I BO‘LIM. Jahonning umumiy ta’rifi
1-bob. Jahonning siyosiy xaritasi (4 soat (A2+: 8 soat))
1-mavzu: Jahonning siyosiy xaritasi (1 soat (A2+: 2 soat))
Jahon siyosiy xaritasi tushunchasi. Xozirgi vaqtdagi jahon siyosiy haritasidagi davlatlar soni, ularning maydoni bo‘yicha eng yirik va eng kichiklari. Davlatlarning geografik o‘rni jihatidan tasniflanishi – orol, yarimorol, dengizbo‘yi, ichki kontinental mamlakatlar. Jahon siyosiy xaritasidan ohirgi 25-30 yildagi o‘zgarishlar – Cobiq Ittifoq va Yugoslaviyaning parchalanishi, Chexoslovakiyaning bo‘linishi, Germaniyaning birlashishi, Eritreya, Sharqiy Timor, Janubiy Sudanning mustaqillikka erishishi.
2-mavzu: Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi bo‘yicha tasnifi (1 soat (A2+: 2 soat))
Mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jihatidan tasniflanish mezonlari. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar, ularning asosiy guruhlari. O‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar.
3-mavzu: Mamlakatlarning boshqaruv shakli va davlat tuzilishi (1 soat (A2+: 2 soat))
Mamlakatlarning boshqaruv shakli va davlat tuzilishi bo‘yicha tasniflanishi. Respublika va monarxiya davlatlari, ularning tiplari. Unitar va federativ davlatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |