Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me'yoriy hujjatlari


Download 11.52 Kb.
Sana03.05.2023
Hajmi11.52 Kb.
#1423563
Bog'liq
Talim testi


“Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy-me'yoriy hujjatlari” modulidan testlar


1.O’zbekiston Respublikasida hozirda nechta kodeks amalda?
*a) 17 ta

b) 16 ta


c) 15 ta

d) 14 ta
2. Me'yoriy-huquqiy hujjatga to’g’ri berilgan ta'rif qaysi?


*a) me'yoriy hujjatlar to’g’risidagi Qonunga muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjatga aytiladi.

b) O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qarorlar tarzida me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.

c) davlat tomonidan o’rnatilgan tartib va qoidalar

d) davlat hokimiyatining belgilangan tartiblarini va qoidalarini belgilovchi huquqiy normalar


3.O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qanday me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinadi?

*a) farmonlar, qarorlar va farmoyishlar

b) buyruqlar hamda qarorlar

c) qarorlari va farmoyishlari, buyruqlar

d)qonun va qaror
4.Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralar tomonidan me'yoriy - huquqiy hujjatlar tarzida qanday me'yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinishi mumkin?

*a) qo’shma qarorlar

b) buyruq

c) nizom

d) farmoyish
5. Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasi qabul qilingan sanani belgilang.
*a) 1948 yil 10 dekabr

b) 1947 yil 10 dekabr

c) 1946 yil 10 dekabr

d) 1945 yil 10 dekabr


6. Boshlang’ich ta'limning majburiy va bepul qilishni, o’rta ta'limni uning barcha turlarida umum erishadigan qilishni va undan hammaning foydalanishini ta'minlashni, oliy ta'limni to’la tenglik asosida va har bir kishining qobiliyatidan kelib chiqib barcha erisha oladigan qilishni, qonunda belgilangan o’qishning majburiyligini ta'minlashni tavsiya etadi. Ushbu talab qaysi hujjatda belgilab qo’yilgan?

*a) Xalqaro huquq normalarida

b) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida

c) “Ta'lim to’g’risida” gi qonunda

d) “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
7.Ta'lim soxasidagi kamsitishlarga qarshi kurash to’g’risidagi Konvensiya qachon qabul qilingan?

*a) 1960 yil 14 dekabrda

b) 1960 yil 14 noyabrda

c) 1960 yil 24 dekabrda

d) 1960 yil 10 dekabrda
8.Ta'lim olish huquqining mazmuni ko’rsatilgan qatorni belgilang.

*a)O’zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi uchun ta'lim va tarbiyaning barcha shakllaridan teng foydalanish imkoniyatini beradi.

b)Ta'lim olish huquqini amalga oshirish quyidagilar orqali ta'minlanadi.

c) ta'lim olish uchun zarur ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish;

d)Davlat faqat ta'lim olish huquqini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratibgina qolmay, mamlakatdagi maktab ishlarini nazorat ham qilib turadi
9.O’zbekiston Respublikasining “Ta'lim to’g’risida”gi Qonunining maqsadi qaysi javobda ko’rsatilgan?

*a) Qonun fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga qaratilgan.

b) Ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligiva ta'limning uzluksizligi va izchilligi

c) Ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi

d) Bilimli bo’lishni va iste'dodni rag’batlantirish
10. O’zbekiston Respublikasi Ta'lim to’g’risidagi qonunga ko’ra, qanday tartibda pedagogik faoliyat yuritishga yo’la qo’yilmaydi?

*a) pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilmaydi

b) oliy ma'lumotga ega bo’lmagan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilmaydi

c) nomutaxassis va nopedagog bo’lgan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilmaydi

d) jinoiy javobgarlikka tortilgan, muqaddam sudlangan shaxslarning ta'lim muassasalarida bu faoliyat bilan shug’ullanishiga yo’l qo’yilmaydi
11.Nodavlat ta'lim muassasasi qanday tartibda ta'lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’ladi?

*a) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda davlat akkreditatsiyasidan o’tgan paytdan boshlab yuridik shaxs huquqlari va ta'lim faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega bo’ladi

b) davlat ro’yhatidan o’tganidan so’ng

c) belgilangan tartibda litsenziya olganidan so’ng

d) davlat ta'lim muassasalari bilan bir xil tartibda faoliyat olib boradi
12.O’zbekiston Respublikasida ta'lim turlariga qaysilar kiradi?

*a) maktabgacha ta'lim, umumiy o’rta ta'lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim

b) maktabgacha ta'lim, umumiy o’rta ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim

c) maktabgacha ta'lim, umumiy o’rta ta'lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim

d) maktabgacha ta'lim, umumiy o’rta ta'lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim
13. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari qaysilar?

*a) shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish

b) shaxs, fan va ishlab chiqarish

c) shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan

d) shaxs, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish
14. Bugungi kunda respublikamizda ta'lim sohasini rivojlantirish, isloh qilish uchun sarflanayotgan yillik xarajatlar miqdori yalpi ichki mahsulotning qancha foizini tashkil etmoqda?

*a) 10-12 foizini tashkil etmoqda

b) 11-12 foizini tashkil etmoqda

c) 12-13 foizini tashkil etmoqda

d) 35 foizini tashkil etmoqda
15.“Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonuni amalga kiritilgan sanani belgilang.

*a) 2008 yil 8 yanvarda

b) 2008 yil 18 yanvarda

c) 2008 yil 20 yanvarda

d) 2008 yil 28 yanvarda
16.“Voyaga yetmaganlar o’rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to’g’risida”gi Qonunning amalga kiritilishi...

*a) 2010 yil 30 sentyabr

b) 2010 yil 29 sentyabr

c) 2010 yil 28 sentyabr

d) 2010 yil 27 sentyabr
17. “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida”gi Qonun qaysi sanada qabul qilingan?

*a) 2016 yil 15 sentyabr

b) 2017 yil 15 sentyabr

c) 2018 yil 15 sentyabr

d) 2016 yil 25 sentyabr
18.“Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonun qaysi sanada qabul qilingan?

*a) 2017 yil 9 sentyabr

b) 2008 yil 8 yanvar

c) 2010 yil 30 sentyabr

d) 2018 yil 9 sentyabr
19.Respublikamiz aholisining 64%ni – 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etadi, aholimizning necha foizini bolalar tashkil etadi?

*a) 40% ni

b) 35% ni

c) 30 %ni

d) 45 % ni
20. O’zbekiston Respublikasi BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyasiga qachon a'zo bo’lgan edi?

*a) 1992 yil 9 dekabrda

b) 1992 yil 19 dekabrda

c) 1992 yil 29 dekabrda

d) 1993 yil 9 dekabrda
21. Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Ishga qabul qilish uchun eng kichik yosh to’g’risida”gi Konvensiyasi qaerda va qachon qabul qilingan?

*a) Jeneva, 1973 yil 26 iyun

b) Nyu York, 1960 yil 14 dekabr

c) Istambul, 2010 yil 10 avgust

d) Jeneva, 1999 yil 17 iyun

22. Xalqaro Mehnat Tashkilotining “Bolalar mehnatining og’ir shakllarini taqiqlash va ularga barham berishga doir shoshilinch choralar to’g’risida”gi Konvensiyasi qaerda va qachon qabul qilingan?

*a) Jeneva, 1999 yil 17 iyun

b) Jeneva, 1973 yil 26 iyun

s) Nyu York, 1960 yil 14 dekabr

d) Istambul, 2010 yil 10 avgust


23. BMT Bosh Assambleyasining 44/25-sonli rezolyusiyasi bilan qabul qilingan “Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya” qachon qabul qilingan?

*a) 1989 yil 20 noyabr

b) 1990 yil 2 sentyabr

c) 1992 yil 9 dekabr

d) 1994 yil 28 iyul
24. “Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya” shartnoma kuchiga ega bo’lgan xalqaro huquqiy xujjat bo’lib, muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat. Ushbu Konvensiyaning bolalarning huquq va erkinliklari to’g’risidagi moddalari qaysi moddalar hisoblanadi?

*a) 1-41 moddalari

b) 42 – 54 moddalari

c) 1-15-moddalari

d) 3-54-moddalari
25. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi qachon qabul qilingan?

*a) 2003 yil 31 oktyabr, Nyu-York

b) 2004 yil 31 oktyabr, Nyu-York

c) 2005yil 31 oktyabr, Nyu-York

d) 2006 yil 31 oktyabr, Nyu-York
26. O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga qachon qo’shilgan edi?

*a) 2008 yilda

b) 2009 yilda

c) 2010 yilda

d) 2017 yilda
27.O’zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi qonuni 2017 yilning 3 yanvar kuni qabul qilingan.Ushbu Qonunning maqsadini ko’rsating.

*a) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat

b) korrupsiyaga qarshi kurashish

c) korrupsiyaga qarshi kurashishga doir huquqiy hujjatlarni joriy etish

d) korrupsiyaga qarshi kurashishga doir chora-tadbirlarni belgilash
28.“Shaxsning o’z mansab yoki xizmat mavqyeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o’zga shaxslarning manfaatlarini ko’zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”- bu ta'rif qaysi jinoyatga nisbatan keltirilgan?

*a) Korrupsiya

b) pora berish va pora olish

c) mansabni suiste'mol qilish

d) mansab vakolatini suiste'mol qilish
29. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3289-son “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan bu tizim takomillashtirildi. Ushbu qarordan kelib chiqib, qaysi pedagogika institutlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufiga berildi?

*a) Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo’qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

b) Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo’qon davlat pedagogika instituti

c) Nukus davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti,

d) Navoiy davlat pedagogika instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Qo’qon davlat pedagogika instituti va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
30.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.09.2017 yil “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risi”dagi № PQ-3274 sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu Qarorga asosan, maktab qaysi vazirlik tasarrufida?

*a) Xalq ta'limi vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

b) Xalq ta'limi vazirligi

c)O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



d) Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi
Download 11.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling