni ko‘rish uchun esa yorug‘lik oqimiga bo‘lgan talab katta, chunki videokadr bo‘lganligi sababli tasvirdagi ko‘pgina axborotlar qoraytirilgan qismda uchraydi, shuning bilan birgalikda tasvirning yoritilish darajasi ko‘z uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lishi kerak. proyektorning asosiy xususiyatlaridan yana biri uning Kontrast yorqinlik darajasidir biroq bu ko‘rsatkichlar beruvchi uslubiyatida fikrlarning turlichaligi sababli firmalar bu haqda xech qanday ma’lumot berishmaydi.
Foydanavchi bilishi uchun eng asosiysi hozirgi kunda proyektorning har qanday modeli o‘zida kontrast yorqinlikni yaxshi darajada namoyon etadi, faqatgina tashqaridan tushib turuvchi begona vositalardan saqlanishi lozim.
Proyektorlarnig navbatdagi imtiyozi biri LCD-panelining DMD-xotira chiplariga bo‘lgan mutanosib o‘lchamlaridir. 640x480 (VGA), 800x600 (SVGA), 1024x768 (XGA) 1280x1024 (SXGA) rusumli kompyuterlar uchun tasvirni aniq yoritib berishda panelda standart o‘lchamlar ishlab chiqilgan.
So‘nggi vaqtda eski 4:3 hajmli ekran o‘rniga yangi 16:9 hajmdagi ekranga o‘tganligi belgilab qo‘yildi. Bu esa asosan videotasvirlani yoritib berishda xizmat qiluvchi («KENG XGA»-«WIDE XGA» deb ataluvchi) 1366x768 elementli LCD panelli proyektorlar modelini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Uning videomanbalari-kameralar, magnitafonlardir.
DVD –disklarini tasvirlovchilarda ( PAL, SESAM, NTSS) kabi ranglarni ajratuvchi (farqlovchi) tizimli signallar yordamidan xamda chastotalar (davriy takrorlanish) yo‘naltiruvchi toifalaridan foydalaniladi.
Proyektorlarning ko‘pchiligi tasvir o‘lchovini oddiy regulirovka qilish xalqa rostlovchilarini aylantirish orqali uni joyidan siljitmasdan oraliqni ma’lum bir o‘lchamga keltiruvchi fokusli o‘zgaruvchan obyektivlar (zum-obyektivlar) bilan ta’minlangan.
Agar zum-obyektivlar elektryuritgich bilan jihozlangan bo‘lsa fokusli oraliq masofa va tasvirni keskin ko‘rinishini ta’minlashda masofaviy boshqaruv pulti elektron qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.
Odatda multimedia proyektorlari videofilmdagi videotasvirlar ovozini eshitish uchun ovozkuchaytirgich qurilmalari bilan jihozlangan
Taqdimot marosimlarida ovozni rostlashda pultlardan foydalanish katta samara beradi, biroq katta auditoriyalarda ovozni balandligini yuqorisifatli ravishda ta’minlash imkoni yetarli bo‘lmaganligi uchun maxsus ovozkuchaytirgichlardan foydalanish tavsiya etiladi. Ko‘pchilik zamonaviy proyektorlarda yorug‘lik nuri manbai sifatida oddiy lampalarga nisbatan yuqori darajali yoritish imkoniyatiga ega tiniq spektrli (oq rangli) va 2000 soat ishlaydigan yoysimon lampalardan foydalaniladi. Ba’zi modellardagi lampalarning tejamli ishlash tartibi 1 muddatga ishlatilishga mo‘ljallagan moduli lampalarning ishlatilish muddatini 2 baravarga oshiradi.
Multimedia-proyektorlari ultra infra qizil nurli masofaviy boshqaruv pulti bilan jihozlangan.
Proyektorlarni boshqarishda tag‘in tasvir ko‘rsatilayotgan shu kompyuterning «sichqonchasi» va klaviaturalaridan foydalanish mumkin.
Overxed-proyektorlari
Overxed-proyektoralridan A 4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni yoritib berishda foydalaniladi.
Og‘irligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ, yarim-portativli va ko‘zg‘almas modellarga bo‘linadi. Portativli overxed-proyektorlari 7 kg oshmaydigan yig‘ma tuzilishga ega, Oddatda bunday modeldagilar oson yig‘ilishi bilan juda qulay bo‘lib, transportirovka qilish uchun maxsus jamlanish sumkachalar to‘plamiga ega. Odatda qo‘zg‘almas overxed-proyektorlari 8 kgdan 17 kggacha og‘irlikda bo‘lib, auditoriyada doimiy ravishda o‘rnatilib qo‘yishga mo‘ljallangan. Modellerdagi proyeksiyalashni umumiy xususiyatlarga ko‘ra Overxed-proyektorlri nur o‘tkazuvchi va nurni o‘zida aks ettiruvchi turlarga bo‘linadi.
Nur o‘tkazuvchi overxed-proyektorlarida lampasi va optik tizimi shisha ostidagi korpusda bo‘lib shu yerda tasvirni namoyon etuvchi shaffof plenka joylashgan.. Nurni o‘zida aks ettiruvchi overxed-proyektorlarida lampa va optik tizimi (obyektiv, kondensor va oyna) namoyish etiladigan shaffof plenka tepasidagi tutgichga o‘rnatilgan bo‘lib, ishchi maydon oynali maxsus yuzadan iborat. Qo‘zg‘almas va yarimportativ modelli proyektorlar nur o‘tkazuvchi tartibda ishlangan bo‘lsa, portativ modellar esa nurni o‘zida aks ettiruvchi taribda ishlangan. Modellar foydalanilayotgan lampalarning katta kuchlanishga egalik toifasi qarab farqlanadi. Bular 250 va 400 Vt kuchlanishga ega galogenli lamplar va 200, 400 va 575 Vt metallogalogenli lamplar. Qizdiruvchi oddiy galogenli lampalar ancha arzon, lekin kam vaqt (o‘n soat) ga xizmat qiladi. Proyeksiya vaqtida tiniq oq rangda ko‘rsatmaydi. Bunday yorug‘lik oqimida ishlaydigan Overxed-proyektorlarida birayo‘la 2 ta lampa hamda 1 tasi kuyib qolsa zaxiradagi ikkinchi lampaga o‘tuvchi maxsus richag o‘rnatiladi. Yoysimon metallogalogenli lampalar ancha qimmat bo‘lib, va tasvirlash jarayonida yuqori sifatli tiniq oq rang bilan ta’minlaydi. Ular yuqori oqimda nur o‘tkazuvchi qo‘zg‘almas modellarda ishlatiladi, xizmat qilish vaqti galaogen lampalarga nisbatan ancha ko‘p. (yuz va ming soat). Overxed-proyektorlarning obyektivi 1 tadan 3 tagacha linzasi bo‘ladi. Uch linzali variofokal obyektivlar, bir linzalik obyektivlardagi tasvirdagi qing‘ir-qiyshiqlik ya’ni notekislikni bartaraf etadi. Overxed-proyektorlaridan auditoriyani maxsus qorong‘ilatishsiz kunduzgi yorug‘likda foydalaniladi.
Slayd-proyektorlari
Slayd-proyektorlaridan fotoplenkadagi tasvirni proyeksiyalashda foydalaniladi. Bu Rossiyada juda keng tarqalgan va mashhur proyektor. Slayd-proyektorlari uncha murakkab bo‘lmagan tuzilishdan iborat bo‘lib Rossiya ishlab chiqarish korxonalarida sotuvga chiqarilgan va xar bir istagan kishi sotib olishi imkoniyati bo‘lgan. Uzoq muddat maishiy xizmat ko‘rsatish joylaridagi rangli fotosuratlar bosib chiqaruvchi oddiy texnologiyalarni bo‘lmaganligi sababli, rangli pozitivli slaydlar yordamida fotoishqibozlarni dune bo‘ylab kezgan sayoxatlarini xotirasida saklab kolish va uni yordamida namoyish etish imkonini beradi. Bugungi kunda bu apparatlar avvalgidek mashhur bo‘lib, chet el kompaniyalarining professional slayd-proyektorlarining Rossiya bozorlariga kirib kelishi, fan, ta’lim, meditsina, reklama va shou-biznes tizimida keng qo‘llanilmoqda. Ko‘pchilik slayd-proyektorlarida kenligi 35 mm plenkalar ishlatiladi. Biroq 60-millimetrli plenkaga mo‘ljallangan modeli mavjud. Tuzilishi toifasiga ko‘ra ular 2 ta asosiy guruxga bo‘linadi
- lineyli (to‘g‘ri chiziqli) slayd-magazin
- karuseli ( aylanali) slayd-magazin

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling