Amaliy mashg‘ulot: Yozuvsiz xaritaga Avstraliyaning tabiiy, iqlim, tabiat zonalari xaritalarini tushirish, o‘simlik va hayvonlarning tabiat zonalari bo‘yicha tarqalishini aks ettiradigan jadval tuzish.
32-mavzu: Takrorlash. Nazorat ishi (1soat)
O‘quv yilining birinchi yarmidagi mavzular yuzasidan takrorlash darsi.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar:
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
tabiatdagi modda va energiya almashinuvi, davriylik, tabiat komplekslarining bir butunligi, geografik zonallik va balandlik mintaqalanishi kabi qonuniyatlarni, tabiatda doimo o‘zgarish va rivojlanish jarayonlari ro‘y berishini; tektonik tuzilish va jarayonlarining Yer yuzasi tabiatining xilma-xilligiga ta’sirini; iqlim mintaqalarining o‘zaro farqini va ularni vujudga keltiradigan omillarni; tabiat zonalari, balandik mintaqalarining vujudga kelish sabablarni kuzatadi, tushunadi va tushuntira oladi. Yer yuzida aholining tarqalishi, irqlarning vujudga kelishiga tabiiy omillarning ta’sirini, tabiiy landshaftlar antropogen landshaftlarga aylanib borish jarayonini kuzatadi va tushunadi.
A2+
dunyo okeani tubining relyefi tektonik tuzilish bilan bog‘liqligini; Yer yuzasida relyef, foydali qazilmalar va geologik tuzilish orasidagi o‘zaro bog‘liqlik mavjudligi tushunadi va misollar bilan izohlay oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |