25-mavzu: Amaliy mashg‘ulot (1 soat (A2+: 2 soat))
Havoning o‘rtacha sutkalik haroratini berilgan qiymatlar asosida hisoblash. Havo harorati yillik amplitudasini hisoblash. Havo harorati va bosimining balandlik ortishi bilan o‘zgarishiga oid masalalar.
26-mavzu: Shamol (1 soat (A2+: 2 soat))
Shamol, shamolning hosil bo‘lishi. Briz shamoli. Sayyoraviy doimiy shamollar: passatlar, g‘arbiy shamollar va mussonlar. Mahalliy shamollar, tog‘-vodiy shamollari. Shamolning yo‘nalishi va kuchini aniqlash. Flyuger. Anemometr. Shamol kuchidan foydalanish va shamoldan dalalarni muhofaza qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |