Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
A2
materiklar, qit’alar, okeanlar, litosfera plitalari, iqlim mintaqalari, tabiat zonalari, orol, yarimorollar, dengizlar, daryolar, ko‘llarning nomlarini, Afrika va Avstraliya materiga tegishli geografik ob’ektlarni, atrofidagi suv havzalari va oqimlar, yirik relyef shakllari (tog‘ va tekisliklari), qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
A2+
materiklardagi ayrim joy nomlarini toponimini ayta oladi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
globus va tabiiy xaritalardan foydalanib materik, qit’a va okeanlarni geografik o‘rnini aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Xaritalardan ob’ektlar oralig‘idagi masofalarni (masshtab asosida), o‘quv atlasi xaritalaridan (shartli belgilar yordamida) ob’ektlarning mutlaq balandligi, suv havzalarining chuqurligini, ob’ektlarni geografik koordinatalarini aniqlay oladi, tektonik xarita orqali hududlarning seysmik faolligi, zilzila va vulqonlar, foydali qazilma konlarining joylashuvini aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi. iqlim va tabiat mintaqalari xaritalarini, materiklarning tabiiy, iqlim va tabiat zonalari xaritalarini o‘qiy oladi yozuvsiz xaritaga tushira oladi.
A2+
Mavzuga doir amaliy topshiriqlarni bajara oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |