Ta`lim-tarbiya sifatini ta`minlash bosh vazifamiz
Download 0.59 Mb.
|
DTS
Amaliy mashg‘ulot: 1. O‘rta Osiyoning yozuvsiz xaritasiga O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi, Qozog‘iston, Turon tabiiy geografik kichik o‘lkalari chegaralarini atlasdan foydalanib tushirish.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: A2 O‘rta Osiyo o‘lkasining joylashgan o‘rni, chegaralari va tabiatining xususiyatlarini, tabiatini o‘rganilish tarixi, aholisi, siyosiy-ma’muriy tuzilishini tushunadi va tushuntirib bera oladi. Yer yuzida vaqt o‘lchovi va soat mintaqalari unga doir topshiriqlarni bajara oladi. Geologik vaqt hisobi, o‘lkaning yer yuzasi tuzilishi, seysmikligi, foydali qazilmalari haqida biladi va mohiyatini tushunadi. O‘lka iqlimini hosil qiluvchi omillarni, iqlim elementlarining hudud bo‘yicha taqsimlanishi, O‘rta Osiyoda qozog‘iston va turon tipidagi iqlim shakllanishi va uning sabablarini tushunadi. Daryo va ko‘llarini, daryolarning to‘yinish manbalarini, ko‘llarning hosil bo‘lishiga ko‘ra turlari, daryo va ko‘llarning xo‘jalikdagi ahamiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Tuproq, o‘simlik qoplami va hayvonot olamining geografik tarqalishini, tabiat komplekslarining vujudga kelish qonuniyatlarini, tabiiy geografik rayonlashtirishning mohiyatini tushunadi va o‘lkada bo‘ladigan tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va tushuntira oladi. A2+ O‘z o‘lkasining tuproq, o‘simlik qoplami va hayvonot olamining geografik tarqalishini, tabiat komplekslarining vujudga kelish qonuniyatlarini, tabiiy geografik rayonlashtirishning mohiyatini tushunadi va o‘lkada bo‘ladigan tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va tushuntira oladi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling